TSikl - bu uzoq vaqt ichida takrorlanib turadigan hodisa va jarayonlarning har bir davrasidir.
TSikl grekcha kuklos so’zidan kelib chiqib, doira degan lug’aviy ma’noga ega. TSikl - bu uzoq vaqt ichida takrorlanib turadigan hodisa va jarayonlarning har bir davrasidir. Demak, doiralar yasab o’zgaruvchi ko’rsatkichlar qatori davrali qatorlar bo’lib, ularning tebranishi davriy tebranishlar yoki tebranishlarning davriyligi deb yuritiladi.
Davriy tebranishlar Furьe qatorining ko’p tartibli garomikalari yordamida aniqlanadi.
Davrali tebranishlarni Furьe qatori yordamida aniqlash mumkin. Bu usul quyidagi trigonometrik tenglamani tuzishga asoslanadi.
Demak, bu holda davrali tebranishlar sinusioda shaklida namoyon bo’ladi. Ular garmonik tebranishlar bo’lgani uchun bu sinusiodalar turli tartibli garmonikalar deb ataladi. Tenglamada «k»-ko’rsatkichi garmonikalar sonini belgilaydi. Odatda Furьe qatori bo’yicha darajalarni tekislashda bir nechta (4 tadan ko’p emas) gamonikalar hisoblanadi va so’ngra qanday garmonikalar sonida qator darajalari orasidagi tebranishlar davriyligi eng yaxshi ko’rinishda namoyon bo’lishi aniqlanadi.
12.1 Indeks so’zining lug’aviy ma’nosi va qo’llanishi. Iqtisodiy indekslar haqida umumiy tushuncha (mohiyati, ahamiyati va funktsiyalari).
12.2 Indekslarning turlari va tasnifi.
12.3 Yakka indekslar.
12.1 Indeks so’zining lug’aviy ma’nosi va qo’llanishi. Iqtisodiy indekslar haqida umumiy tushuncha (mohiyati, ahamiyati va funktsiyalari). Indeks so’zi lotincha "indeks" atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’nolarni bildiradi. Statistikada indekslar deganda mahsus iqtisodiy ko’rsatkichlar tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy indekslar bevosita umum o’lchovga ega bo’lmagan murakkab iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy indekslar bevosita umum o’lchovga ega bo’lmagan murakkab iqtisodiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’rtacha o’zgarishini ob’ektlararo yoki hududlararo taqqoslash natijasini ifodalaydi. Indekslar yordamida shuningdek shu hodisa va jarayonlarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning roli va hissasi ham baholanadi.
Indeks so’zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’noni bildiradi.
Indeks – bu bevosita qo’shib bo’lmaydigan bo’laklardan tashkil topgan ikki to’plamni taqqoslashga aytiladi.
Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo’yicha va hududiy o’zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o’rganishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: dinamikaindekslari; hududiyindekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari.
Indekslar to’plam birliklarini qamrab olishiga qarabyakka va umumiy indekslarga bo’linadi. Yakka indekslar to’plamning ayrim elementlarining o’zgarishini ta’riflaydi.
Indeks metodi o’rtacha ko’rsatkichlarning o’zgarishini o’rganishda ham keng qo’llaniladi. O’rtachaning o’zgarishiga ikki omil ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar ta’sirini baholash uchun statistikada o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslari hisoblanadi.