1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish


A.Bouli, Dj.Keyns, K.Klark, S.Kuznets, R.Stoun, Ya.Tinbergen, V. Leontev, Dj.Xiks



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə46/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
маъруза статистика

A.Bouli, Dj.Keyns, K.Klark, S.Kuznets, R.Stoun, Ya.Tinbergen, V. Leontev, Dj.Xiks kabi olimlarning ilmiy ishlari zamonaviy MHTning nazariyasi va amaliyoti uchun fundamental ahamiyatga ega bo’ldi.
1947 yilda Millatlar Ligasining Statistika bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tomonidan memorandum e’lon qilindi, unga Richard Stoun tomonidan “Milliy daromad va unga bog’liq ko’rsatkichlarni aniqlash va baholash” deb nomlangan ishi ilova qilindi. Bu xujjat MHTimining yaratilishiga asos soldi.
1953 yilda BMT tomonidan MHTning ilk standarti e’lon qilindi.
1968 yilda MHTning qayta ko’rib chiqilgan tahriri e’lon qilindi.
1993 yilda fevral oyida BMTning N’yu-Yorkdagi Statistika komissiyasining navbatdagi sessiyada milliy hisoblar tizimining yangi standarti kabul kilindi. Zamonaviy MHT – bu milliy daromad va yalpi ichki mahsulot hisobini aks ettiruvchi oddiy jadvallar emas, balki mahsulotlar va fondlarning ishlab chiqarishdan to yakuniy foydalanishgacha bo’lgan oqimlarni, qiymatni sektordan sektorga oqimini aks ettiruvchi modeldir.
Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohatlar, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlanishi, turlicha mulkchilikka asoslangan korporatsiyalar, hissadorlik jamiyatlari, moliyaviy va tijorat muassasalari paydo bo’lishi negizida Vazirlar Mahkamasining 1994 yilning 24 avgustidagi 433-sonli qarori bilan O’zbekistonda MHT ni joriy qilishga o’tildi. Davlat MHT iqtisodiy ko’rsatkichlari jadvallari orqali iqtisodiyotda bo’layotgan o’zgarishlarni, rivojlanishlarni, siljishlarni axborot formasida olib turadi va shunga asosan o’zining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqadi.


13.2 Iqtisodiy rivojlanish darjasini va diamikasini xarakterlaydigan o’zaro bo’liq bo’lgan ko’rsatkichlar tizimi.
Dastlabki MHTga 5 xil iqtisodiy agent kiradi: nomoliyaviy korxonalar, uy xo’jaliklari, hukumat, moliya muassasalari va chet ellik tashqi agentlar.
MHTda iqtisodiy agentlarning faoliyati zamon (odatda yil va chorak) va makon (milliy chegaralar doirasida) bo’yicha tadqiq qilinadi.
SHunday qilib, dastlabki MHT faqat milliy daromad hisoblari tizimidan iborat bo’lib qoldi. Bu tizimning bosh maqsadi mamlakat iqtisodiy faoliyati miqyosini o’lchashdan iborat edi. Keyinchalik bu maqsad anchagina kengaytirildi va iqtisodiy hisob-kitoblarning barcha tizimlarini qamrab oluvchi har tomonlama tashkil qilingan xalq xo’jaligi statistikasi tomon takomillashtirildi.
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiyotni ichki va milliy turga bo’lish uchun quyidagi tushunchalar qabul qilingan:

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin