Soliqqa tortishga kirish.
Ko’pchilik soliqqa tortishni nima ekanligini tushunishmaydi, shunday bo’lsa ham, soliq bizning kundalik hayotimizga ta’sir qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Rasmdagi shaxs umrining ko’p qismi davomida Buyuk Britaniya Ichki Daromadlar Xizmatiga soliq to’layotganini va bu jarayon juda murakkabligini, uni hanuzgacha tushinmaganini izohlaydi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida soliq tizimi juda murakkab, faqat juda oz kishilar (ayrim professional soliq maslahatchilari, advokatlar) soliq tizimini tushunishadi, shunga qaramay, fuqarolar va tadbirkorlar ularga nisbatan mavjud barcha soliq majburiyatlariga to’liq bo’ysunishadi. Albert Eishteyn «Dunyodagi tushunish qiyin bo’lgan so’z bu daromad solig’idir» deb ta’kidlab o’tgan. Adolatli ravishda shuni ta’kidlash joyizki, qiyinchiliklarning katta qismi soliq qoidalari tug’ri qullanilishiga bog’liq, agar ular qullanilsa faqatgina taxnik hisob kitoblarda amalga oshiriladi xolos, bundan keyingina soliq qancha miqdorda to’lanishini aniqlash kerak bo’ladi. Bundan keyingi qiyinchilik barcha mamlakatlardagi mavjud soliq tizimining bir biridan farqi bilan ifodalanadi.
Soliqqa tortishga xos bo’lgan yana bir noaniqlik bu soliqlarga nisbatan yondashuv turli xil fanlar nuqtai nazaridan berilganligi bilan izohlanadi va buni quyida ko’rib chiqamiz. Ushbu fan turli iqtisodiy fanlar bilan bevosita bogliq va ular bilan uzviylikda o’zaro bog’langan. Shuning uchun ko’pchilik bu fanga boshqa fanlarni o’rganish orqali ham kirib keladi. Buxgalteriya hisobi, huquqiy fanlar, iqtisodiy fanlar orqali soliqqa tortishni o’rganishga intiladi, vaholanki soliqqa tortish alohida fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda o’rganiladi. Tarixchi Neyl Ferguson o’zining «Pulning paydo bo’lishi, dunyoning moliyaviy tarixi» kitobida quyidagilarni alohida qayd etib o’tgan: “buyuk tarixiy voqea hodisalar ortida moliyaviy sirlar yotadi” va shuni tavsiya etadi moliya tarixi orqali tarixga qayta nazar tashlash mumkin. Shuning uchun ham soliqqa tortish moliya tarixining ajralmas qismidir. Ushbu fanning kelajagini belgilashda soliq shart sharoitlarini o’rganish orqali bu mashaqqatli yo’ldan o’tadi.1
Bu yana shuni aniqlab beradiki, xususiy sektorda soliqqa tortish bo’yicha kim ishlasa turli professional tashkilotlarga, hisob institutlari, yuridik hamjamiyatlarga taaluqli bo’lishi mumkin va o’zlarini soliq konsultantlari, soliq amaliyotchilari, soliq advokatlari, soliq hisobchilari sifatida atashlari mumkin va turli kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishlari mumkin. Yana shuni unutmaslik kerakki, soliq mutaxassislari soliq idoralari uchun ishlaydilar va davlat xizmatchilari sifatida faoliyat yuritadilar yoinki jamiyat xizmatchilari maqomida buladilar.
Talabalarga soliq hisoblashda uchraydigan muammolarni yechish uchun juda ko’p foydali adabiyotlar mavjud, lekin ularning faqat oz qismigina soliqqa tortishning rivojlanish asoslarini belgilovchi tamoyillar va nazariyalarni to’liq yoritib beradi. Bu masalani yoritib beruvchi har qanday darslik qalin va og’ir bo’lishi talab etiladi. Asosiy maqsad talabalarni fan doirasida dastlabki ko’nikmalardan tortib to qiyin masalalarni hal qilishgacha jarayonda qatnashtirib, soliqqa tortish nazariyasi va tamoyillariga olib kirish, va buning natijasida bu sohadagi bilimlarini oshirish bilan ifodalanadi. Oddiy hisob kitoblarni amalga oshirishda soliqqa tortish nimaga kerak va u nimaga ishlatiladi degan tushunchaga ega bo’lish shart emas. Lekin quyida beriladigan ma’lumotlar orqali talabalarda soliqqa tortishning nisbatan qiyin bo’lgan fan sohasi ekanligini isbotlaydi.
Dostları ilə paylaş: |