1-mavzu. Shaxsiy kompyuterning ta’minoti va uning turlari, dasturlar va apparat ta’minoti, dasturiy taminot. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari



Yüklə 30,18 Kb.
səhifə6/8
tarix11.10.2023
ölçüsü30,18 Kb.
#154082
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Shaxsiy kompyuterning ta’minoti va uning turlari, dastu-fayllar.org

Hardware deb atalishi va “qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilininishi sizga ma’lum
(ing. hard – qattiq, ware – mahsulot). Bu qismga, masalan, protsessor, vinchester,
monitor, klaviatura, disk yurituvchi, printerlarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Dasturiy vositalar – kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar
to’plamidir. Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va “yumshoq mahsulotlar”
deb tarjima qilinadi (ing. soft – yumshoq). Bu so‘z dasturiy ta’minot bilan
kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va
moslashuvchanligini ifodalaydi.
Bundan tashqari informatikada yana bir yo’nalish Brainware (brain
inglizchadan tarjimasi – intellekt, ong) – algoritmik yo’nalish ajratiladi. Bu
yo’nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o‘rganish
bilan bog’liqdir.
Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga
ajratish mumkin:
1. Sistema dasturlari
2. Amaliy dasturlar
3. Uskunaviy dasturlar
• sistema dasturlari – turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar,
masalan:
a)
kompyuter resurslarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish
qurilmalari);
b)
foydalanilayotgan ma’lumot nusxalarini hosil qilish;
c)
kompyuterni ishlash imkoniyatlarini tekshirish;
d)
kompyuter haqida ma’lumotlar berish va hokazo.
• amaliy dasturlar – foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida
ma’lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jami dasturlar;
• uskunaviy dasturlar – kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlash va
tahrirlashni yengillashtiruvchi dasturlar.
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning
keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo‘llanish sohasining kengayib borishi ba’zi
dasturlarning bir turdan boshqa turga o‘tib qolishiga sabab bo’lmoqda. Masalan,
ba’zi amaliy dasturlarning qo‘llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida
zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan,
foydalanuvchiga e’tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan,
“elektron suhbatdosh”), ularni yuqoridagi xususiyatlar bo’yicha ajratish mushkul.



Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi o’zaro bog’langan guruhlar orqali


ifodalash mumkin:
• operatsion sistemalar (MS DOS, Windows naqllari, Unix, Linux, Nova,
Mandriva, Machintosh, Doppix) va qobiq-dasturlar (Norton Commander, Far
manajer, Windows Commander, Total Commander);
• dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C, C++);
• uskunaviy sistemalar (redaktorlar, sozlovchilar, makroassemblerlar);
• integrallashgan dasturlar paketi (matn muharrirlari, matn protsessori, elektron
jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalari);
• mashina grafikasi sistemalari (ilmiy, muxandislik, o’quv, animatsion, ijodiy);
• ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalari (FoxPro, Access, Paradox);
• amaliy dasturiy ta’minot (buxgalterlik, nashriyot, avtomatik loyixalash
sistemalari, elektron jadvallar).
Ko’pincha amaliy dasturlarni ilovalar (rus. prilojeniya) deb ham atashadi.
Barcha ilovalar alohida dastur sifatida yoki integrallashgan (birlashtirilgan)
sistemalar sifatida qaralishi mumkin. Odatda, ekspert sistemalar, matematik
hisoblash, modellashtirish va tajriba natijalarini qayta ishlash dasturlari, shuningdek
ofis sistemalari integrallashgan sistemalardan iborat. Keng tarqalgan va qulay
integrallashgan sistemaga misol sifatida Microsoft Office integrallashgan
sistemasini olish mumkin. Microsoft Office integrallashgan sistemasi o’z ichiga
matn protsessori, elektron jadval, ma’lumotlarni boshqarish sistemasi, taqdimot
hosil qilish dasturi, elektron pochta bilan ishlash dasturi va boshqa dasturlarni o’zida
mujassamlashtirgan. Bu integrallashgan sistemadagi biror dastur yordamida hosil
qilingan ma’lumotlarni sistema ichidagi boshqa dasturlarga osongina bog’lash
mumkin.
Sistema dasturlarining bir bo’lagi sifatida yordamchi dasturlar – utilitlar (lotin.
– foydali) ishlab chiqilgan. Bu dasturlar operatsion sistemaning imkoniyatini
oshirishga xizmat qilishi yoki alohida vazifani bajarishi ham mumkin.
Utilitlarning ba’zi ko’rinishlari:
• kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi va testdan o’tkazuvchi dasturlar;
• kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi drayver dasturlar;
• axborotni zichroq yozilishini ta’minlovchi arxiviator dasturlar;
• kompyuterning ishiga zarar keltiruvchi va foydalanuvchi ishiga hala beruvchi
dasturlardan himoyalovchi antivirus va antispam dasturlar;
• kompyuterlar orasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi kommunikatsiya 
dasturlari;
• kompakt disklarga yozishni ta’minlovchi dasturlar;
• nompyuterni multimedia imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar va hokazo.
Bundan tashqari, dasturiy ta’minot tarqatilishi va targ’ib qilinishi bo’yicha
quyidagi asosiy turlarga ajratiladi:


Yüklə 30,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin