1-mavzu: Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi faniga kirish. Fanni o‘rganish. Arxitekturaning mazmuni. Arxitekturaning asosiy turlari. Binoning murakkab texnik tizimliligi

Ma’ruzachi: Atamurotov Odilbek Egamberganovich-Qurilish kafedrasi katta o’qituvchisi . 2022 yil sentyabr
Reja
Fanni o‘rganish.
Arxitekturaning mazmuni.
Arxitekturaning asosiy turlari.
Binoning murakkab texnik tizimliligi O'quv adabiyotilar
Fanni o‘rganish.
Arxitektura - bu binolar va inshootlarni loyihalashtirish va qurishga qaratilgan san'at sohasi.
Jamiyatning moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan hamma qurilmalar inshoot deyiladi.
Kishilarning biron bir ish faoliyatiga mo‘ljallangan va moslashtirilgan, ichki fazoga – bo‘shliqqa ega bo‘lgan yer usti inshootlari bino deb ataladi
Amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan; binolarga aloqasi bo‘lmagan inshootlar injenerlik inshootlari deb ataladi. Bunday inshootlar to‘g‘onlar, ko‘priklar, televizion minora, tunellar, metro to‘xtash joylari, dudburonlar, suv va don mahsulotlari saqlanadigan katta idishlar va hokazolar, faqat texnik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Binolarning ichki bo‘limini alohida xonalarga ajratish mumkin uy-joy xonasi, oshxona, sinflar, xizmat xonasi, sex va hokazolar. Bir hil balandlik darajasida joylashgan xonalar qavatlarni tashkil qiladi. O‘z navbatida qavatlararo yopmalar binoni balandligi bo‘yicha qavatlarga ajratib turadi.