1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari(2-soat). Reja



Yüklə 100,54 Kb.
səhifə10/10
tarix25.11.2022
ölçüsü100,54 Kb.
#70444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
psixalogiya hemis (1)

6.TOPSHIRIQ

Xayol jarayonlari va xayol turlari konspektlashtiring.


Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida quyida jadval ko’rinishida aks ettirildi.
Agglyutinasiya - "elimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar.
Giperbolizasiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish - o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari ("O’g’ri", "Bemor") A.Qodiriy ("O’tgan kunlar") romani kabilar.
Aksentlashtirish - ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi. Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi. Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.  Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.  Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.  Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.

Odatda biz tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol deb xayolni bir necha turlarga ajratamiz. Aynan xayol turlarini quyidagi tarzda ifodalash muhim sanaladi.


Tasavvur xayoli deb o’tmishda bo’lib o’tgan yoki hozirda bor bo’lgan lekin bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya'ni biz idrok qilmagan tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi. Tasavvur xayolini odatda tiklovchi xayol deb ham yuritiladi. Tiklovchi yoki tasavvur xayolini inson hayotidagi roli g’oyat darajada kattadir. Agar tiklovchi xayol bo’lmaganda odam o’qiy xam olmagan bo’lar edi. Biz juda ko’p narsalarni ko’rmagan, ya'ni bevosita idrok qilmagan bo’lsak, ham ularni tasavvur eta olamiz: bunda biz boshqa odamlarning aytib bo’lgan so’zlari asosida o’qigan kitoblarimiz asosida xayoliy tasavvur va obrazlar yaratamiz. Masalan, bolalar kitobchalardan o’qib berilgan ertaklardagi qahramonlarni ularning bag’oyat botirliklarini, qo’rqoqliklarini va bir-birlariga yordam berishlarini xayoliy tasavvur orqali aks ettiradilar.


Tiklovchi yoki tasavvur xayoli jarayonida odam ko’z oldiga keltirayotgan obrazning ob'ekti haqiqatdan ham muayyan bir joyda bo’lganligini anglatadi. Tasavvur yoki tiklovchi xayol bog’cha yoshidagi bolalarda ham bo’ladi. Masalan: ularga o’qib berilayotgan hikoyani eshitar ekanlar, hikoyadagi afsonaviy qahramonlar, ularning baland g’oyalar ustidagi qurilgan qasrlari ko’z o’ngilarida gavdalana boshlaydi.
Ijodiy xayol - deb tajribamizda bo’lmagan va voqelikning o’zida ham uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat xayol turiga aytiladi. Ijodiy xayol murakkab aks ettirish jarayoni bo’lib, odamning hayotida juda katta ahamiyatga egadir. Odam o’zining ijodiy xayoli orqali biror yangi, shu paytgacha ko’rilmagan narsa yaratadi. Masalan: Yozuvchi asari uchun tipik obraz yaratganda uning xayoli ijodiy bo’ladi. Tadqiqotchining biror tadqiqot ustida ishlaganida ham uning xayoli ijodiy bo’ladi. Ijodiy xayol obrazlari so’zlarda yoki moddiy ob'ektlarda tasvirlanishi mumkin.
Ijodiy xayol mahsuli, ya'ni tasavvur va obrazlari san'atning hamma turlarida arxitekturada, fan va texnika sohasidagi ixtirolarda namoyon bo’ladi. Xayol turlari Passiv xayol Ixtiyorsiz Shirin xayol Tush ko'rish Gallyutsinatsiya Aktiv xayol Ixtiyoriy Qayta tiklovchi Ijodiy Orzu 224 Shuni ham nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol o’rtasidagi farq faqat nisbiy xarakterga egadir. Xuddi ijodiy xayol jarayonidagi kabi tasavvur xayoli jarayonida ham aslida narsalarning obrazlari yangidan ijod qilinadi. Ana shuning uchun xayolning bu ikki turini bir-biridan batamom ajratib bo’lmaydi. Ijodiy xayolning maxsus turi orzudir. Orzu ijodiy xayolning, tilakning kelajakka qaratilgan shaklidir. Orzusiz kishi bo’lmaydi. Orzu odamning u yoki bu faoliyatiga undaydigan stimul turtkich hisoblanadi. Lekin orzuning boshqa salbiy turlari ham bor. Masalan, odamni asosiy ish faoliyatidan boshqa ishga sudraydigan orzular ham bo’ladi. Shunday odamlar ham bo’ladiki, ular o’zlarining aniq faoliyatlarini orzu bilan almashtirib, tilak va istaklariga shirin orzudagina yetib yuradilar. Ularning "quruq xayolparastlar" deb yuritiladi.
Xayol qilish jarayoni hamma bilish jarayonlaridagi kabi ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol turlariga bo’linadi.
Ixtiyorsiz xayol deb - odam o’zining oldiga hech qanday maqsad qo’ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o’z-o’ziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga aytiladi.
Ixtiyorsiz xayol shu topdagi kuchli ehtiyoj tufayli maydonga keladi. Masalan: odam juda tashna yoki juda och bo’lgan paytida uning xayolida har turli taomlar, daryo va buloq suvlari paydo bo’la boshlaydi. Odamning ayni shu chog’dagi hissiy holati, ya'ni his-tuyg’ulari ham ixtiyorsiz xayolning maydonga kelishiga sabab bo’ladi. Chunonchi, vahima yoki qo’rqinch hissi paytida odamning xayoliga qo’rqinchli narsalarning obrazlari kela boshlaydi. Odamning tush ko’rishi ham ixtiyorsiz xayol faoliyatlaridan hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, odam uxlay boshlagan paytda bosh miya po’stining hamma joylari tormozlanmay, ayrim joylari ishlab turadi. Ana shu ishlab turgan joylaridagi nerv hujayralarida ilgari hosil qilingan obraz va tasavvurlar qayta tiklanib, odam tush ko’ra boshlaydi. Bunda miya po’stining eng asosiy markazlari (ikkinchi signallar tizimi) tormozlangan bo’lgani tufayli hech qanday nazorat bo’lmaydi. Natijada obraz va tasavvurlar bir-biri bilan allaqanday munosabatlarga kirib, odam palapartish tush ko’ra boshlaydi. Ixtiyoriy xayol jarayonlari betartib ravishda, emas balki muayyan bir jarayonda o’tadi. Bu tartib odamning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotlari fikr hamda maslaklari bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy xayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi. Demak, ixtiyoriy xayol hamisha ma'lum maqsad va vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday maqsad va vazifalar boshqalar tomonidan qo’yilishi mumkin. Masalan, rassom o’zi ishlamoqchi bo’lgan suratning mavzusini o’zi belgilaydi. Yozuvchi yozmoqchi bo’lgan asarning mavzusini o’zi tanlaydi va o’zi badiiy obrazlarni yaratadi. Umuman san'at asarlarining hammasi ixtiyoriy xayol natijasida maydonga keladi. Biroq shuni ham aytib o’tish kerakki, ixtiyoriy xayol ba'zan ixtiyorsiz xayolga o’tib ketishi mumkin. Shuning uchun ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan batamom ajralgan holda ro’y bermaydi. Ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor qilinadigan xayol daqiqalarini o’z ichiga oladi. Masalan, rassomlar yoki kompozitorlar o’zlarining biror yangi asarlarini ixtiyoriy tarzda yaratayotganlarida 225 ba'zan ixtiyorsiz ravishda ayrim fikrlarga berilib ketishlari mumkin. Realistik xayol - turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi. Fantastik xayol - amalga oshmaydigan xayol turidir.
Yüklə 100,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin