1-mavzu. Shaxsiy kompyuterning ta’minoti va uning turlari, dasturlar va apparat ta’minoti, dasturiy taminot. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari



Yüklə 30,18 Kb.
səhifə5/8
tarix11.10.2023
ölçüsü30,18 Kb.
#154082
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Shaxsiy kompyuterning ta’minoti va uning turlari, dastu-fayllar.org

Test savollari 
1. Kompyuterni ishlash printsipi va mukammal kurinishini taklif etgan olim? 
a) *J. Neyman
b) B. Geyts
c) Virt
d) Paskal

2. Zamonaviy professional ShK lar kanday arxitekturaga ega? 
a) Bitta platali
b) Shinali
c) energiya tejaydigan
d) Shlyuz

8-MAVZU:
(2 soat ma’ruza). 

Reja 
1.
Operatsion tizim tushunchasi.
2.
Windows operatsion tizimi xususiyatlari
3.
Windows operatsion tizimi ishchi stoli tuzilishi.
4.
Windows operatsion tizimi muhitida ishlash
5.
Fayllarni arxivlash. Arxivatorlar.
6.
Kompьyuter virusi haqida tushuncha
7.
Antivirus dasturlar.
8.
Viruslarga qarshi chora tadbirlar
Biz hozirgacha kompyuterlarning tuzilishi, texnik ta’minoti (ichki va tashqi
qurilmalari) va kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqdik.
Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti
o’zaro uzviy aloqada bo’ladi hamda birgalikda foydalanuvchi uchun xizmat qiladi.
Vaziyatga qarab foydalanuvchi kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotini
boshqaradi, o’zining maqsadidan kelib chiqib bu qismlar bilan aloqada bo’ladi,



boshqacha aytganda, o’zaro ta’sirlashadi. Bu o’zaro munosabatni informatikada


interfeys atamasi bilan ifodalashadi:
Interfeys (ing. – interface) – bu o’zaro ta’sir, aloqa, birlashtirish,
muvofiqlashtirish vositasidir.
Bu atama informatikada keng tushunchalar doirasida ifodalanadi: apparatli
interfeys (elektron qismlar darajasida), dasturiy interfeys (dasturiy modullarni
tutashtirish haqidagi qoida va kelishuvlar majmuasi), dasturlarning qurilmalar bilan
o‘zaro munosabati apparatli-dasturiy interfeys va nihoyat, dastur va kompyuterni
inson bilan muloqoti va o’zaro ta’sir vositasi sifatidagi foydalanuvchi interfeysi.
Hozirgacha foydalanuvchi interfeysi bilan qisman tanishgan edingiz, masalan, Paint
yoki MS Word dasrurlarining muloqot oynasi, bu dasturlarning asosiy
elementlaridan menyular, ishchi maydoni va uskunalar paneli.
Interfeys vositalarning o‘zaro umumiy protokolga (qonun-qoidalarga) rioya
qilinishini talab etadi. Aks holda bu vositalar o‘zaro bog‘lana olmaydi. Masalan,
elektr lampochkani elektr manbaiga ulash uchun quyidagi shartlar (moslik)
bajarilishi kerak:

elektr lampochka patronga mos bo‘lishi kerak;

elektr lampochka elektr manbaidagi kuchlanishga mo‘ljallangan
bo‘lishi kerak.
Keltirilgan misolda interfeys protokoli ikkitagina shartdan iborat bo‘lib,
ikkalasi ham apparatli interfeysga mansub. Agar bu shartlar bajarilmasa, elektr
lampochkani elektr manbaiga ulab bo‘lmaydi. Bu holni lampochkani manbaga ulash
interfeysi o‘zgacha protokolga ega, deyish mumkin. Lekin, lampochkani elektr
manbaiga ulash bilan kompyuter sistemasini taqqoslab bo‘lmaydi, albatta.
Ma’lumki, kompyuterli tizimda o‘nlab qurilmalar bir-biri bilan bog‘lanishi va
minglab dasturlar ular bilan mutanosib ishlashi kerak.
Kompyuterda apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruv-
chilar ta’minlaydi. Ular qurilmalarning bir-biri bilan bog‘lanishining (ulanishining)
mosligi va bir xil kuchlanish bilan ishlashini kuzatib boradilar. Lekin dasturlar bilan
qurilmalarning o‘zaro munosabati (apparatli-dasturiy interfeys) yoki dasturlarning
o‘zaro aloqasi (dasturiy interfeys) hech kim tomonidan kuzatilmaydi. Chunki,
birinchidan, dasturchilar har bir kompyuterda qanday qurilmalar o‘rnatilganini va
qanday dasturlar borligini avvaldan bilishmaydi. Ikkinchidan, kompyuter
qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar esa bu qurilmalarni qanday dasturlar bilan
ishlashiga to‘g‘ri kelishini avvaldan bilishmaydi. Shu sababli dasturiy ta’minot bilan
apparatli ta’minot o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni maxsus dastur – operatsion
sistema o‘z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqoti jarayonida o’zi sezmagan holda
kompyuterning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada



bo‘ladi. Ammo kompyuterda minglab dasturlar mavjud bo‘lib, ularning har biri


bilan turlicha muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. Ba’zi dasturlar klaviatura yordamida
ishlashga, boshqalari sichqoncha bilan ishlashga, yana birlari joystik yoki boshqa
biror boshqarish qurilmalari bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bundan
tashqari, ma’lum bir dasturlar ma’lumotlarni ekranga matn shaklida chiqarsa,
boshqalari grafik tasvir shaklida, yana birlari esa umuman ekrandan foydalanmasdan
tovush yoki nutq ko’rinishida ma’lumot berishi mumkin.
Dasturlar xilma-xil bo‘lgani kabi ularning interfeysi ham turlicha bo‘ladi.
Foydalanuvchi interfeysi xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga ajratilishi mumkin.
Agar dastur bilan muloqot qilish juda qulay bo‘lib, foydalanuvchi uchun qiyinchilik
tug`dirmsa, bunday dastur qulay foydalanuvchi interfeysiga ega deyiladi. Agar
dastur bilan turli xil usullarda ishlash mumkin bo‘lsa, bunday dastur yumshoq
interfeysga ega deyiladi. Shunday dasturlar ham bo‘ladiki, ular bilan ishlashda
ma’lum talab va ko‘rsatmalardan tashqariga chiqib bo‘lmaydi. Bu holda dastur
qattiq interfeysga ega deyiladi.
Dasturning ishlash muhitiga (holatiga) qarab, dastur nografik (grafik
bo‘lmagan yoki matnli – A rasm) yoki grafik (B rasm) interfeysga ega deyish
mumkin.
Dastur matnli interfeysga ega deyilishi dastur bilan ishlashda faqat
klaviaturadan foydalani-lishi yoki ma’lumotlar ekranda faqat matn ko‘rinishida aks
ettirilishi bilan bog’liq. Agar dastur ishlashi jarayonida ekranda grafik tasvirlar aks
ettirilsa va uni sichqoncha yordamida boshqarish mumkin bo‘lsa, u holda bunday
dasturlarni grafik interfeysga ega deyiladi.
Hozirgacha kompyuterlarning texnik tuzilishi va dasturlar haqida ma’lumotlar
oldingiz. Dastur bilan ta’minlanmagan komputerlar quruq “temir”dan boshqa narsa
emas. Chunki, biror bir dastursiz kompyuter xech qanday “bilim”ga ega emas.
Shuning uchun dasturlar kompyuterlarning texnik tuzilishining mantiqiy davomi
hisoblanadi va biror kompyuterning qo‘llanish sohasi undagi dasturlar to’plamiga
uzviy bog’liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida



qo‘llanilishi tufayli foydalanuvchi, ya’ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham undan


har xil imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma’lum
darajada dasturiy ta’minotga ham bog’liqdir.
Informatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi sifatida
qaraladi:
• texnik vositalar;
• dasturiy vositalar.
Texnik vositalar – kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism

Yüklə 30,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin