1-mavzu: sotsiologiya fan sifatida. Reja: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Uning obyekti va predmeti



Yüklə 159,22 Kb.
səhifə8/9
tarix05.12.2023
ölçüsü159,22 Kb.
#173708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ma\'ruza 1

Maks Veber
(1864-1920)

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida sotsiologiyaning rivojlanishiga buyuk hissa qo‘shganlardan biri, bu nemis mutafakkiri Maks Veberdir (1864-1920). Hozirgi kunda M.Veber sotsiologiyasi haqiqiy uyg‘onish davrini boshidan kechirmoqda. Uning falsafiy sotsiologik qarashlarining ko‘p tomonlari yangidan qayta anglanmoqda.
Uning fikricha, ishlab chiqilgan sotsiologik bilim, metodologiyasini tushunish konsepsiyasi, madaniyat, etika, sotsiologiya, din haqidagi ta’limotlari harakat uchun qo‘llanma sifatida qabul qilinmoqda.
Veberning fikricha, sotsiologiya avvalo, inson yoki guruh, odamlarning fe’l-atvori va sotsial faoliyatini o‘rganishi kerak. Veber ko‘plab ilmiy asarlarning, jumladan, “Sotsial-ilmiy va sotsial- siyosiy bilishning obyektivligi”, “Madaniyat haqidagi mantiq fani sohasidagi tanqidiy tadqiqotlar”, “Sotsiologiya” va boshqalarning muallifidir.
Sotsial harakat Veberning fikricha odamlarning anglab yetilgan o‘zaro munosabati tizimini tashkil etadi. Bunday holatda u sotsiologiyaning predmeti hisoblanadi.
Veber o‘z asarlarida sotsiologiya nazariyasi va metodologiyasiga oid keng qamrovli muammolarni atroflicha muhokama etishga katta ahamiyat bergan. Shunday qилиб, Вебер асарларидаги илмийлик ва объективлик бир-биридан ажралиб кетмаган.
1.4.Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi o‘rni
Har bir alohida olingan katta-kichik ijtimoiy tizim tarixiy rivojlanish jarayonida jamiyatning boshqa tizimlari bilan dialektik aloqada, munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun, ayrim olingan ijtimoiy tizim tadqiqi jamiyat taraqqiyotning umumiy qonuniyatiga o‘zaro mos tushgandagina to‘g‘ri va obyektiv xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy voqelik zanjiridagi biron-bir xalqa tadqiqotchining e’tiboridan chetda qolishi mumkin emas.
Ijtimoiy hayot masalalarning o‘rganish doirasi tobora kengayib borayotganligi sababli sotsiologiya fani ham tobora kengayib bormoqda.
Masalan, hozirgi zamon sotsiologiyasi asosida, “fanlar sotsiologiyasi”, “madaniyat sotsiologiyasi”, “ergonomika”, “boshqaruv sotsiologiyasi”, “mikro-
sotsiologiya” kabi sohalar shakllanadi. Ikkinchi tomondan, sotsiologiyaning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan dialektik aloqadorligi kuchayib bormoqda.
Sotsiologiyaning iqtisodiyot, falsafa, huquq, etika, psixologiya, pedagogika, tarix, ekologiya kabi fanlar bilan aloqadorligi bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida yanada ortmoqda. Keyingi yillarda uning texnika fanlari bilan o‘ziga xos aloqadorligi kuchaymoqda. Sotsiologiyada borgan sari matematika fani va usulning ahamiyati ortmoqda.
Iqtisod fanlari bilan sotsiologiyaning dialektik aloqadorligi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol jarayonlarini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, hozirda bozor munosabatlariga o‘tish, mehnatga yangicha munosabat shakllanishi jarayonida uning ahamiyati juda kattadir. Iqtisodiyot sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi kabi sotsiologiyaning maxsus sohalari iqtisodiyotga bog‘liq masalalarni o‘rganadi va unga bog‘liq bo‘lgan barcha muammoni hal etishga xizmat qiladi. Shu jihatdan sotsiologiya jamiyatda va uning iqtisodiy hayotida o‘ta muhim vazifalarni o‘taydi. Sotsiologiya iqtisod fanlari bilan, ularning o‘rganish obyekti bilan uzviy bog‘liqdir. Iqtisodiy nazariyaning ilmiy g‘oyalari yuqorida tilga olingan sotsiologiya sohalari uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilsa, o‘z navbatida, shu sohalarda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari iqtisodiyot muammolarini hal etishga xizmat qiladi.
Sotsiologiya falsafa fani bilan ham uzviy bog‘liqdir. Sotsial falsafa qonun va kategoriyalari bevosita umumsotsiologik nazariya va konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar uchun esa nazariy va metodologik asos bo‘ladi. Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalarning rivojlanishi o‘z navbatida mazkur davr ijtimoiy fikrini shakllantiradi, unga nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi. Sotsiologik tadqiqot empirik ma’lumotlar, eksperimentlar yordamida ijtimoiy falsafiy ta’limotlarning qanchalik to‘g‘ri, mazkur ijtimoiy davr mazmuniga mos yoki ularning eskirib, ijtimoiy taraqqiyot talabiga javob beraolmay qolganligini aniqlab berish imkoniyatiga ega. Ammo, sotsiologiya har qanday siyosiy va idealogik tizimdan holi bo‘lsagina, uning yuqorida ko‘rsatilgan ilmiy qimmati saqlanadi.
Huquqiy davlatni shakllantirib, uni yanada rivojlantirishda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, huquqiy munosabatlarni tartibga solish katta ahamiyatga ega. Huquqiy tashkilotlarga faoliyatini yangi davr talablariga mos ravishda tashkil etish, ularning ijtimoiy munosabatlar sohalaridagi ta’sirini takomillashtirishga e’tiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Sir emaski, keyingi vaqtda jinoyatchilik ortdi. Jinoyatga qarshi kurash va uning oldini olish – davlat ahamiyatidagi masala hisoblanadi. Unga qarshi kurash jinoyat sodir etilgandan so‘ng emas, balki unga qadar olib borilmog‘i lozim. Jinoyatchilikning oldini olish, uning tub mohiyatini, motivi va keltirib chiqarayotgan sabablarning o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyatga ega. Demak, huquq fanlarining rivojlanishida ham sotsiologiyaning o‘rni kattadir.
Istiqlol sharofati bilan milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, milliy ongning rivojlanishida, hozirgi murakkab iqtisodiy o‘tish davrida kishilar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi ma’naviy munosabatlar, tamoyil va normalarning ichki mohiyatini, rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishda sotsiologiya bilan aholishunoslik fanlarining dialektik o‘zaro aloqadorligi juda ham zarur. Sotsiologik tadqiqot asosida ahloq fani jamiyat hayotidagi o‘z mavqeini yanada oshiradi.
Jamiyat rivojlanishi bilan kishilarning estetik ehtiyojlari ham o‘zgarib, yanada rivojlanib boradi. Kishilardagi bu ehtiyojni o‘rganish va ijobiy sifatlarni shakllantirishda, tarbiyalashda sotsiologik tadqiqotlarning natijalari, xulosa va takliflari o‘zining ilmiy qimmatiga ega. Shu jihatdan sotsiologiya fani nafosat /estetika/ fani bilan o‘zaro bog‘liq.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish kishilardagi o‘zini ko‘zlash, o‘z shaxsiy manfaatini jamiyat, millat manfaatidan ustun ko‘rishlik hollari kuchaymoqda.
Kishilarda halovatlik, asabiylik ortmoqda. Odamlardagi asabiylikning ortishi xuddi yuqumli virus kabi tez tarqalib, ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Ushbu muammolarni o‘rganish va hal etish borishda sotsiologiya bilan psixologiya fanlarining hamkorligi muhimdir.
Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki qadamlari, a’niqsa ta’lim-tarbiya jarayonida juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘quvchi yoshlar dunyoqarashida keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Nafaqat o‘quvchi – yoshlarda, balki pedagog-o‘qituvchilar tarkibida ham jiddiy muammolar kelib chiqmoqda. O‘quvchilar ongida ilmdan qaytish, fanga e’tiborsizlik, yengil mehnat evaziga yaxshi yashash, ko‘p pul topish «instikti» kuchaygan.
Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkin: milliy pedagogika hozirda sotsiologik tadqiqotlarga muhtoj. Bu tadqiqotlarning natijalari qanchalik beshafqat bo‘lmasin, ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarish va amaliy tadbirlar ishlab chiqish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masaladir.
Sotsiologiya va tarix fanlari jamiyat hayotini izchil, sistemali tarzda o‘rganadi. O‘tmish tariximizni yaratishda mutafakkirlar sotsiologiya usullaridan keng foydalanganlar. Chunonchi, tarixiy ma’lumotlarni, manbalarni to‘plash, ularning haqqoniyligini aniqlash, tarixiy shaxslar esdaliklaridan, tarixiy voqealar guvohlarining xotiralaridan keng foydalanilgan. Masalan, At-Termiziy, Imom Al Buxoriy kabi hadisshunoslar, Abu Rayhon Beruniy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Xondamir, Xerman Vamberi kabi buyuk mutafakkir olimlar o‘zlarining tarixga oid qimmatli asarlarini yaratishda sotsiologiya usullaridan unumli foydalanganlar.
Tarixiy voqealarga boy bo‘lgan bugungi kunimiz ertangi kelajagimiz uchun o‘tmish sahifalariga aylanadi. Shunday ekan, hayotimizning keng qamrovli sohalarining ilmiy sotsiologik tadqiqotlari va tahlili natijalari tarix fani uchun xizmat qilishi tabiiy.
Asrimizning keyingi bosqichida jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatning keskinlashuvi – sotsiologiyaning tabiatshunoslik fanlari bilan aloqadorligini kuchaytiradi. Insonning tabiatiga, tabiiy muhitga ta’siri ortib bormoqda. Ekologik, demografik vaziyatning keskinlashuvi sotsiologiya fanini bevosita ushbu muammolarni hal etishga jalb qiladi.
Hozirgi zamon sotsiologiyasini matematikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Matematik usullarsiz sotsiologiya mavhum bir qarash bo‘lib qoladi. Ayniqsa, uning empirik darajadagi tadqiqot o‘tkazishdagi o‘rni katta.
Hozirgi zamon g‘arb sotsiologiyasi kibernetik usullardan, axborot nazariyasi, uyin nazariyasi bilan muvaffaqiyatli rivojlantirilgan. Ularda maxsus matematik usullardan daraja ko‘rsatkichi, omillik, sababli va sirtdan tahlil qo‘llanilmoqda. Sotsiologik tadqiqotlarni keng va unumli foydalanilmoqda.
Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida sotsiologiya va texnika fanlar aloqadorligi tabiiydir. Chunki, “inson – texnika”, “jamiyat-texnika”, “maishiy turmush – texnika” kabi tizimlarni ilmiy o‘rganish ular zimmasiga yagona vazifani yuklaydi. Inson yaratgan barcha texnika faqat inson va jamiyatning ijobiy taraqqiyotiga xizmat qilsin. Ammo, doimo kutilgan natija bo‘lavermaydi. Ularni o‘rganishda esa sotsiologiya fanining roli beqiyosdir.
Jamiyat hayoti va inson faoliyatining turli jihatlarini o‘rganish jarayonida yuqorida nomi tilga olingan fanlar tarkibida ijtimoiylik yo‘nalishi mavjud bo‘ladi. Shu jihatdan, o‘z navbatida ularning sotsiologiya fani rivojlanishidagi ahamiyati kattadir.

Yüklə 159,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin