harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan bo`lsa, uning fe`l
- atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan kishilar
jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. Shaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar
bo`lishi mumkin. Masalan: yagona bir maqsadning bo`lmasligi, shaxsda salbiy xislatlarning bo`lishi,
takabburlik, ezmalik, o`zini tuta olmaslik kabilar. Guruh ongi bilan guruhiy moslik bir - biri bilan bog`liq
tushunchalardir. Jamoa
va guruhiy moslik fiziologik , psixologik bo`lishi mumkin. Masalan, jismoniy
jihatdan zaif bo`lgan yigit bilan sog`lom, kuchli yigitga bir xil ish topshirilsa ularda fiziologik nomoslik
kuzatiladi. YOshi turli xil o`quvchilarda bir xil masala echish topshirilsa psixologik jihatdan nomoslikni
keltirib chiqaradi.
Jamoa va guruhdagi moslik shaxslarning bir qator xususiyatlariga bog`liq. Bunday xususiyatlar
jismoniy, ya`ni bo`yning balandligi, muskul kuchiga bog`liq.
SHuningdek, idrok, diqqat, tafakkur, iroda
xususiyatlariga ham bog`liq bo`ladi. Masalan, guruh a`zolaridan biriga yoqadigan musiqa boshqasiga
yoqmasligi mumkin. Oilada er va xotinning xarakteri mos bo`lishi kerak.
Psixologik moslik deganda guruh a`zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas,
balki ular ayrim
sifatlarining mos kelishi, qolganlarining tafovut qilishi nazarda tutiladi. Bundan tashqari fanda
psixofiziologiya va ijtimoiy psixologik moslik ham farqlanadi. Birinchi
holatda faoliyat jarayonida
odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, ish ritmi va tezligidagi uyg`unliklar nazarda
tutilsa, ikkinchisidan ijtimoiy xulqdagi
moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, yo`nalishlar
birligi nazarda tug`iladi. Birinchi xil moslik sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo`lsa, oliygoh
o`qituvchilari, ijodiy kasb egalarida ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: