Unutilgandan keyin xotiraga keltirishni REMINISTSENTSIYA (xira esga keltirish) deyiladi. Bu
hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg`ul bo`lganda, miya po`stining asab hujayralarida
charchash yuz beradi. CHarchash haddan oshishi natijasida nerv hujayralarida tormozlanish yuz beradi.
Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialni ko`p qismi unutiladi.
Materialni o`qib o`rganib olingandan keyinroq uni yaxshi xotirlay olmasak, ammo oradan bir necha vaqt
o`tgandan keyin uni to`la xotirlay olishlikning sababi materialni o`qib, o`rganib olishda ro`y
beradigan
charchashdir. Materialni eslash uchun bo`lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa
materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt o`tishi bilan odam
qandaydir boshqa ishga chalg`ib ketgach tormozlanish tarqab ketadi. SHunda esga tushirilishi lozim
bo`lgan narsa xotiraga keladi. Materialni mustahkamlashga bo`lgan qiziqishni bo`lishi materialni uzoqroq
esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog`liq bo`ladi. Buni ebbingao`z aniqlagan.
Uning
ko`rsatishicha unutish material yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro`y beradi, undan keyin esa
unutish ancha sekinlashadi. Takrorlash unutishga qarshi asosiy vositadir, takrorlash faqatgina o`quv
materialni pishiq esda qoldirishning
asosiy sharti emas, balki uni bizning xotiramizda keyinchalik
saqlanish sharti hamdir. Lekin unutish bilan kurashishning asosiy vositasi bo`lib, o`rganilgan bilimni
tajribada qo`llash hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: