1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish


-semestr 2-Modul. IQTISODIY STATISTIKA



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə45/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
маъруза статистика

4-semestr

2-Modul. IQTISODIY STATISTIKA



13-mavzu. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi
Reja:

13.1 Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha.

13.2 Iqtisodiy rivojlanish darjasini va diamikasini xarakterlaydigan o’zaro bo’liq bo’lgan ko’rsatkichlar tizimi.

13.3Milliy hisoblar tizimi hisoblamalri tasnifi va ularni tuzish tamoyillari.

13.1 Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha.
Statistika amaliyotiga Milliy hisoblar tizimini (MHT) kiritish respublika statistikasi uchun statistik ma’lumotlarni tahlil qilishni yangi usullaridan foydalanishni taqozo etadi.
MHT – barcha mamlakatlar miqyosida milliy hisoblamalarning yangi kontseptual tizimi, milliy iqtisodiyotning xalq xo’jaligi balansi (XXB) tizimidan tubdan farq qiladigan yangi makrostatistik modelidir.
Dastlabki MHTda moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratish, taqsimlash va iste’mol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy funktsiyasiga ko’ra, ma’lum yirik guruhlarga ajratilgan. Har bir guruh yoki xo’jalik birligi MHTda xo’jalik faoliyatini tahlil etishga asos qilinib, «iqtisodiy agent», deb nomlanadi.
MHT - bu makrodarajada statistik hisoblarni yuritishning xalqaro standarti. Bu standart BMT, XVF, JB, EVROSTAT, Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan qabul qilinga va shu tashkilotlarga a’zo davlatlar amaliyotida qo’llash uchun tavsiya etilgan.
Milliy hisobchilikka oid nazariy va amaliy izlanishlarning boshlanishi XVII-XVIII asrlarga to’g’ri kelib, F.Kene, G.King, U.Petti, J-B.Sey kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin