1-mavzu: “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va


-mavzu: Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə42/57
tarix22.12.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#189897
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
1-mavzu “Soliq nazariyasi” fanining predmeti, mazmuni va

7-mavzu: Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy
bog’liqligi
Reja:

  1. Soliq siyosatining makraiqtisodiy samarasi.

  2. Soliq yuki, uni aniqlash tartibi.

  3. Laffer egri chizig‘i va uning elastlikligi.

  4. Soliqlarni yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri.

  5. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida soliqlar va

investitsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi.


1. Soliq siyosatining makraiqtisodiy samarasi.

Iqtisodiyotning samarali rivojlanishi ko‘p darajada davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shu tufayli ham O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganidir.


Bozor munosabatlariga o‘tishning qiyin davrida aholining manfaatlarini faqat kuchli qayta taqsimlash vositasiga ega bo‘lgan davlatgina himoya qilishga qodirdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillaridanoq davlat iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlardan ushbu kontseptsiyaga asoslangan holda foydalanib kelmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi, boshqa ko‘pgina omillar bilan bir qatorda, unga nisbatan yurgizilayotgan soliq siyosatiga ham bevosita bog‘liqdir. Davlat soliq siyosatini ishlab chiqib va uni hayotga tatbiq etib, iqtisodiy rivojlanishga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan davlat soliq siyosati orqali makroiqtisodiy samaradorlikka erishishi mumkin.
Soliq siyosatini amalga oshirishda xizmat qiladigan soliq dastaklari (imtiyozlar, stavkalar, soliqqa tortiladigan bazani shakllanishi va boshqalar) kuchli ta’sir etuvchi va qiyin boshqariladigan soliq qurollaridir. Masalan, soliq to‘lovchilarga keng soliq imtiyozlarini berish byudjetning daromadlarini shakllantirish nuqtai nazaridan butunlay teskari oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Boshqa tomondan esa, soliq imtiyozlarining har tomonlama bekor qilinishi tadbirkorlik faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va korxonalarning ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish sohalariga kapital qo‘yilmalarning sezilarli kamayishiga sabab bo‘ladi. Buning oqibatida ba’zi tarmoqlardagi mavjud muvozanat buziladi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida yurgizilayotgan iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo‘lgan soliq siyosati mustaqil ravishda yurgizilayotgan soliq siyosati hisoblanib, uning markaziy vazifalaridan biri sifatida respublikamizda bozor munosabatlarini qaror toptirish va uni rivojlantirishga xizmat ko‘rsatish qaralmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik muhitini yaratish va uni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etganligi uchun soliq siyosati ham bizning respublikamizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi, shak-shubhasizdir.
Bir vaqtning o‘zida puxta ishlab chiqilgan soliq siyosatining hayotga qanday tadbiq etilishi shu siyosatni amalga oshirishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan soliq mexanizmiga uzviy bog‘liqdir.
Soliq siyosatining makroiqtisodiy holatga ta’siri juda katta bo‘lib, mamlakatda yaratiladigan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o‘zgarishi soliq siyosatining samarasiga bevosita bog‘liqdir. Soliq siyosatining makroiqtisodiy holatga ta’sirini soliqlarning yalpi talab va yalpi taklifga, investitsion muhitga, iste’molga, iqtisodiy barqarorlikka ta’siri kabilar bilan baholash mumkin.
Soliq siyosatini amalga oshirishda muhim bir mezon bo‘lib soliq stavkalari hisoblanadi.
Soliq stavkalarining o‘zgartirilishi bevosita talablar yig‘indisiga ta’sir qiladi. Iste’molning ham, investitsiyalarning ham hajmi soliqlarning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, byudjetga soliq tushumi kamayib, davlat xarajatlari avvalgicha qolgan paytda iste’mol va investitsiya xarajatlarining o‘sishi rag‘batlantiriladi.
Yalpi talab qanchalik ko‘paygani bilan u iqtisodiyotni ishlab chiqarish imkoniyatlari (mavjud resurslar va texnologiyalarning shartli miqdori va sifati) doirasidan tashqariga «surib qo‘yishga» qodir bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasiga yaqinlashganda yig‘ma talabning o‘sishi asosan real ishlab chiqarishning emas, balki narxlarning ko‘tarilishi hisobiga ro‘y beradi. Binobarin, rag‘batlantiruvchi soliq-byudjet siyosati iqtisodiyot pasayish vaziyatida bo‘lgandagina chinakam ijobiy samara beradi. Soliq siyosati olib borilayotganda qisib chiqarish deb ataladigan vaziyat bilan to‘qnashuv ro‘y beradi. Masalan, davlat xarajatlari o‘zgarmay turgan sharoitda soliq tushumlari kamaydi (yoki aksincha, davlat xarajatlari ko‘payib, soliq tushumlari esa avvalgi darajasida qoldi). Davlat xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi farqning ortishini (byudjet kamomadining o‘sishini) davlat qarzlar hisobiga qoplashga majbur. Bunda davlat obligatsiyalar chiqarishi mumkin, bu obligatsiyalarning sotilishi moliya bozori mablag‘laridan foydalanish imkonini beradi. Bunday sa’y-harakat moliya bozorida milliy jamg‘armalar taklifi kamayishiga olib keladi. Natijada foiz stavkalari ko‘tariladi va xususiy investitsiyalar hajmi tushib ketadi. Biz ko‘rgan holatda soliqlarning kamayishi tufayli kelib chiqqan byudjet kamomadining o‘sishi xususiy investitsiyalarni «surib chiqaradi»ki, buning natijasi o‘laroq, yalpi talab darajasi o‘zgarmay qoladi. Binobarin, qisqa muddat ichida surib chiqarish samarasi amal qilmaydi yoki sezilmaydigan darajada ro‘y beradi: moliya bozori takomillashmagani (korxonalar ka­pital mablag‘ sarflash uchun pul oladigan kredit haqidagi bitimlar ilgari tuzib qo‘yilgani) sababli investitsiyalar va jamg‘armalar uzoq istiqboldagina tenglashadi.
Soliq siyosatining samaradorligi sof eksport samarasi bilan cheklanadi. Biz aniqlaganimizdek, soliqlarning kamaytirilishi milliy jamg‘armalar miqdorini kichraytiradi hamda ichki foiz stavkalarini kattalashtiradi. Bunday vaziyat oqibatda faqat ichki (milliy) investitsiyalarning qisqarishigagina emas, balki mamlakatga chet el kapitalining oqib kirishi tezlashishiga ham olib keladi. Mazkur holatda xorij investitsiyalari o‘sib borayotgan ichki foizli stavkalar bilan rag‘batlantiriladi. Chet el kapitalining oqib kelishi milliy valyutaga talabni oshiradi. Natijada valyuta kursi ko‘tariladi, sof eks­port miqdori qisqaradi. Valyuta kursi ko‘tarilganida milliy tovarlar jahon bozorida ancha qimmatlashadi, xorij tovarlari esa ichki bozorda arzonlashadi. Shunday qilib, soliqlarni kamaytirish tufayli jamiyat xarajatlarining kengayib ketishi eksportning qisqarishi va importning o‘sishi bilan bog‘liq yalpi talabning pasayishi hisobidan qisman tekislanadi. Bunday samara qayd etilgan valyuta kurslari sharoitida amal qilmaydi: soliqlar kamaytirilganida valyuta kursi avvalgi darajasida qoladi hamda sof eksport tegishli ravishda o‘zgarmaydi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, rag‘batlantiruvchi soliq siyosati faqat qisqa muddatli turkumiy tebranishlar oqibati bo‘lgan iqtisodiy pasayish sharoitida, faqat qayd etilgan valyuta kurslari paytida sezilarli makroiktisodiy samara beradi. Vaqtning uzoq oraliqlarida esa u ta’sirli bo‘lmaydi.
Endi soliqlarni qisqartirish oqibatlarini yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqaylik. Mazkur tadbirning samarasi shundan iboratki, bunda taklifning egri chizig‘i o‘ngga qarab siljiydi - soliqlarning pasaytirilishi xarajatlarning qisqarishini (bu holat tadbirkorlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‘batlantiradi) hamda «sof» ish haqining o‘sishini (bu holat esa yollanma xodimlarni mehnat taklifini ko‘paytirishga rag‘batlantiradi) anglatadi. Bunda (soliqlarning kamaytirilishi oqibatida) yalpi talab odatda yalpi taklifga nisbatan ko‘proq o‘sib boradi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning kengayishi bilan bir qatorda narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishi kuzatiladi.
Biroq yig‘ma taklif darajasining o‘zgarishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Shuning uchun ham makroiqgisodiy barqarorlik maqsadiga erishish uchun davlat eng avvalo yalpi taklifga emas, balki yalpi talabga ta’sir ko‘rsatishga intiladi. Buning ustiga, hozirgi zamon iqtisodchilarining aksariyati hisoblashicha, makroiqtisodiy beqarorlik (iqtisodiy turkumlar) asosan yig‘ma talab beqarorligining oqibatidir. Masalan, iqtisodiyot yalpi talabning salbiy o‘zgarishi ta’siri tufayli pasayish jarayonini boshdan kechirmokda. Bunday holatda davlat jamiyatning yig‘ma xarajatlarini soliqlarni kamaytirish va davlat xarajatlarini kengaytirish vositasida rag‘batlantirishga intiladi. Agar hukumat iqtisodiyotning «zo‘riqishi»dan xavotirlansa yoki pulning qadrsizlanish sur’atlarini sekinlashtirishni istasa, u holda o‘zining moliya siyosatini qattiq olib borishda soliqlarni oshirishi va davlat xarajatlarini qisqartirishi lozim bo‘ladi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin