1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Yüklə 3,5 Mb.
səhifə63/73
tarix03.10.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#151706
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja (1)

15-MAVZU: LIDERLIK VA BOSHQARUV


REJA:



  1. Boshqaruv psixologiyasining sotsial psixologik jihatlari

  2. Guruhlarda rahbarlik va liderlik

  3. Liderlik uslublari haqida tushuncha

  4. Rahbarlik sifatlari



1.Boshqaruv psixologiyasining sotsial psixologik jihatlari
Oxirgi yillarda inson omiliga e`tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqaruv psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda psixologiyaning maxsus bo`limi boshqarish psixologiyasi paydo bo`ldi. Boshqaruv psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog’iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog’liq bo’lgan muammolarni, shaxsni va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o’rganadi.
Sotsial psixologiya boshqaruv masalalariga e’tiborini qaratganda, eng avvalo, ushbu faoliyatning samaradorligini, u orqali rahbarning ta’sir ko’lamini o’rganadi. Masala ochiq tarzda quyidagicha qo’yiladi: boshqaruvchi yoki rahbar o’z faoliyatida qanday omillardan va qay darajada omilkorona foydalanmoqda, uning “ta’sir kuchi” tom ma’noda ijtimoiymi yoki iqtisodiymi? Lo’nda qilib aytganda, bu rahbarning obro’ topish yo’llarini qay tarzda namoyon etayotganligi va qaysi omillardan ko’proq foydalanishini aniqlashni taqozo etadi.
Masalan, hayotda shunday rahbar borki, u bilan ishlashning o’zi jamoaga zavq bag’ishlaydi, unig insoniyligi, saviyasi, xalq ichidagi obro’si uning moddiy rag’batlantirish imkoniyatlariga bog’liq emas. Boshqa bir rahbarning aytgani-aytgan, degani-degan, chunki u har bir xodimga, har bir yutug’i uchun faqat moddiy rag’batlantirish usullaridan foydalanadi. Kimga qay biri ma’qulligiga qarab, ba’zan xodimning ishga, burchga va mas’uliyatga munosabatini bilsa bo’ladi.
Shunday qilib, boshqaruv jarayonining o’zida ikki mihim jabhani farqlash mumkin:
1. Ijtimoiy jabha – bu boshqaruvda asosan ma’murchilik yo’lini nazarda tutadi. Rahbar faqat ma’muriyat a’zosi, uning yetakchisi sifatida idrok etiladi. Bunday rahbar tashkilot yoki muassasada boshqaruv apparati bo’lishi shart bo’lganligi bois mavjud bo’lib, uning xodimlar bilan o’zaro muloqoti ahamiyatga ega emas. Xodimlar bunday sharoitda “falon yerda ishlayman” degan iborani ko’proq ishlatishadi;
2. Psixologik jabha – bu xodimlar tomonidan rahbarning yetakchiligi, ish-faoliyat mobaynida orttirgan obro’si, nufuzi orqasidan ularga ta’sir ko’rsata olish qobiliyatini nazarda tutadi. Xodimlar o’zaro “men falonchi rahbar bilan ishlayman” iborasini mamnuniyat bilan ta’kidlashadi.



Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin