kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o`zini sevuvchi kishilar bo`ladi, deb tasdiqlagan.
Begona kishini
idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi muhim
o`rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o`tkazilgan tadqiqot bunga misol bo`la oladi. 400 ta
o`qituvchilarga baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy,
chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk,
yoqimsiz deb berganlar. ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta`riflash so`ralgan edi.
Afsuski baholarning sub`ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog`liqdir.
Muloqotda qayta
axborot. Muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo`lishi - sub`ekt o`zaro
ta`sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o`zi uzatgan axborotni retsipient qanday qabul
qilishini va qanday munosabatda bo`layotganligini qayta axborot ma`lumotlariga asoslanib bilib oladi.
Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir -birini tushunishning asosiy shartidir. Agar
o`qituvchi o`quvchilarni uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa pedagogik
munosabat yaxshi bo`lmaydi. Ayniqsa, ma`ruza o`tayotganda bu juda muhimdir.
Muloqot treningi. Trening
- inglizcha maxsus rejim, trenirovka degan ma`noni bildiradi. Kishilarda
muloqot malakalari tasodifan yoki ta`lim mahsuli sifatida shakllanib boradi. Masalan, o`quvchilar to`liq
javob berishga, o`zidan kattaga munosabat qilganda o`rnidan turishga o`rganib boriladi.
Dostları ilə paylaş: