a) diqqatning kuchi va barqarorligi b) bo`linishi v) ko`lami g) taqsimlanishi.
5. Diqqatning rivojlanishi.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Ixtiyorsiz diqqat - rejasiz, maqsadsiz, iroda kuchisiz ongning biror ob`ektga to`planishi.
Ixtiyoriy diqqat - diqqat turi bo`lib, reja, maqsad, iroda kuchi bo`ladi.
Optimal qo`zg`alish o`chog`i - diqqatning fiziologik
asosi
Ixtiyoriydan so`nggi diqqat - diqqat turi bo`lib, muvofiqlashtir- ilgan diqqat turi.
Kuchishi - diqqatning bir ob`ektdan ikkinchi ob`ektga ko`chishi.
Barqarorligi - diqqatning doimiyligi, turg`unligi, uzoq muddat.
Parishonxotirlik - diqqat xossasi bo`lib, asab tizimi charchaganda, shikastlanganda vujudga keladi.
1. Diqqat haqida tushuncha
Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik
qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir
qilib turadi,
odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil
ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning
tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish
diqqatning ishtiroqi bilan
amalga oshadi.
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida
to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati,
ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni
eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli
ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining
biron boshqa narsaga
chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining
yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana
shu tanlanganni saqlab va qo`llab-quvvatlash tushuniladi. O`quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har
qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo`ladi. Diqqatda
psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi
bo`lmagan
boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatning bir joyga
to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko`pmi chuqur e`tibor
berish
tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko`rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin.
Bunday holda diqqatning to`planishi kuchli bo`lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon
qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish
har tomonlama o`zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida uqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning
to`planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o`tirgan o`quvchi ba`zan
uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to`planishi kuchli bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: