1-mavzu: sotsiologiya fan sifatida. Reja: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Uning obyekti va predmeti



Yüklə 159,22 Kb.
səhifə3/9
tarix05.12.2023
ölçüsü159,22 Kb.
#173708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ma\'ruza 1

Sotsiologiyaning vazifalari.Shunday qilib, sotsiologiya tarixiy aniq ijtimoiy tizimlar amal qilishining sotsial umumiy qonun va qonuniyatlari haqidagi, ushbu qonun va qonuniyatlarning shaxslar, ijtimoiy guruhlar, birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida namoyon bo‘lishi va ta’sir ko‘rsatish dastagi haqidagi fandir.
Shuning uchun ham, sotsiologiya o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
– jamiyatni bir butun tizim sifatida o‘rganish;
– jamiyatni ilmiy vositalar yordamida o‘rganish;
– ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish.
Demak, sotsiologiya jamiyat to‘g‘risidagi fan bo‘lib, ijtimoiy muno-sabatlar, ularning amal etish qonuniyatlari, hamda istiqbollarini o‘rganadi. Ayni paytda, sotsiologiya jamiyatdagi me’yoriy va patologik holatlarni aniqlaydi, natijada insoniyatni noxush holatlar, qiyinchiliklardan qutulish yo‘llarini ko‘rsatadi. XIX asrda sotsiologiya sotsial gigiyena deb ham tushunilgan.
Respublikamizning mustaqillikka erishuvi, milliy istiqlol yo‘lidan izchil borayotganligimiz, rivojlanish tendensiyasida O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos besh ustuvor tamoyilga asoslanib, harakat qilayotganligi, xususan:
– iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi va bunda iqtisodiyotning mafku-radan holi bo‘lishi;
– hozirgi vaziyatda davlat jamiyatning bosh islohotchisi rolini o‘ynashi;
– qonun hamma joyda hamma narsadan ustun turishi;
– mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli millatlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarini hisobga olib, insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgan kuchli ijti-moiy siyosat o‘tkazish lozimligi;
– bozor iqtisodiyotiga sobitqadamlik bilan bosqichma-bosqich, tadri-jiy rivojlanish tamoyiliga izchil rioya etish orqali o‘ta borish, bugungi kun-da jamiyatimiz turli jabhalarini atroflicha o‘rganib borish ijtimoiy voqe-likdagi fikr rivoji va uni maqsadli boshqarish masalalarini kun tartibiga qo‘yadi.
Sotsiologiya fani jamiyatda quyidagi o‘rinni egallaydi:

  1. Sotsiologik tafakkur jamiyatni yaxlit tizim sifatida o‘z qonuniyatlari yordamida faoliyat ko‘rsatgani va rivojlanishini o‘rganadi, ijtimoiy ele-mentlarning umumiy sotsial tizimdan mustaqil holda harakat qilishini in-kor etadi.

  2. Real mavjud ijtimoiy munosabatlarni konkret o‘rganishni nazariy va amaliy jihatdan asoslaydi.

3. Voqelikni o‘rganishda amaliy usullarga tayanadi, ilmiy-amaliy asos-langan xulosalarni ilgari suradi.
Demak, sotsiologiya jamiyatni dalillarni tahlil va ilmiy umumlash-malar orqali emas, balki mavhum tarzda o‘rganuvchi falsafadan, shuning-dek, ijtimoiy xulq-atvor va o‘zaro ta’sirning tipik guruhiy emas, balki indi-vidual namoyon bo‘lishida o‘rganuvchi psixologiyadan farq qiladi.
Bugungi kunda ikki xil – akademik sotsiologiya (jamiyat haqidagi umumnazariy tizim) va amaliy sotsiologiya (aniq ijtimoiy voqea va dalil-larni o‘rganish uchun ilmiy apparat) shakllandi. XX asrning ikkinchi yar-midan mana shu ikki xil sotsiologiya uyg‘unlashib, birlashib, ayrim olin-gan hodisa va jarayonlarning rivojlanishini aniq dalillarni nazariy umum-lashtirish usuli yordamida bayon etish nazariyasi vujudga keldi.
Ba’zan sotsiologiyani “jamiyat haqidagi fan” deb ataydilar. Amerikalik sotsiolog Neyl Smelzer sotsiologiyani “jamiyat va ijtimoiy munosabatlarni ilmiy jihatdan o‘rganuvchi” fan sifatida belgilaydi. Ammo, bunday ta’rif ancha umumiy tarzda bo‘lib, sotsiologiyaning fan sifatidagi aniq chegaraviy mazmunini, mohiyatini belgilab bera olmaydi. Chunki ijtimoiy falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, siyosatshunoslik, tarix, madaniyatshunoslik kabi ko‘plab ijtimoiy va gumanitar fanlar ham jamiyat hayotini obyekt sifatida o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, gap sotsiologiyaning boshqa fanlardan farqli o‘laroq o‘ziga xos predmeti haqida bormoqda. Agarda, “sotsiologiya” so‘zining etimologiyasidan kelib chiqsak, sotsiologiya “sotsiallik” /jamiyat/ to‘g‘risidagi fan /ta’limot/dir, demakki, «sotsial» tushunchasining aniq mohiyatini, uning sohasini aniqlash zarur.
Har bir fan o‘z o‘rganish obyekti va predmetiga ega. Lekin fanning u yoki bu obyekti, boshqa ilmiy fanlarning tadqiqot predmeti bo‘lib kelishi mumkin. Konkret fanning predmeti ushbu fanning obyektida o‘rganiladigan o‘ziga xos tomonidir.
Obyekt – bu obyektiv voqelik sifatida tadqiqotchiga qarama-qarshi turgan, uning faoliyati qaratilgan narsalardir. Obyektiv voqelikning har qanday voqea-hodisalari har qanday ijtimoiy fanning tadqiqot obyekti bo‘lib kelishi mumkin.
Ma’lum bir fanning tadqiqot predmeti haqida so‘z borar ekan, unda obyektiv voqelikning u yoki bu qismi /shahar, qishloq, inson, madaniyat, tashkilot va b./ shu fanga xos bo‘lgan tomoni ushbu obyektning ikkilamchi tomoni yok mavjud bo‘lishi uchun shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi /masalan, iqtisodiyotning sotsial konteksti/.
Ilmiy adabiyotlarda “obyekt” va “predmet” tushunchalarining qo‘shilib ketish yoki tenglashtirish hollarini ko‘rish mumkin. Predmet ham obyekt singari obyektiv voqelikning aniq yoki o‘ziga xos xususiyatiga ega qismi yoki elementlari birligidir. Shu bilan birga har bir fan o‘z predmeti bilan boshqasidan farq qiladi. Fizika, ximiya, biologiya, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa fanlar ham o‘z predmetiga ega. Bu fanlarning hammasi tabiat va jamiyatni xarakterlovchi turli xil voqea-hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Lekin bu fanlarning har biri obyektiv voqelikning:
a) o‘ziga xos tomoni yoki o‘z sohasini; b) shu fanga xos qonun-qoida va qonuniyatlarini;
v) shu qonun va qonuniyatlarning o‘ziga xos shakllari va mexanizmlarini o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir ijtimoiy fan jamiyatni, obyektiv voqelikni obyekt sifatida o‘rgana turib, unda o‘z predmetini ajratib oladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, obyektiv voqelikning aynan bir tomoni bir necha fanlarning tadqiqot obyekti bo‘lib kelishi ham mumkin.
Shunday qilib, jismoniy voqelik – ko‘pchilik va tabiiy va texnik fanlarning, sotsial voqelik esa - ijtimoiy va gumanitar fanlarning tadqiqot obyetidir. G.V.Osipovning ta’kidlashicha: “fan predmetini faqatgina obyektga qarab aniqlash noto‘g‘ri, chunki har qanday fanning tadqiqot obyektlari ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin predmeti esa faqatgina shu fanning o‘zigagina xos va yagona bo‘lishi kerak”.
Turli xil fanlarning bir-biridan farqi shundaki, ular birigina obyekt misolida ushbu jamiyatni rivojlantiradigan o‘ziga xos qonun va qonuniyatlarni o‘rganadilar. Aytaylik, jamiyatning rivojlanishi va harakatlanishi shu fanlarning predmeti bo‘lib iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ma’naviy, psixologik ehtiyojlardan kelib chiqadi. Bundan tashqari, ushbu obyektiv voqelikning alohida qismlari ham shu fanlarning tadqiqot obyekti bo‘lib kelishi mumkin: masalan, mehnat, kundalik hayot, ta’lim, oila, shahar, qishloq, siyosiy institutlar va boshqalar iqtisod, sotsiologiya, psixologiya demografiya, huquq va boshqa shu kabi fanlarning tadqiqot obe’ktidir.
Sotsiologiyaning predmet va obyektini aniq ajratib berish hozirda sotsiologlar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Sotsiologiya predmetiga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Masalan, Vesbsterov lug‘atida sotsilogiya insonlarning sotsial guruhlarning vakili sifatida, birgalikdagi hayotining tarixi, rivojlanishi, tashkil topishi va muammolarini o‘rganuvchi fan deb berilgan. O.Kont sotsiologiyani jamiyat to‘g‘risidagi fan deb bilgan. E.Dyurkgeym esa sotsiologiya predmetini ijtimoiy ma’lumotlar, ya’ni sotsial faktlardan iborat deb bilgan,1 nemis sotsiologi G.Zimmel ta’rifiga ko‘ra, - sotsiologiya xususiy ijtimoiy fanlarning bilish nazariyasi,2 yana bir nemis sotsiologi M.Veberning fikricha, sotsilogiya ijtimoiy xulq to‘g‘risidagi fandir.3 Ijtimoiy xulqni M.Veber insoniy munosabatlardan iborat deb bilgan. Insoniy xulq esa o‘z navbatida ijtimoiy mohiyatiga egadir.
Mashhur rus sotsiologi P.A.Sorokinning fanni predmeti haqidagi fikri umumiy ma’noga ega bo‘lib, u “jamiyat yoki ijtimoiy hodisalardan iborat” deb bilgan.4 Jamiyat esa ruhiy o‘zaro aloqadorlikka ega bo‘lgan birliklar majmuidan iborat. Sotsiologiya xuddi shunday o‘zaro aloqadoliklardan iborat jamiyat hayotini o‘rganadi.
Sovet davri sotsiologlardan V.A.Yadovning fikricha, “sotsiologiya- jamiyatning bir butun organizm ekanligi, ijtimoiy munosabatlarning bir butunligi to‘g‘risidagi fan”.5
Yana bir sotsiolog G.V.Osipov “Sotsiologiya” o‘quv qo‘llanmasida, sotsiologiya – ijtimoiy tizimlarning funksionallashuvi va rivojlanishi to‘g‘risidagi, umumiy va o‘ziga xos ijtiomiy qonun va qoidalari, qonuniyatlari, bu qonun va qonuniyatlarning shaxs, ijtimoiy birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatidagi yuzaga kelish va amal qilish shakllari to‘g‘risidagi fan, deb ta’riflagan.6
Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish mumkinki, sotsiologiya – ijtimoiy birliklar, tashkilotlar, jarayonlar va munosabatlarning yuzaga kelishi, funksionallashuvi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Yuqorida biz jamiyatning sotsial sohasi /sotsial guruhlar, institutlar, sotsial munosabatlar va aloqalar, sotsial sistemalar/ sotsiologiyaning, uni o‘rganishning o‘ziga xos sohasi ekanligini ta’kidlab o‘tdik, ya’ni sotsiologiyani fan sifatida sotsiallikni o‘rganadi, deb aytish mumkin ekan. Bundan kelib chiqib sotsiologiyaning fan sifatidagi predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Sotsiologiya - sotsial sistemalarning yuzaga kelishi, funksionallashuvi va rivojlanishini, ularning strukturasini, komponentlarini /sotsial birliklar, sotsial tashkilotlar va institutlar/, shuningdek, ularning jamiyatda tutgan o‘rni, ehtiyojlari va qiziqishlarining qondirilishiga muvofiq ular o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni o‘rganuvchi fandir.
Ayrim olingan shaxsdan boshlab oila, ijtimoiy guruhlar, sinflar, tabaqalar, tashkilotlar, birliklar va boshqa tizimlar o‘rtasidagi ijtimoiy oqibatlari sotsiologik tadqiqot obyekti sifatida o‘rganiladi. Boshqa ijtimoiy va gumanitar fanlardan farq qilib, sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini uch bosqichda o‘rganadi:

Yüklə 159,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin