1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Yüklə 3,5 Mb.
səhifə31/73
tarix03.10.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#151706
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)

Muloqotning perseptiv jihati – bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.
Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g’oyat muhimdir:
a) identifikasiya;
b) refleksiya;
v) kauzal atribusiya;
g) stereotipizasiya
Identifikasiya so’zining ma’nosi lotinchadan olingan bo’lib, “tenglashtirish”, “aynan o’xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini subyektning o’z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o’xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o’zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o’zining o’rniga qo’yib ko’rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o’y-fikrlari, mayllari va his-tuyg’ulari haqida taxmin qiladilar.
Refleksiya — (lotincha aks ettirish) – o’z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o’xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o’zini ham aks ettiradi, agar kishi o’zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to’liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo’lsa, ular bilan bexato aniqlikda o’zaro ta’sir o’rnatishi mumkin. Biroq subyekt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xatti-harakatining sabablarini o’ylab chiqishga majbur bo’ladi.
Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg’ular, intilish va fikrlashning o’ylab chiqarilishi kauzal atribusiya deb ataladi. O’qituvchilar tomonidan bola harakatlarining shunday sababini talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi.
Kauzal atribusiya- boshqa kishining hatti-harakatlari sababini his-tuyg’ularni, niyatlarni, o’y-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini unga to’nkash yo’li bilan tushuntirish bo’lib, lotincha saisa-sabab va atributto – in’om etaman degan ma’noni bildiradi.
Kauzal atribusiya ko’pincha anglanilmagan holda – yo boshqa kishiga o’xshatish negizida, ya’ni shaxsning o’zi xuddi shunday vaziyatda u payqashi mumkin deb hisoblaydigan motivlar yoki his-tuyg’ularning boshqa birovga xosligi ta’kidlangan paytda, yo muloqotga kirishgan sherikni o’zlariga nisbatan ba’zi bir qolipdagi tasavvurlar hosil bo’ladigan shaxslarning muayyan toifasiga kiritish yo’li bilan yuz beradi. Kauzal atribusiyaning xususiyati psixologiya tomonidan yaxshi o’rganilgan turli xildagi shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Masalan, notanish kishini idrok etish chog’ida idrok subyekti ega bo’lgan axborot katta rol o’ynaydi. A.A.Bodalev o’tkazgan tajribalarida ikki guruhdagi talabalarga bitta odamning fotosu’rati ko’rsatilgan. Birinchi guruhga bu odam jinoyatchi sifatida ta’riflangan. Uni tashqi qiyofasiga qarab tavsifnoma berish so’ralgan, ikkinchi guruhga bu odam taniqli olim deb aytilgan. Jinoyatchi deb aytilgan kishiga talabalar qo’rs, badjahl, berahm, makkor kishining portreti turibdi deb, olim deb aytilgan guruh talabalari esa portretdagi ko’zning o’zi mehribon va dono, jonni fido qilib ishlaydigan kishi deb ta’riflanadi.
Chiroyli kishilar rasmlari berilganda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgan, ya’ni chiroyli kishilar yaxshi, muloyim, aqlli deb baholangan. Xunuk rasmli kishilar esa qo’rs, badjahl, xudbin deb baholangan. Demak, pedagogning idrok etish obyekti haqida oldindan bilib oladigan axboroti yanglish fikr va subyektivizmning tarkib topishi uchun jiddiy asos hisoblanadi.
Oreol effektining mohiyati shundan iboratki, kishi tomonidan qoldiriladigan umumiy ijobiy taassurot subyektning idrok etish chog’ida berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo’ladi.
Stereotipizasiya — grekcha o’zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildiradi. Stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo’lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo’li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izoxlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida noto’g’ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o’tkazilgan suhbatga ko’ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So’ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko’rinishga ega bo’lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo’ysunmas xarakterga ega, 5 kishi bo’yi o’rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o’zini sevuvchi kishilar bo’ladi deb ta’kidlangan.
Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o’rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot bunga misol bo’la oladi. 400 o’qituvchilarga baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 salbiy xunuk, yoqimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta’riflash so’ralgan edi. Afsuski baholarning subyektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog’liqdir.

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin