Uning muhim belgilaridan biri - ommaviy
hodisa va jarayonda bir qancha yakka ob’ektlar
(to’plam birliklari) ishtirok etadi. Bu xususiyat
murakkab
ob’ektlarni ommaviy hodisa deb
qaralganda ham namoyon bo’ladi, chunki bunday
ob’ekt bir to’da yakka elementlardan tuziladi.
To’plam ob’ektlari,
huddi shuningdek murakkab
ob’ekt elementlari o’rganilayotgan hodisa jarayon
uchun muhim bo’lgan munosobatlar jihatdan bir biriga o’xshaydilar.
Ayrim ob’ektlar yoki elementlar uchun xos bo’lgan o’xshashlik alomati ular
ichki izchil tub bog’lanishlarga ega ekanligidan kelib chiqadi. Bu esa
o’rganilayotgan ob’ektlar, elementlar to’plami ichki qiyofa jihatidan umumiy
asosga, sifatga, mohiyatga egaligini va shu nuqtai nazardan bir jinsliligini anglatadi.
Demak, statistikada o’rganiladigan ommaviy hodisa va jarayon mohiyati va
sifati jihatidan bir jinsli to’plamda namoyon bo’ladi. SHu bilan birga u miqdoriy
jihatdan turlicha ifodalanishi mumkin.
Bu esa ommaviy hodisa va jarayonning yana bir
muhim xususiyati hisoblanadi. U o’rganilayotggan
to’plamning ayrim ob’ektlari, elementlari bir biriga
o’xshashligi bilan bir qatorda o’ziga xoslik alomatiga
egaligidan kelib chiqadi. Har bir to’plam ob’ekti,
elementi o’xshashlik va o’ziga xoslik jihatlarining
yagona birligida
hayotda harakat qiladi, ma’lum
hodisa va jarayonning soxibi sifatida gavdalanadi.
Ana
shunday
ayrim
voqealar,
jarayonlar
umumlashishidan esa ommaviy hodisa va jarayon
shakllanadi va u statistikani o’rganish ob’ekti hisoblanadi.
Ommaviy hodisa va jarayonning boshqa yana bir xossasi - uni yuzaga
chiqishida ishtirok etuvchi to’plam ob’ektlari, elementlaridan biri haqidagi haqiqiy
tafsilotlarni (ko’rsatkichlarni) qolgan boshqa ob’ektlar tafsilotlaridan to’la holda
yoki umuman aniqlab bo’lmaydi.
Va nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning yana bir muhim xossasi - unda
ma’lum qonuniyat yuzaga chiqib, ammo ayrim elementlarda, ya’ni yakka holda
qaralgan hodisada u namoyon bo’lmasligidan
iboratdir. Bu qonuniyat ommaviy hodisa va
jarayonnning
mohiyatidan kelib chiqadi, uning
tabiatidan ajralmas jihat hisoblanadi. Bunday
qonuniyat statistik qonuniyat deb ataladi.
Ammo
ularni
statistika
uchun
xos,
uning
xususiy
qonuniyatlari deb qarab bo’lmaydi, chunki bu holda
ular muallaq holatdagi, ya’ni biror predmetga
tayanmay, havoda turib qolgan narsaga o’xshash tushuncha bo’lib qolar edi.
Ommaviy hodisa va jarayonlarda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni ochish va
o’rganish statistikaning asosiy vazifasi, statistik tekshirishda ko’zlangan va
haqiqatda erishilgan pirovard maqsad hisoblanadi. Har doim ular ayrim hodisa va
Ommaviy hodisa va
jarayonning
birinchi
muhim
belgisi - unda bir
qancha ob’ektlar ishtirok
etib,
ular
o’xshashlik
alomatiga ega ekanligidan
iborat.
Ommaviy hodisa va
jarayonning
ikkinchi
xossasi - ayrim to’plam
ob’ektlari,
elementlari
o’ziga xoslik alomatiga
ega bo’lib, mustaqil, erkli
tarzda amal qilishidan
iborat.
Ommaviy hodisa va
jarayonning
uchinchi
xossasi - to’plam biror
ob’ekti haqidagi tafsillarni
uning
barcha
boshqa
ob’ektlarining
tafsilla-
ridan aniqlab bo’lmasligi
jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash jarayonida olinadigan
hamda
butun
to’plam
bo’yicha
miqdoriy
nisbatlarni
ta’riflaydigan
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar shaklida namoyon bo’ladi. SHu bilan bir qatorda
statistik qonunyatlar ommaviy hodisa va jarayon tabiatining
turli tomonlariga
tegishli izchil bog’lanishlarni, tartib qoidalarni ifodalaydi. SHu jihatdan ularni
ma’lum darajada shart bilan ikki turga ajratish mumkin:
Birinchidan,
o’rganilayotgan
hodisalar
to’plamining
tuzilishidagi
bog’lanishlarni
ifodalovchi
qonuniyatlar,
ularni
taqsimot
qonuniyatlari deb ataladi;
Ikkinchidan, ommaviy hodisa va jarayonning
dinamizmini ifodalovchi qonuniyatlar, ularni
rivojlanish (taraqqiyot) qonuniyatlari deb ham atash mumkin.
Ommaviy hodisaning aniq ta’rifi shundan iboratki,
u har qanday hodisalar yig’indisi bo’lmasdan, balki
shundaylarining to’plamiki, unda ichki izchil
bog’lanishlar va ularni ifodalovchi qonuniyatlar
mavjud, ammo ular odatda ayrim yakka hodisada
yuzaga chiqmaydi.
Statistika fani
barcha ommaviy hodisa va
jarayonlarni, qaysi sohalarga ular tegishliligidan
qat’iy nazar, o’rganadi. Bunda uning universal,
umumiylik jihati namoyon bo’ladi.
Ommaviy hodisa va jarayonni o’rganayotib, statistika uni miqdoran ya’ni sonlar
yordamida ta’riflaydi. Bu esa uning bayon etilgan predmeti ta’rifidan kelib chiqadi.
SHunday qilib, statistika fanining
predmeti ommaviy hodisa va
Dostları ilə paylaş: