institutida yaratildi va “MESM”(Malaya elektronno-schetnaya mashina) kichik
elektron mashinasi deb nom oldi. 1954-yili aniq mexanika va hisoblash texnikasi
institutida S.A.Lebedev rahbarligida “BESM”(Bolshaya eletronno-schetnaya
mashina) katta elektron mashinasi yaratildi, u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bo’lib
sekundiga 9 ming amalni bajarar edi. O’sha vaqtda u jahondagi eng tezkor mashina
edi. Birinchi avlod mashinalariga BESM -2 strеlа M-3 , Minsk Urаl-1, Urаl -2, M-
20 vа boshqаlаr kirаdi.
60-yillarning boshlarida elektron lampa
o’rniga yarim o’tkazgichli bazasida yaratilgan
tranzistorlar
ishlatila
boshlandi,
bu
esa
mashinaning massasi, o’lchamlari va iste’mol
qiladigan energiyani, issiqlik ajratishini
keskin kamaytirish imkonini berdi. Yarim
o’tkazgichli mashinalar EHMning
ikkinchi
avlodi bo’ldi va ularning ishlash ishonchliligi
va tezligi ancha oshdi. Bu avlodga mansub mashinalarning o’ziga xos
xususiyatlaridan biri ularning qo’llanish sohasi bo’yicha ixtisoslshtirilishidir. Bu
mashinalarda qo’yilgan masalalarni yechish uchun dasturlash tillaridan foydalanila
boshlandi.
Apparatlar bloklari – mujassamlangan
integral
sxemalarning
sanoatda
ishlab
chiqarilishi 60 –yillarning oxirida
uchunchi
avlod EHM larning yaratilishiga olib keldi.
Sobiq ittifoqda yaratilgan katta va o’rtacha
EHMlar (Ural-11,Ural-12, Ural-15 va yagona
tizimli ES EHM lari ) va SM seryali EHMlar
shular jumlasiga kiradi. Bu mashinalardan eng
quvvatlisi hisoblangan ES-1060 sekundiga 1.5 mln. amalni bajarar edi. ES-ning
joriy xotirasi yuzlab kilobayt va megabayt bilan o’lchanadi. Uchinchi avlod
EHMlarini joylashtirish uchun maxsus jihozlangan mashina zallari talab qilinar edi.
Katta integral sxemalarning paydo bo’lishi sonli axborotlarni qayta ishlab
chiqadigan dastur asosida boshqariladigan qurilmalar – mikroprotsessorlarning
yaratilishiga olib keldi.
Sanoatda 70-yillarda mikroprotsessorlar asosida
to’rtinchi avlod mashinalari
–mikro EHM ishlab chiqarila boshlandi. To’rtinchi avlod mashinalari tarkibiga
“ELBRUS-2”, ”M-10”, ”Korvet”, ”AGAT-9”,
”PRAVES-8A”, IBM PC kompyuterlari ham
mansub.
Dostları ilə paylaş: