1-mavzu. “Statistika” fanining predmeti va uslubi Reja


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli va ahamiyati



Yüklə 482,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix01.03.2023
ölçüsü482,84 Kb.
#86040
1   2   3   4   5
1-mavzu. “Statistika” fanining predmeti va uslubi Reja

 
1.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli va ahamiyati. 
 
 
Insoniyat turmushi, xatti-harakatlari, ijtimoiy hayot statistika qo’llanishi va 
rivojlanishi uchun bepoyon makon yaratdi. Uning ilm-fan tarmog’i va amaliy 
faoliyat sohasi sifatida ilk bor shakllanishida yetakchi rolni aynan turmush voqealari 
va yashash zaruriyati, ijtimoiy hayot hodisalari o’ynagani bejiz emas.
Statistika yagona mustaqil fan sifatida gavdalanishi va turli sohalarda 
qo’llanishiga sabab uning predmeti bo’lmish ommaviy hodisa va jarayonlar hamma 
sohalarda ro’yobga chiqishi va umumiy xislatlarga ega bo’lishidir. SHu bilan bir 
qatorda ayrim sohalarda ular o’ziga xos sharoitlarda yuzaga chiqadi va ularning 
ta’siri ostida xususiy xususiyatlarga ham ega bo’ladi. SHu tufayli statistik 
qonuniyatlar namoyon bo’lishi me’yori ham, rivojlanish shakllari ham har bir 
sohada o’ziga xos yo’l bilan kechadi. Bu esa statistika uslubiyatini muayyan soha 
sharoitiga muvofiqlashtirishni, unga mos keladigan usullarni qo’llashni, sharoit 
o’zgarishi bilan ularni shaklan va mazmunan takomillashtirib turishni, yangilarini 
yaratib, eskilari o’rniga ularni ishlatishni talab etadi va xaqiqatda ham shunday 
bo’lmoqda. Pirovard natijada har bir soha statistikasi yagona statitisika fani 
doirasida ma’lum darajada mustaqil fan va shu bilan birga uning muhim tarmog’i, 
yo’nalishi sifatida shakllanadi.
Iqtisodiy statistika ana shunday fanlar qatoriga kiradi va yagona statistika 
fanining juda muhim tarmog’i hisoblanadi. Xuddi shuningdek uning chegarasida 
mustaqil yo’nalish sifatida tarmoq statistikalari - mikroiqtisodiy statistika, 
makroiqtisodiy statistika, sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoq va sohalar 
statistikalari vujudga keladi va rivoj topmoqda.
Iqtisodiy jarayon - bu insonlarning doimo takrorlanib turuvchi xatti-
harakatlari majmuidir. Ijtimoiy taraqqiyotning muayyan tarixiy sharoitida mazkur 
xatti-harakatlar ma’lum holatda takrorlanadi ya’ni o’ziga xos qonuniyatlar bilan 


xarakterlanadi. Bu qonuniyatlar ayrim harakatlarda yoki ularning funktsiyalari 
orasida doimo takrorlanuvchi bog’lanishlar (yoki munosobatlar) namoyon bo’lishini 
ifodalaydi. Bunday tub bog’lanishlar iqtisodiy qonunlar deb ataladi. Ularni, har 
qanday tabiat yoki jamiyat qonunlari kabi uchta turkum (tip) ga ajratish mumkin: 
sababiyat qonunlari, tuzilma (tuzilish) qonunlari va funktsional qonunlar.
Sababiyat qonunlari - bu shunday bog’lanishlarki, ular bir voqea (yuqoridagi 
holda harakat yoki harakatlar majmui) sodir bo’lgandan so’ng doimo boshqa 
ma’lum voqea ro’y berishini ifodalaydi, odatda bunday izchil ketma-ketlik zamonda 
kuzatiladi. Birinchi voqea sabab deb, ikkinchisi esa - oqibat deb ataladi. 
Tuzilma (birgalikda mavjud bo’lish) qonunlari - bu ikkita yoki undan ortiq 
voqealarni hamisha birgalikda ro’y berishini ifodalovchi bog’lanishlardir. Hamisha 
bir vaqtda sodir bo’ladigan hodisalar hisobiga voqealarning ma’lum qonuniy 
tuzilishi shakllanadi, mana shundan tuzilma qonunlarning nomi kelib chiqadi. 
Nihoyat, funktsional qonunlar - bu miqdoriy o’lchanadigan voqealar orasidagi 
bog’lanishlar bo’lib, ularni matematik funktsiyalar shaklida ifodalash mumkin.
Iqtisodiy jarayonga tegishli ayrim yakka harakatlarda mazkur zaruriy yoki 
muhim bog’lanishlar (munosobatlar) sof holda namoyon bo’lmaydi. Bundan 
tashqari, faqat ayrim hollarda uchraydigan, lekin harakatning boshqa takrorlanishida 
yuzaga chiqmaydigan bog’lanishlarni ham kuzatish mumkin. Ular yordamchi yoki 
tasodifiy bog’lanishlar deb atalib, iqtisodiy qonunlar amal qilishi uchun to’siqlar 
paydo qiladi. Matematiklar bunday holatni asl bog’lanishlarni aynashiga, bir 
muncha buzilishiga sabab bo’ladigan tashqi shovqinlar deb ham yutiradilar.
SHuning uchun iqtisodiy qonunlar iqtisodiy 
jarayonni shakllantiruvchi xatti-harakatlar faqat ko’p 
marotaba takrorlangan sharoitdagina namoyon 
bo’ladi. Buni nazarga olib, ular stoxastik yoki 
statistik qonunlar xarakteriga ega deb gapiradilar. 
Stoxastik yoki statistik qonunlar - bu bir jinsli 
hodisalarni ommaviy takrorlanishida namoyon bo’ladigan qonunlar. Erkin bozor 
munosobatlari sharoitida ular erkin raqobat ta’siri natijasi bo’lib stixiyali ravishda 
amal qiladi. Bir iqtisodchi olim ta’biri bilan aytganda, bunday qonunlar “tartibsiz 
alg’ov-dalg’ovlar orasidan faqat ko’r-ko’rona amal qiladigan o’rtacha sonlar qonuni 
sifatida o’ziga yo’l ochadi”. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida ham 
iqtisodiy qonunlar o’rtacha sonlar qonuni tarzida ro’yobga chiqishi o’z kuchini 
saqlaydi, ammo ular endi butunlay stixiyali ravishda tartibsiz alg’ov-dalg’ovlar 
orasida emas, balki u yoki bu darajada davlat tomonidan tartibga solingan ijtimoiy 
iqtisodiy muxit sharoitida amal qiladi.
SHunday qilib, iqtisodiy statistika iqtisodiy 
qonunlarning aniq makon va zamon sharoitida 
miqdoran ro’yobga chiqishini, ommaviy iqtisodiy 
hodisa va jarayonlarning miqdor sifat aniqligini 
o’rganadi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlar iyerarxik 
tuzilish jihatidan makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy 
darajadagi voqealardan tashkil topadi.
Stoxastik yoki statistik 
qonunlar - bu bir turli 
hodisalarni ommaviy takror-
lanishida namoyon bo’ladigan 
qonunlar.
Iqtisodiy 
statistika 
predmeti 

bu 
iqtisodiy 
qonunlarning miqdoriy ifo-
dalanishi, ommaviy iqtisodiy 
jarayonlarning miqdor - sifat 
aniqligini o’rganish. 


Butun dunyo, ayrim mamlaktlar, katta mintaqalar bozorlari miqyosida yuzaga 
chiqadigan hodisa va jarayonlar makroiqtisodiy jarayonlar deb ataladi. Masalan, 
dunyo yoki mamlakat bozorlarida to’plama taklif va talabni shakllanishi, aholining 
ish bilan bandligi va ishsizligi, baholar darajasining shakllanishi va o’zgarishi, milliy 
valyutalarning qadrsizlanishi va inflyatsiya darajasi, investitsiya jarayonlari, milliy 
boyliklarning shakllanishi va ulardan foydalanish va hokazolar. 
Mikroiqtisodiy jarayonlar deganda korxona, firma miqyosida, ayrim tovar va 
xizmatlar, mehnat va moliyaviy bozorlarda ro’y beradigan voqealar oqimi 
tushiniladi. Masalan, muayyan bozorda u yoki bu tovarga talab yoki taklif 
shakllanishi, korxona ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijalarining 
shakllanishi, firma iqtisodiy aktiv va passivlari shakllanishi, ishlovchi kuchlardan, 
moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish va hokazolar. 
Iqtisodiy statistika makro va mikroiqtisodiy 
hodisa 
va 
jarayonlarni 
o’rganish jarayonida 
umumstatistik usullar va vositalar xazinasidan keng 
foydalanadi. Ulardan ko’rko’rona foydalanmasdan, 
balki 

dastlab 
o’rganilayotgan 
iqtisodiy 
hodisalarning xususiyatlarini, ularning rivojlanish 
qonuniyatlaridagi o’ziga xos jihatlarni hisobga olib, ularni shaklan va mazmunan 
qayta ishlab chiqadi, o’zining tekshirish sharoitiga to’la muvofiqlashtiradi, ya’ni 
yangilangan nazariy qoidalar, uslubiyat yaratadi. Makroiqtisodiyot o’zining 
murakkabligi, ya’ni hodisalar to’plami juda katta hajmdaligi, ko’p qatlamli 
tuzilishga ega ekanligi, ular orasidagi o’zaro bog’lanishlar chatishib, chigallashib 
ketishi va boshqa xislatlar bilan ajralib turadi. SHuning uchun makroiqtisodiy 
statistika uslubiyati murakkab ko’p o’lchovli usullar tizimlariga, jumladan yuqori 
darajada agregatlashgan iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, ko’p o’lchovli o’rtachalar, 
guruhlashlar va indekslar tizimi, ko’p o’lchovli bog’lanishlarni taxlil qilish usullari 
majmui va hokazolarga tayanadi. 
Mikroiqtisodiyot esa, aksincha, sodda, oddiy jarayonligi bilan xarakterlanadi. 
Ayrim korxonalar odatda bir necha faoliyat turlarini birlashtiradi, ishlab 
chiqaradigan mahsulot turlari va assortimenti kam, 
foydalaniladigan mahnat va moddiy resurslar derli 
bir xil, ularda mikroiqtisodiy jarayonlar sodda holda 
ro’y beradi, mikro bozorlar esa bir yoki bir necha 
predmetligi bilan ko’zga tashlanadi. SHuning uchun 
mikroiqtisodiy statistika uslubiyati oddiy iqtisodiy 
ko’rsatkichlar va taxlil usullariga asoslanadi.
Makroiqtisodiy statistika mikroiqti-sodiy 
statistika uchun nazariy-uslubiy asosdir, korxona, tarmoqlar va bozor statistikalari 
uning ma’lum darajada mustaqil bo’lgan bo’limlari hisoblanadi. 
Iqtisodiy statistika sotsial bilishning muhim qurolidir. U turmush voqealarini 
anglash, iqtisodiy nazariyalar mohiyatini bilish, ularning qoidalari va 
tushunchalarini tekshirish imkoniyatini yaratadi. “Biz uchun, - deb yuzadi amerika 
iqtisodichisi va statistigi Ogayo shtati Universiteti professori E.Keyn, - iqtisodiy 
statistika - bu iqtisodiy nazariya qoidalarini kuzatilgan faktlar yordamida tekshirish 
Iqtisodiy statistika umum 
statistika 
usullariga 
asoslangan, lekin iqtisodiyot 
sharoitga muvofiqlashtirilgan 
uslubiyatga ega.
Makroiqtisodiy statistika 
mikroiqtisodiy statistika 
uchun nazariy-uslubiy 
asosdir, korxona, tarmoqlar 
va bozor statistikalari uning 
mustaqil bo’limlaridir.


usuli haqidagi fan, shunday fanki, u muvoffaqiyatli va muvoffaqiyatsizlikka 
uchragan ilmiy tekshirish sohalarini aniqlash imkonini beradi, hamda (zarur bo’lgan 
taqdirda) qoniqarsiz g’oyalarni qayta ko’rib chiqish uchun nazariyotchiga go’yo 
qaytaradi”.3[3] 
Shunday qilib, iqtisodiy statistika o’rganish predmeti va uslubiyati bilan 
ajralib turuvchi ma’lum darajada mustaqil bo’lgan statistika fanining tarkibiy qismi, 
sohasidir. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Statistika atamasi qanday kelib chiqqan va ilk bor nimani anglatgan? 
2. Statistika so’zi hozir nimalarni bildiradi? 
3. Statistika predmetli fanmi? 
4. Statistika uslubmi? 
5. Statistika universal fanmi? 
6. Ommaviy hodisa va jarayon nima va ular qanday xususiyatlarga ega? 
7. O’zbekistonda yagona samolyotsozlik korxonasi bor. Bu ommaviy 
hodisami? Tushuntirib bering. 
8. Iqtisodiy statistika iqtisodiy fanmi? 
3
[3]
Э.Кейн. Экономическая статистика и эконометрия. М.: Статистика, 1977, б 14. 

Yüklə 482,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin