3. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol Ixtiyorsiz xayolda obrazlar o`z - o`zidan hosil bo`ladi, hech qanday maqsad belgilanmaydi. Masalan,
orzu, shirin xayol surish ixtiyorsiz bo`ladi. CHanqagan paytda suv obrazi hosil bo`ladi. Tush ko`rish
ixtiyorsiz bo`ladi, biz qattiq uxlamagan holatda tush ko`ramiz. Tush ko`rishning sababi, bosh miyada
tormozlanmay qo`zg`algan holatda qolgan markazlardir. Biz orzu qilgan kishilarimiz, o`ylagan, his qilgan
narsalar haqida tush ko`ramiz. Uyqu vaqtida tug`iladigan sezgilar kishi organizmining holati va
ehtiyojlari, kishi bedor yurgan chog`ida tuyg`usidan kechirgan hissiyotlar, uyqu vaqtida beixtiyor paydo
bo`ladigan tasavvurlar odamning tush ko`rishiga sababchi bo`ladi. I.P.Pavlovning fikricha, tush
ko`rishning fiziologik asosi ilmiy ta`sirotlarning nervda qoldirgan izlari kutilmagan tarzda bir - biri bilan
bog`lanishidir. Ixtiyoriy xayol oldindan belgilangan maqsadga yo`nalgan bo`ladi. Muayyan obrazni
yaratish uchun zarur bo`lgan materialni tanlash, iroda kuchini ishlatish yo`li bilan vujudga keladi.
Masalan, san`at asarlari. Ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayol bilan bog`liq bo`ladi. Masalan, biror ixtironi
kashf qilayotganda muxandis beixtiyor obrazlarga, fikrlarga berilib ketgandek bo`ladi. SHoir va
rassomlarda ilxom keladi. Ilxom kelishi uchun mehnat qilish, iroda kuchi sarf qilish kerak. Ilxom kelishi
mehnatning natijasidir.
Realistik xayol turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.
Fantastik xayol - amalga oshmaydigan xayol turi. Masalan, “ko`knori xayol”.
3. Xayol sifatlari Kishilarning xayoli kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi, fantaziyaga boyligi jihatidan farq
qiladi. Xayol kengligi voqelikning kishilar faoliyati uchun bo`ladigan doirasi bilan belgilanadi. Masalan,
kishi san`at, texnika, sport, bilimga qiziqsa va shular haqida xayol qilsa bunday kishining xayoli keng
bo`ladi. Xayolning unumdorligi biror narsaga nisbatan, xayolning boyligi, xilma-xilligi bilan belgilanadi.
Xayol keng bo`lsa, u mazmundor ham bo`ladi. Xayol faoliyatning biror sohasida namoyon bo`ladi.
Xayolning kengligi va mazmundorligi kishining bilim va tajribasiga bog`liq. Xayol kuchi kuchli va
kuchsiz bo`ladi. Kuchli xayolda odam juda ta`sirlanadi. Masalan, biz “O`tkan kunlar”, “SHaytanat”
romanini o`qiganimizda xayol kuchli bo`lishi natijasida juda ta`sirlanamiz. Ilmiy asarni, zerikarli
hikoyalarni o`qiganimizda esa xayolimiz kuchsiz bo`ladi. Qiziqish kuchli bo`lsa xayol ham kuchli
bo`ladi. Bolalarning xayoli fantaziyaga boy bo`ladi. Kishi imkoniyatiga qarab xayol qilsa, u real bo`ladi.
Mehnat faoliyati natijasida xayol sifatlari rivojlanadi. Xayol kuchi quyidagilarga bog`liq bo`ladi:
1. Xayol kuchi ehtiyoj, qiziqish, istaklarning kuchiga bog`liq bo`ladi. Masalan, faqat shu bugungi kun
haqida o`ylasa, odamning xayoli kuchsiz bo`ladi.
2. Xayol kuchi hissiyotga bog`liq bo`ladi, hissiyot qanchalik kuchli bo`lsa, xayol shunchalik erkin, jonli
bo`ladi.
3. Xayol kuchi idrokka bog`liq bo`ladi. Biz idrok qilayotganimizda diqqat bilan idrok qilsak, xayol
kuchayib ketadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa, unda idrok susayadi. Masalan, ba`zan bir xayolga
berilib, atrofdagi narsalarni ko`rmaymiz, shovqinlarni eshitmaymiz.
4. Xayol kuchi kishining ahvoliga, asab tizimiga bog`liq bo`ladi, ya`ni asab tizimining tetikligiga,
charchab qolganligiga, sog`ligiga va betobligiga bog`liq bo`ladi. Masalan, harorat juda baland bo`lsa,
kishining xayoli juda kuchli bo`lishi natijasida obrazlar juda yorqinlashib ketadi. Natijada bunday paytda
odam alahsiraydi (gallyutsinatsiya). Gallyutsinatsiya xayolning kuchli namoyon bo`lishidir.
Xayolning realligi – voqelikning to`g`ri aks ettiruvchi xayoliy obrazlarning yaratilishi. Geniylarning
xayoli kuchli real xayoldir. Masalan, kosmosga uchish xayolini oldindan tasavvur etish. Xayolning
realligi odamning tajribasiga, bilimiga, tafakkuriga bog`liq bo`ladi. Obrazlar amalga oshmasa, bu real
xayol bo`lmaydi, balki fantastik xayol bo`ladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali o`sadi.
Bolalarda fantaziya juda kuchli bo`ladi. Masalan, ular oddiy cho`pni “uchqur ot” deb tasavvur qilib
o`ynaydilar. O`zlarini kahramon deb his qiladilar. YAsli yoshiga nisbatan bog`cha yoshidagi bolalar
xayoli bir muncha kengroq bo`ladi. Ularda xayol asosan o`yin faoliyatida o`sadi. Bola kattalarga taqlid
qilib shofyor bo`ladi, doktor bo`ladi va xokazo. Bog`cha yoshidagi bolalarda xayol ixtiyoriy bo`ladi.
Masalan, katta odam bolaga kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bog`cha
yoshidagi bolalarning xayoli kattalar bilan muloqotda bo`lish ta`sirida o`sadi. Bolalar ertaqlarni
tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtiradilar. Kattalarning fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali
ko`rmagan narsalar to`g`risida obrazlar paydo bo`ladi. Bolalar o`yin vaqtida erkin obrazlarni yaratadilar.
Kichik yoshdagi bolalar xayolning o`sishi uchun tarbiyachining olib boradigan mashg`ulotlari, turli
o`yinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega. Asosan qiziqishlar xayolning o`sishiga yordam beradi.
Xayol faoliyati kuchli bo`lsa, uning mazmuni kengroq idrok etiladi. Xayol tasavvurlari esda olib qolish,
esga tushirish, bog`lanishlarni vujudga keltirish uchun tayanch bo`ladi. Tafakkur jarayonidagi yaqqollik
xayol faoliyati tufayli hosil bo`ladi. Xayol faoliyati tufayli tug`iladigan hislar ko`pincha ancha kuchli va
barqaror hislar bo`ladi. Demak, biz ta`lim - tarbiya jarayonida yoshlarda xayol, fantaziyani rivojlantirishni
maqsad qilib olishimiz zarur.