faoliyat
muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin
muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashqil etadi.
3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o`rtasidagi kommunikatsiyani ta`minlaydi,
chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot
beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi
kerak, aks holda bir - birini to`g`ri tushunolmaydi. Axborot almashish
muomala qatnashuvchilariga
tushunarli belgi va mazmunga ega bo`lishi kerak. Til so`z belgilari yig`indisidan iboratdir. So`zning
ma`nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida
odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir
muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy -tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni
mustaqil ravishda bilab olmaydi, u ota - onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu
javoblardan bola o`z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini
oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so`z belgilari tizimida
hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo`ladi, o`quvchi olam
haqida barcha bilimlarni
o`qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya`ni til yordamida o`zlashtiradi. Bu erda til o`zining
muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya`ni yashash vositasi ijtimoiy -tarixiy tajribani berish va
o`zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo`ladi. Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish -harakati va
faoliyati ko`pincha ijtimoiy qiymatga ega bo`lmagan o`zga kishilarning bevosita tajribalari belgilaydi.
Masalan, men oshxona tomon yo`l olaman. Yo`lda o`rtog`im uchrab menga: “oshxona yopilgan”, deydi.
SHu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma`lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib,
boshqa oshxona
tomon jo`nayman. Bu erda til o`zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya`ni vosita yoki kommunikatsiya
usuli yoki olamning xatti -harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo`ladi. Natijada har
qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta`sir qilishdan iboratdir. Uchinchidan,
har bir alohida odamning ish -harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi
belgilaydi. Odamning “shaxsiy”
tajribasi, o`z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va
ijtimoiy tajribaning o`ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli ularoq, o`z harakatlarini
rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishdan va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy
quroli
tildir. Bu erda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning ( idrok, xotira tafakkur, xayol) quroli
sifatidagi vazifasiga to`qnash keldik. So`z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy -tarixiy tajribani o`zlashtirish va avlodlarga berish yoki
kommunikatsiya o`rnatish o`z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til
aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o`zidir. Nutq faoliyatining
faol va passiv turlari farqlanadi: So`zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi esa passiv nutq
hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo`linadi. Tashqi nutq-yozma va og`zaki nutqka, ogzaki nutq esa
monolog va dialogik nutqqa bo`linadi. Monolog - bir kishining o`ziga yoki boshqalarga qaratilgan
nutqidir. Bu o`qituvchining bayoni, o`quvchining to`laroq javobi, ma`ruza va boshqalardir. Monologik
nutq ma`lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga,
grammatik
qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e`tibor berish kerak. Dialogik
nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o`qituvchilar o`quvchilarda monologik
nutqni rivojlantirishga alohida e`tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasidagi nutq
dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko`p jihatdan undan oldingi fikrga bog`liq
bo`ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma`lum bo`lgan ayrim so`zlar tushirib qoldiriladi. SHuning
uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo`lmasligi mumkin. Dialogik nutqda har xil
turdagi shablonlar, ya`ni odatlanib qolingan so`z birikmasi ko`p uchraydi (qoyil,
marhamat qilib
aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq
amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo`ladi. Biz so`zni chala - yarim
aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og`zaki nutq aktlaridan ilgariroq, xuso`san
ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bo`lgan og`zaki nutqdan ilgariroq sodir bo`lishi mumkin. YOzma
nutq monologik nutqning turlaridan biri bo`lib yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.
Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko`z yosh, kulgu
va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so`zni to`ldiradi, kuchaytiradi va ba`zan uning
o`rnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo`q degani, ruslarniki teskarisi bo`ladi. Turli yosh
guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo`ladi. Masalan, bolalar ko`pincha
kattalarga
ta`sir etish, ularga o`z xohish va kayfiyatlarini o`tkazishda yig`idan vosita sifatida foydalanadilar.