1-Mavzu: Qog’oz va karton turlari. Qog’oz va kartonlardan trafat, shablon va muxr tayyorlash texnikasi. Reja: Qog’oz turlari


-Mavzu: Til va nutq markazi uchun ko’rgazmalar tayyorlash



Yüklə 408,06 Kb.
səhifə19/28
tarix16.12.2023
ölçüsü408,06 Kb.
#182146
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
1-Mavzu Qog’oz va karton turlari. Qog’oz va kartonlardan trafat

12-Mavzu: Til va nutq markazi uchun ko’rgazmalar tayyorlash.


Reja:


1. Til va nutq markazi uchun ko’rgazmalar tayyorlash yo’riqnomasi

Guruhlarda xonalarni til va nutq markaziga mos holda jihozlash yo’riqnomasi:


1. Shajara daraxti maketi (bobo, buvi,ota-ona, ak-uka, opa-singil, xola, amaki, tog‘a, amma va bolalar)
2. Fasllar, uy va yovvoyi xayvonlar, suv xayvonlari, o‘simliklar, oila, sabzavotlar, mevalar, o‘yinchoqlar, idish-tovoqlar, kabi mavzulardagi rangli tasvirlar (tasvirlarni to‘rt, olti,sakkiz bo‘lakka bo‘lingan qirqimlardan ham foydalaniladi )
3. Kichik xajmdagi ertaklar to‘plami (rasmli)
4. Yirik xajmli pazllar
5. Milliy kiyimdagi o‘g‘il bola va qiz bola qo‘g‘irchoqlar
6. Kichik xajmdagi she’rlar, ertak va hikoyalar matnlari
7. Tanish bolalar shoir va yozuvchilari suratlari
8. Alfavit jadvali (rasmli)
Til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda « Maktabgacha tarbiya muassasasi uchun dastur»da bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yerosti va yerusti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning otaonalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq 68 madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.









Yüklə 408,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin