kerak. O`quv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qo`shilib
doimiy qiziqish
hamda o`zluksiz diqqatni ta`minlaydi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u
narsalarga qabul qilingan qarorlar ta`siri va ongli suratda ko`zlangan maqsadlarimiz asosida qaratiladi.
Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ixtiyoriy diqqatda biz ixtiyorimizni
qaratish uchun esa o`z oldimizga qo`yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash
uchun kurashib va
har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror
ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning o`ziga xos xususiyati mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r
berishda namoyon bo`ladi. Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat
bilan shug`ullanishga
qaror qabul qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni chog`da biz uchun qiziqarli
bo`lmagan, lekin shug`ullanishimiz lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Ixtiyoriy diqqat
ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qiladi. Mehnat maqsadga muvofiq faoliyatdir. Maqsad ko`zlash
esa o`z tarkibiga diqqatni yo`naltirishni ham oladi. Ixtiyoriy diqqat xuddi ixtiyorsiz diqqat kabi odamni
qiziqishlari bilan mustahkam bog`liqdir. Ixtiyoriy diqqatda qiziqishlar, asosan bevositalik xarakteriga ega
bo`ladi. Bunday qiziqishlar maqsad, ya`ni faoliyat natijalari bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlardir.
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta to`rini kayd qilib o`tish lozim,
u ixtiyoriy diqqat
kabi, maqsadga qaratilgan bo`lib, lekin irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Masalan: bir o`quvchi
matematikadan qiyin misol echishga kirishdi, lekin uni echa olmadi. U o`zicha eshikka qaraydi, uni-buni
eshitadi, beixtiyor nimalarnidir yozadi. Birdan misol echishning yo`lini tushuna boshlab misolni echadi.
O`quvchining ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatga aylanadi.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo`lmaydi. CHunki
muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko`zlangan maqsadlar bilan bog`liq bo`ladi va ongli
qiziqishlar qo`llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga
o`xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo`r berish deyarli bo`lmaydi.
SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: