1-mavzu. Pul nazarisining asosiy tushunchalari. Pulning funktsiyalari va turlari



Yüklə 53,56 Kb.
səhifə7/20
tarix02.06.2023
ölçüsü53,56 Kb.
#123281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
1-мавзу лат (3)

Jahon pullari funktsiyalari. Tashqi savdo aloqalari, xalqaro qarzlar, tashqi sherikka xizmatlar ko'rsatilishi jahon pullarining paydo bo'lishini taqozo etdi. Ular umumiy to'lov vositasi, umumiy xarid qilish vositasi va ijtimoiy boylikning umumiy moddiylashtirilishi sifatida faoliyat yuritishadi.
Pullarning barcha beshta funktsiyasi pullarning tovarlar va xizmatlarning umumiy ekvivalenti sifatidagi yagona mohiyatini namoyon qiladi. Ular chambarchas bog'liqlikda va birlikda bo'ladi. Mantiqan va tarixiy jihatdan har bir navbatdagi funktsiya bundan oldingi funktsiyalarning muayyan rivojlantirilishini nazarda tutadi.
Pullarning sanab o'tilgan funktsiyalarni bajarishi tufayli ular, ayniqsa, bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishning rivojlanishida asosiy rolni o'ynaydi. Pullarning iqtisodiy tizimdagi ijtimoiy roli shundan iboratki, ular mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi bog'lab turuvchi bo'g'in, shuningdek, tovar xo'jaligidagi ijtimoiy mehnatni hisobga olish vositasi hisoblanadi. Pullar tovarlarga narxlarni belgilashda qatnashadi.
Pullar ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarilishiga xizmat ko'rsatadi, ularning yordamida milliy daromadning davlat byudjeti, soliqlar va qarzlar orqali hosil qilinishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ishlatilishi amalga oshadi. Pullar korxonalarning xo'jalik faoliyatida, davlat organlarining faoliyat ko'rsatishida, odamlarning ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligining oshishidan, resurslarning tejab ishlatilishidan manfaatdorligini oshirishda muhim rol' o'ynaydi.
Pullarning sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotini pul-kredit orqali tartibga solish pullarning monetaristik nazariyasiga asoslangan sharoitdagi roli g'oyat katta. Bunday mamlakatlarda har yili pul massasini o'zgartirish uchun pul yo'nalishi belgilanadi va unga muvofiq markaziy bankning kredit vositalari yordamida ushbu massaning tartibga solinishi amalga oshiriladi. Rossiyada iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida pul massasini o'zgartirishning yo'nalishli ko'rsatkichi bir oyga belgilanadi. Bunday pul-kredit orqali tartibga solishning maqsadi – pul massasining o'sishini tutib turish, agar inflyatsiyaga yo'l qo'yilgan bo'lsa, uni bartaraf qilish yoki paydo bo'layotgan inflyatsiya jarayonlarini tutib turish, mamlakatdagi ishlab chiqarishning o'sishini rag'batlantirish.
Pullar umumiy ekvivalent sifatida barcha tovarlarning qiymatini o'lchaydi. Hamma tovarlar ijtimoiy zaruriy mehnat mahsuli ekanligi sababli o'zi qiymatga ega bo'lgan real pullar boshqa barcha tovarlar qiymatining o'lchovi (etaloni) bo'lishi mumkin. Bunda tovarlar qiymatining pullar vositasida o'chanishi ideal tarzda, ya'ni naqd pullar ishtirokisiz yuz beradi.
Shunday qilib, pullar qiymat o'lchovidan iborat bo'ladi. Shubhasiz, pul birligidan turli xil ne'matlar va xizmatlarning nisbiy qiymatlarini solishtirish uchun masshtab sifatida foydalanish qulay hisoblanadi. Ne'matlar va xizmatlarning qiymati masofani kilometrlarda yoki vaznni kilogrammlarda o'lchaganiga o'xshatib solishtiriladi.
Pullarning umumiy ekvivalent sifatida foydalanilishi shuni anglatadiki, har qanday tovarning narxini faqat pul birligi orqali ifodalash yetarli bo'ladi. Bunda tovarning pullarda ifodalangan qiymati tovarning narxi deyiladi.
Tovarlarning narxi va ularni o'lchash negizida qiymat qonuni yotadi. Tovarning narxi bozorda shakllanadi va tovarlarga talab va taklifning teng bo'lganida bunday narx tovarning qiymati va pullarning qiymatiga bog'liq bo'ladi. Bozordagi talab va taklif bir-biriga muvofiq kelmaganida tovarning narxi muqarrar ravishda uning qiymatidan chetga tebranib o'zgaradiki, bu muayyan tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilgani yoki kam ishlab chiqarilganidan dalolat beradi.
Pullar muomala (yoki ayirboshlash) vositasi sifatida jamiyatni barterli (mavozali) ayirboshlashning noqulayliklaridan xalos qiladi.
Pullar hamma joyda va osonlik bilan to'lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Ushbu ijtimoiy ixtiro ishlab chiqaruvchilarga alohida tovar (pullar) bilan haq to'lashga imkon beradiki, bunday alohida tovar keyinchalik bozorda mavjud bo'lgan har qanday tovarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin. Pullar tovarlar bilan ayirboshlashning qulay usuli bo'lish bilan jamiyatga mintaqaviy ixtisoslashuv va jamiyatdagi mehnat taqsimotining mahsullaridan foydalanish imkonini beradi.
Tovarlar muomalaga kirishishigacha pullarda ideal baholanadigan birinchi funktsiyadan farqli ravishda pullar tovarlar muomalasida real ishtirok etishi kerak. Pullarning muomalada real ishtirok etishi va ularning ayirboshlashdagi ishtirokining o'tkinchiligi muomala vositasi sifatidagi pullarning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi, shu sababli to'laqonli bo'lmagan pullar - qog'oz va kredit pullar ham muomala vositasi funktsiyasini bajaraverishadi. Hozirgi vaqtda kredit pullar: veksellar, banknotalar, cheklar, banklarning kredit kartochkalari pul muomalasida hukmron vaziyatni egallab turibdi.
Pullarning ushbu funktsiyasi kredit munosabatlarining rivojlanishi tufayli vujudga keldi.
Pullar ikki holatda to'lov vositasi sifatida foydalaniladi:
1) tovarlarning kreditga sotilishida; bunday holatning zarurligi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning shart-sharoitlari bir xilda emasligi, ularni ishlab chiqarish va muomalasi muddatining turli xilligi, ishlab chiqarishning mavsumiy tusdaligi va shu kabilar bilan bog'liqdir.
2) ishchilar va xizmatchilarga ish haqining to'lanishida.
Shubhasiz, to'lov vositasi funktsiyasini bajarishda pullar ularning muomala vositasi tarzidagi harakatidan farq qiladigan o'ziga xos harakat shakliga ega bo'ladi.
Agar pullarning muomala vositasi sifatida amal qilishida pullar va tovarlarning muqobil harakati mavjud bo'ladigan bo'lsa, unda ulardan to'lov vositasi sifatida foydalanishda bunday harakatda uzilish yuz beradi, ya'ni tovarni kreditga sotib olishda qarzdor sotuvchiga faqat muayyan (kelishilgan) muddatdan keyin haqi to'lanadigan qarz majburiyatini beradi.
To'lov aylanishida elektron pullarning joriy qilinishi to'lovlarning tezlashishi, muomala xarajatlarining kamayishi va korxonalar rentabelligining oshishiga yordam beradi.
Avtomatlashtirilgan hisob-kitob palatalari, avtomatlashtirilgan kassir tizimi va xarid qilish punktida o'rnatilgan terminallar tizimi ularning asosiy elementlaridir. Elektron pullar negizida kredit kartochkalari paydo bo'ldi. Ular to'lovlarning naqd pullar bilan bajarilishini qisqartirishga yordam berib, naqd pullar va cheklarning o'rnini bosadigan hisob-kitoblar vositasi bo'lib xizmat qiladi. Kredit kartochkalarining ahamiyati shundaki, ulardan foydalanish naqd pullar ishlatiladigan sohani toraytiradi, tovarlar va xizmatlarni sotishda stimul bo'lib hisoblanadi.
Pullar ularning egasiga har qanday tovarni (xizmatlarni) olish huquqini ta'minlash bilan ijtimoiy boylik timsoli bo'ladi. Shuning uchun odamlarda ularni to'plash va jamg'arishga intilish paydo bo'lishi muqarrar. Odamlar o'z mahsulotiga haq to'lanishi evaziga pullarni olish bilan ular muayyan zaxirani yaratishadi. Bunday zaxira qisqa muddatli yoki uzoq muddatli bo'lishi mumkin.
Pullar jamg'arma vositasi funktsiyasini bajaradi, chunki ular eng likvidli tovar bo'lganligi sababli eng qulay shaklda jamg'arishga imkon beradi. Shuni qayd qilish zarurki, inflyatsiya sharoitida bunday afzallik muayyan tarzda yo'qoladi va pullarni qadrsizlantirish zarurati vujudga keladi.
Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pullarning to'plash va jamg'arish vositasi sifatidagi funktsiyasi ham oshib boradi. To'plash va jamg'arishsiz takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirib bo'lmaydi, chunki ko'proq foyda olishga bo'lgan intilish tadbirkorlarni pullarni g'azna sifatida saqlamaslik, balki ularni aylanishga sarflashga undaydi.
Metall pullar muomalasi sharoitida markaziy emissiya banklari ichki pul muomalasining zaxiralari shaklida oltin zaxiralariga, banknotalarni oltinga almashtirish va xalqaro to'lovlar uchun zaxiralarga ega bo'lishi shart edi. Hozirgi vaqtda oltinning muomaladan chiqarilganligi sababli Markaziy bank oltin zaxirasining barcha bunday funktsiyalari bekor bo'ldi.
Shu bilan birga, oltin strategik zaxira sifatida markaziy banklarda saqlanishda davom etmoqda.

Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin