Ammo iqtisodiyotda qonuniyatlar statistik qonuniyat sxemasi bo’yicha amal qiladi.
Biz "hamma narsani hisoblashimiz" va baribir xatoga yo’l qo’yishimiz mumkin.
Misol uchun, biz do'kon ochdik va kuniga million som daromad olishni rejalashtirdik.
Agar biz ishning birinchi kunida million emas, 800 ming topsak, bu bizning biron narsada xato qilganimizni anglatadimi? Ikkinchi kun 1200 ming, uchinchi kun esa bir million ishlab topsakchi?
Birinchi kunni endi ochilganimiz bilan izohlashimiz mumkin.
Ikkinchi kunda, “ishlar yurishib ketdi" deb xursand bo'laylik! Yaqin orada esa kunlik 1400 ni kuta turib, "faqat" million ishlaganimiz uchun hafsalamiz pir bo’lishi mumkin.
Agar to'rtinchi kunda ham, masalan, 900 ming olsak, ehtimol ishonchimiz pasayishi mumkin. Javob izlay boshlaymiz, "sotuvlar pasayishi“ning sababi nima? Biz yangi texnologiyalarni joriy qilamiz, sotuvchilarni ishdan bo'shatamiz yoki qayta o'qitamiz ...
Ishning beshinchi kunida biz 1100 ming olsak, hamma narsani to'g'ri qilganimizga ishonamiz! Ammo bu holat keying kun yana 800 ming olishimizga to'sqinlik qilmaydi.
Bu juda shartli misol, ammo bu bizning statistik va dinamik qonuniyatlarni chalkashtirib yuborishimiz va ularning farqlari qanday xatolarga olib kelishini yaxshi aks ettiradi. Agar biz raqamlarni sinchkovlik bilan tahlil qilib, hisoblab chiqsak, kunlik daromad o'rtacha million so’mga teng ekanligini ko'ramiz.