“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 224
7) Mol-mulklarni ixtiyoriy sug’urtasi bo’yicha sug’urta hodisasi ro’y berganda, bu haqda sug’urtalanuvchi: A) sug’urta tashkilotiga istagan vaqtda xabar berishi mumkin.
B) sug’urta tashkilotiga shartnomada ko’rsatilgan muddatda xabar berishi shart.
C) sug’urta tashkilotiga 2 kun muddatda xabar berishi shart.
D) sug’urtalovchiga 1 kun muddatda xabar berishi shart.
8) Sug’urtalanuvchi quyidagi qanday huquqga ega? A) sug’urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga.
B) sug’urta mukofoti miqdorini mustaqil belgilashga.
C) sug’urta ob’ektini sug’urtalovchining ishtirokisiz aniqlashga.
D) yuqorida to’g’ri javoblar ko’rsatilmagan.
9) Sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofotini to’lash shartlari buzilsa, sug’urtalanuvchiga nisbatan qanday javobgarlik bo’lishi mumkin? A) sug’urtalovchi tomonidan sug’urtalanuvchiga nisbatan jarima qo’llanishi
mumkin.
B) hech qanday jazo qo’llanilmaydi.
C) sug’urta mukofotini to’lash muddati kechikkan har bir kun uchun penya
qo’llanishi mumkin.
D) yuqorida to’g’ri javoblar ko’rsatilmagan.
10) Sug’urta faoliyati deganda nimani tushunasiz? A) sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi munosabatni.
B) sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan
bog’liq faoliyati.
C) sug’urta xizmatlarini ko’rsatish san’ati.
D) sug’urta shartnomalarini tuzish tushuniladi.
11) Sug’urtalovchilar ustav kapitalining eng kam miqdori qaysi organ tomonidan belgilanadi? A) Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi tomonidan.
B) O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan.
C) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan.
D) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan.