1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

4. Diqqatning xususiyatlari 
Diqqatning o`ziga xos xususiyatlariga uning kuchi va barqarorligi, bo`linishi, kulami, 
parishonxotirlik, taqsimlanishi kabilar kiradi. Dastavval diqqatning barqarorligidan iborat bo`lgan 
tomonini ajratib ko`rsatish kerak. Biz ma`lum vaqt oralig`idagi diqqat to`lqini haqida gapirishimiz 
mumkinmi? Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritmlar bilan cheklashga 
intilganlar. Ular diqqatni tebranishi deb, atalishi xususiyatini diqqatning biologik ritmiga kiritganlar. 
Diqqatning tebranish xususiyati, odatda bilinar- bilinmas qo`zg`atuvchilar orqali o`rganiladi. Masalan: 
soatning chiqillashiga quloq soladigan bo`lsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo`lishiga qaramay, bu ovoz 
ba`zan payqaladi, ba`zan esa payqalmay qoladi. Bir - biriga yaqin bo`lgan yorug`lik farqini ajratishda 
xuddi shunday hodisa ro`y beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma`lum 
bo`lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi unchalik katta bo`lmay 1,5sekunddan 2,6 sekundgacha 
etadi. Bu hol diqqat tebranishining asosini biologik jarayonlari tashqil etishini ko`rsatuvchi bir dalil 
bo`ladi. Diqqatimizni uzoq vaqt davomida biror harakatsiz o`zgarmas ob`ekt ustida to`plashga 
imkoniyatimiz bo`lmasa ham, to`qnash keladigan ob`ektning o`zgarishi va harakatchanligi bilan bo`lgan 
qandaydir bir faoliyatni bajarish ustida diqqatimizni uzoq vaqt saqlay olmaymiz. Masalan: koptok 
o`ynagan paytda shunday qilib barcha diqqat biror ob`ekt ustida uzoq vaqt davomida to`xtab turolmasa 
ham, lekin diqqat uzoq vaqt davomida bitta faoliyatning o`zida to`planib turishi mumkin. 
Ma`lum bo`lishicha, 40 minutlik ish davomida diqqatning qandaydir jiddiy tebranishi ro`y bermagan. 
Demak, o`quvchilar butun dars davomida to`xtovsiz ishlashlari mumkin. Albatta, o`quvchilar bunday 
uzluksiz ishlash bilan charchaydi. Bu yoshda o`quvchilarga uzoq muddat davom etadigan ish buyurish 
yaramaydi. Bolalarning yoshiga qarab ish qiyin bo`lsa ham ularga dam berib, bir ish turidan ikkinchi 
turiga o`tkazib turish kerak. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning jadalligi nihoyatda 
katta ahamiyatga ega. Diqqat harakat bilan qo`shilib va o`zaro bir-biri bilan chirmashib, ob`ekt bilan 
mustahkam aloqa yuzaga keltiradi. Diqqatning bo`linishi psixik faoliyatning shunday tashqil qilinishiki, 
bunda aynan bir vaqtning o`zida ikkita yoki undan ham ko`p ish harakat bajariladi. Diqqat haqiqatdan 
ham bo`linishi mumkinmi? O`tgan asrning oxirida o`tkazilgan ayrim tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ayni 
biror vaqtning o`zida bajariladigan ikkita ish, masalan: yod olingan biror she`rni o`qish va shu bilan bir 
vaqtda qog`ozga katta bo`lmagan sonlarni qo`yish mumkin. Bu har ikkala ishni bajarish uchun qancha 
vaqt ketsa, ularni har birini alohida - alohida bajarish uchun shuncha vaqt ketadi. O`z diqqatini bo`la olish 
bir qator kasblar uchun, masalan: o`quvchilar, haydovchi, pedagoglar va boshqalar uchun katta 
ahamiyatga egadir. O`qituvchi darsda o`quv materialini bayon etar ekan, o`zining fikrini uo`zatib borishi, 
gapirayotgan gaplarini o`zi eshitishi va shuning bilan birga, o`quvchilar uni qanday eshitayotganlarini 


uchun sinfni kuzatib borishi kerak. Diqqatning muhim tomoni uning bir faoliyat turidan boshqa bir 
faoliyatga tez o`tish qobiliyatidir. Diqqatning ko`chirilishiga ba`zan ayni bir vaqtning o`zida idrok 
qilinadigan ikkita o`zaro farqlanadigan kuzatuvchini aks ettirishga murojaat qilishga to`g`ri keladi, bir - 
biridan farq qiluvchi ikkita qo`zg`atuvchining ta`sirini ayni bir vaqtning o`zida darhol bilib bo`lmaydi. 
Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha engil bo`ladi. Bu erda eshitish va ko`rish qo`zg`atuvchilari 
bir - birini kuchaytiradi. 
Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashqil etadi. Parishonxotirlik deganda ko`pincha ishga 
nihoyat darajada berilib ketish tushuniladi. Syunday paytda odam atrofidagi narsalarni mutlaqo payqamay 
qo`yadi. Bolalarda parishonxotirlik tez - tez uchrab turadi. Bolalarning shaxsini uning irodaviy sifatlarini 
uzoq vaqt tarbiyalash yo`li bilan bunday parishonxotirlikka kurash olib borishi zarur. Parishonxotirlikdan 
tashqari diqqatning boshqacha turidagi uo`zilishlari ham uchrab turadi. Ongning kasallik tufayli torayishi, 
diqqatning ko`lamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruxiy kasallik 
holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob`ekt ustida 
to`xtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat 
ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo`zg`atuvchilardan, ularning keskin 
o`zgartirishlaridan ta`sirlanadi. Masalan: To`satdan paydo bo`ladigan qattiq ovozlardan harakatning 
o`zgarishidan va boshqa narsalardan ta`sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga 
to`lgandan so`ng yoki ikki yoshga qadam qo`ygan davrda paydo bo`la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya 
jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin o`rgatadilar. 
Bolalar o`z diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga o`zlarining bevosita moyillaridan voz 
kechishlariga to`g`ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go`daklik shakli bo`lsa ham onglilik namoyon 
bo`ladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, ma`lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga o`rgatar 
ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog`cha yoshidagi davrda bolaning 
ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o`yin katta ahamiyatga egadir. Bog`cha yoshidagi bolalar diqqati 
juda barqaror bo`ladi. Mashq qilish usuli bilan o`z diqqatini to`plash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi. 
O`quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg`ulotlarini 
intizomlashtiruvchi ta`siri, dars davomida sinfda o`tirish, o`quvchilarning so`zlarini eshitish zaruriyati
chalg`imaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol’ o`ynaydi. Har turli ta`lim 
ishlari maktabdagi o`quv mashgg`uloti ustida ongning yo`nalganligi va to`planganligini saqlab turishni 
talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko`pincha kuchli bo`ladi. SHuning uchun ularning diqqatlari qisqa 
vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo`ladi. 
Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo`la boshlaydi. SHuning uchun pedagog 
o`qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini 
saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o`quvchi uzoq vaqt 
diqqatli bo`lishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan chalgib 
boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni o`rganayotgan o`quvchi kino yoki biror 
o`qigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan 
o`tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o`tiradilar. O`zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat 
bilan o`tirgan o`quvchilar boshqa darslarda o`qituvchilarning ancha tashvishga solib qo`yishlari mumkin. 
O`quvchilarning o`quv predmetiga munosabati, o`nga diqqat bilan qarashi ko`p jihatdan darsda 
o`quvchining o`quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to`liq va chuqur 
o`qita bilishga bog`liq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda o`quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi 
darajali qiziqishlarning paydo bo`lishiga olib keladi. O`smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, 
o`qitishning mazmunini jiddiy o`ylab ko`rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti 
hisoblanadi. 
Bu shart - sharoitlarga rioya qilinsa o`smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba`zi impulsiv 
(ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay o`z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to`xtab turish 
mumkinligini tezda egallab oladi. U o`zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo`lsa, 
o`zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan: Hamma predmetlardan beriladigan vazifalar. O`smirlarda 
kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham o`zgaradi. Agar kichik yoshdagi 
maktab o`quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, 
o`smir esa o`zining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o`qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni 
aniqlash mumkin. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin