1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish


Statistikaning paydo bo’lish tarixi va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə5/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
маъруза статистика

2.2 Statistikaning paydo bo’lish tarixi va rivojlanish bosqichlari.
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan. qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish ob’ektlarini belgilash zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga ehtiyojlar paydo bo’ldi. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo’layotgan o’zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. SHuning uchun tug’ilish, o’lish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi o’rnatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga ko’chib yurishi bilan bog’liq bo’lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan. qishloq xo’jaligi savdo- sotiq, xunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo’jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqazo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan.
Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o’zaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obьektiv zaruriyat bo’lib qoladi. Bu esa, o’z navbatida, yangidan-yangi maьlumotlar to’plash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug’diradi. SHu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xo’jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jaxon xo’jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va isteьmol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarda ifodalangan tartib-qoidalarni anglash ishtiyoqi, tushuntirish yo’llarini topish zaru-riyati statistikani fan sohasiga aylan-tirdi.
Ammo, ilk bor vujudga kelishidayoq statistika davlatni boshqarish muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib borgan bo’lsa ham, shu bilan bir vaqtda ko’pdan ko’p voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga olish va maьlum darajada tartibga solish natijasida ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham jamg’arildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan o’g’il yoki qiz bola tug’ilish soni, nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda o’lish soni va hokazo, shularga o’xshash hodisalarda maьlum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini anglash ishtiyoqi kishida uyg’onib,ularni tushuntirish yo’llarini izlab topish ehtiyoji tug’ildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga ilm-fan sohasiga aylandi.
Amaliy faoliyatda to’plangan tajribalarni umumlashtirish yo’li bilan dastlab davlatni boshqarish uchun zarur maьlumotlar to’plash, qayta ishlash, tahlil qilish va talqin etish qoidalari, tartiblari, yo’llari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan foydalanish juda qo’l keldi, chunki statistika ham matematikaga o’xshab sonlar, miqdorlar bilan shug’ullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega bo’lib, ommaviy hodisalarni o’lchash natijasida hosil bo’ladi. Pirovard oqibatda statistik tafakkur uslubi, ya’ni statistika nazariyasi va uslubiyati (metodologiyasi) shakllandi. Endi bu uslub nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni o’rganishda, balki boshqa sohalarni ham birin ketin egallay boshladi. Hozirgi vaqtda u deyarlik barcha fan va texnika sohalarida, tajriba-eksperimentlarda, fizika, kimyo, biologiya, arxeologiya, agronomiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, tilshunoslik, harbiy ishlar va hatto tasviriy san’atda hamda musiqa bastalashda qo’llanilmoqda.
SHunday qilib, Statistika yuzaki qarashda oddiy so’z bo’lsa ham, lekin ko’p qirrali mazmunga ega.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin