dasturiy ta’minoti va muloqot protsеssori borligi bilan farq qiluvchi, univеrsal
sun’iy tafakkur mashinalaridir.
Kompyuterlarni sinflash. Kompyuterlarning xotirasining hajmi, bir sekundda
bajaradigan
amallar tezligi, ma`lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda)
tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo’linadi:
- Supper kompyuterlar (Super Computer);
- Katta kompyuterlar (Mainframe Computer);
- Mini kompyuterlar (Minicomputer);
- Shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer)
- Bloknot (noutbook) kompyuterlar.
Supper kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar) –
juda katta tezlikni talab
qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch
o’lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o’rganish
masalalari, global
informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin.
Bu kompyuterlar bir
sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi.
Shuni qayd qilish lozimki, supperkompyuterlarning ma`lum yo’nalish
masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.
Katta kompyuterlar. – Fan va texnikaning turli
sohalariga oid masalalarini
yechishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi
supperkompyuterlarnikiga nisbatan bir-ikki pog’ona past.
Bularga misol sifatida
AQSHning CRAY, IBM 390, 4300, IBM ESG’9000, Fransiyaning Borrous 600,
Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: