olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o`zlashtirish, bu jarayonning mahsuloti
bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni
egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta`lim faoliyatining tarkibi juda
ham murakkab bo`lib
tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.
Ta`lim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi.
Katta yoshli kishilar
bolalarning taraqqiyotlariga faol ta`sir etib, ularning ta`lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog`liq
bo`lgan xatti - harakatlarni tashqil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini
o`rganish tomoni yo`naltirilishidir. SHunday qilib, ta`lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib
boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma`lumki, ta`lim faoliyati bilan tarbiya ishlari
uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga
ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz
kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy
ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko`rsatish, ragbatlantirish,
talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktablarimizdagi
barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Mehnat. Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga
qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy
tabiatga ega bo`ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste`mol qiladigan
narsalar va shunday
iste`mol qilinadigan narsalarni, ya`ni non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar
va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Mehnat faoliyati o`z
mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli, birorta kishi ham o`ziga kerak bo`ladigan
narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan
oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. SHuning uchun odam hayoti uchun zarur bo`lgan
hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o`z ehtiyojlarini qondiradi.
Xulosa
qilib aytganda, faoliyat kishi hayotida, o`quvchilar hayotida juda muhimdir. Faoliyat - bu
faollikdir. Demak,
biz yoshlarni faol yashashga, faol o`qishga, mustaqil davlatimizni rivojiga o`z
hissalarini qo`shishga da`vat qilishimiz, buning uchun ularni dunyoqarashlarini shakllantirimiz,
harakat
qilishga undashimiz zarur. Bola yashash ma`suliyatini his qilsagina, u faol bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: