1. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash.
2. Harakat namunasini esda olib qolish.
3. Malaka namunalarini ko`p marta bajarish, mashq qilish.
4.Izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi.
5. Malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib
qoladi.
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko`nikma
deyiladi.
Malaka turli yo`llari bilan ko`rsatish, tushuntirish, ko`rsatish va tushuntirishni kushib olib borish orqali
hosil qilinishi mumkin.
Har bir ko`nikma va malaka odamning o`z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga
keladi va amal qiladi. Malakalarning, ko`nikmalarning ayrimlari kishining ko`nikma hosil qilishiga va
malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari esa halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko`nikmalarni
o`zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deyiladi. Bir malakaning ikkinchi
bir malakaning tarkib topishini qiyinlashtirishi - malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan,
SHvetsiyada ko`cha harakatlarining chap tomondan o`ng tomonga o`tkazilishi ko`plab yo`l transport
hodisalarning vujudga kelishiga olib kelgan. CHizmachilik darslarida to`g`ri chiziqni yuqoridan pastga,
pastdan yuqoriga qarab chizishda ham interferentsiyani ko`rish mumkin.
Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta`siri malakalarning ko`chishi yoki
malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo`lgan ko`nikmani, fizikada
qo`llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: