1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   222
Суғурта иши (3)

 
7- MAVZU. 
SUG’URTA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA 
SOLISH MEXANIZMLARI

 


48 
REJA: 
 
1.
Sug‘urta munosabatlari haqida tushuncha. 
2.
Sug‘urta vositachilarining sug‘urta munosabatlaridagi o‘rni. 
 
1. Sug‘urta shartnomasidagi eng muhim jihatlardan biri unda sug‘urta 
hodisasi sodir bo‘lishi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash shartlarini bayon 
etilishidir. 
Sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz 
bergani haqida xabar topganidan so‘ng darhol bu haqda sug‘urtalovchini yoki 
uning vakilini xabardor qilishi kerak. Agar shartnomada sug‘urta hodisasi yuz 
bergani haqida xabar berishning muddati va/yoki usullari belgilangan bo‘lsa, u 
holda sug‘urta qildiruvchi xabar berishni shartnomada belgilangan muddat va 
usulda amalga oshirishi kerak. Xuddi shunday majburiyat naf oluvchiga ham agar 
u uning foydasiga tuzilgan shartnoma yuzasidan sug‘urta qoplamasiga da’vo qilish 
huquqidan foydalanmoqchi bo‘lsa yuklatiladi. Ushbu majburiyat bajarilmasa, 
sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini agar sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz 
bergani haqida o‘z vaqtida xabardor qilingani yoki bunday ma’lumotlarning 
yo‘qligi sug‘urtalovchini sug‘urta qoplamasi to‘lash majburiyatidan ozod qilishi 
isbotlanmasa to‘lamaslikka haqlidir. 
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta qoplamasini to‘lash haqidagi arizasida 
quyidagilarni ko‘rsatadi: 
- sug‘urta hodisasining tavsifi va sanasi; 
- sug‘urta qildiruvchining sug‘urta hodisasi yuz bergandagi hatti-harakatlari; 
- zarar miqdori va sug‘urta qildiruvchining da’vo qilayotgan sug‘urta 
qoplamasining miqdori, tegishli ro‘yxat hamda summasi ko‘rsatilgan holda; 
- uchinchi shaxslardan zarar uchun olingan tovon miqdori.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida ko‘zda tutilgan sug‘urta 
hodisasi yuz berganda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdorini kamaytirish 
uchun mumkin bo‘lgan oqilona choralarni ko‘rishga majbur. Sug‘urtalovchi 
tomonidan qoplanadigan zararlar miqdorini kamaytirish maqsadida qilingan 
xarajatlar, agar bu xarajatlar zarur yoki sug‘urtalovchining topshirig‘ini bajarish 
uchun qilingan bo‘lsa, ammo bu chora-tadbirlar samara keltirmagan bo‘lsa ham 
sug‘urtalovchi tomonidan zarar albatta qoplanishi zarur. Bu xarajatlar sug‘urta 
pulining sug‘urta qiymatiga nisbatiga mutanosib tarzda, boshqa zararlarni qoplash 
bilan birgalikda ular sug‘urta pulidan oshib ketishidan qat’iy nazar qoplanadi. 
Sug‘urta qoplamasi sug‘urta qildiruvchining zararni qoplash haqidagi yozma 
arizasiga hamda vaziyat talab qilgan hollarda tegishli organ va tashkilotlarning 
hujjatlariga muvofiq to‘lanadi. 
Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta hodisasi yuz bergani haqida xabar 
qilinganidan so‘ng sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalovchi va zarur hollarda tegishli 
tashkilotlar vakillaridan iborat komissiya tuziladi. Agarda sug‘urta hodisasi 
sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddat davomida yuz bergani tasdiqlansa, 
komissiya tomonidan zararlarning sababi va hajmi ko‘rib chiqiladi, zararlar va 


49 
yo‘qotishlar miqdori aniqlanadi, sug‘urta qoplamasi to‘lash uchun summa 
aniqlanadi va dalolatnomada qayd qilinadi. Ushbu dalolatnoma sug‘urtalovchining 
sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda qoplama 
to‘lashiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Agar tomonlar zararning sababi va hajmi yuzasidan o‘zaro kelisha 
olishmasa, u holda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urta qoplamasi 
sug‘urta summasidan kam miqdorda to‘langan sug‘urta shartnomasi, 
shartnomadagi va to‘langan sug‘urta qoplamasi o‘rtasidagi farq miqdori muddati 
tugagunga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi. Agar zarar uning sababchisi tomonidan 
butunlay qoplangan yoki sud qaroriga binoan uning zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, 
u holda sug‘urta qildiruvchi sug‘urta qoplamasini talab qilish huquqidan mahrum 
bo‘ladi. 
Agar sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchi zarar sababchisi yoki uchinchi 
shaxslardan qoplama olgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi faqat sababchi yoki uchinchi 
shaxs tomonidan to‘langan qoplama bilan sug‘urta shartnomasiga muvofiq 
to‘lanishi kerak bo‘lgan pul o‘rtasidagi farqni to‘laydi. Agar mulkning yo‘q 
bo‘lishi yoki zararlanishi jinoyat natijasida yuz bersa va bu jinoyatni sodir etgan 
shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, u holda sug‘urta qildiruvchiga 
sug‘urta qoplamasi, aybdor shaxsga berilgan da’vo regressi sud tomonidan jinoiy 
ish ko‘rilayotganda ko‘rib chiqilishi mumkinligini e’tiborga olgan holda, tergov 
olib borilayotgan davrda yoki tergov tugagandan so‘ng to‘lanishi mumkin. 
Qoplama miqdori mulk zararlanganda uni almashtirish qiymati bilan, u 
butkul nobud bo‘lganda esa ro‘yxatda ko‘rsatilgan haqiqiy qiymati bilan 
chegaralanadi. Ammo sug‘urta qoplamasining umumiy miqdori sug‘urta 
shartnomasidagi umumiy sug‘urta pulidan yoki xar bir band bo‘yicha javobgarlik 
limitidan oshib ketmasligi kerak. Agar sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan 
bo‘lsa sug‘urtalovchi qoplamani sug‘urta shartnomasida belgilangan franshizani 
hisobga olgan holda to‘laydi. 
Sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasi to‘lamaslik haqidagi qarori 
to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ga ularning sug‘urta qoplamasi to‘lash 
haqidagi murojaatidan boshlab 15 kun mobaynida xabar berilishi kerak. 
Xabarnomada rad etishning sabablari ko‘rsatilishi lozim. 
Sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta pulini to‘lamaslik 
haqidagi qaroriga sudga da’vo arizasini bergan holda e’tiroz bildirilishi mumkin. 
Agar sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urtalash 
natijasida qoplangan sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning zarar keltirgan shaxsga 
bo‘lgan da’vo huquqi sug‘urta qoplamasini to‘lagan sug‘urtalovchiga u to‘lagan 
pul doirasida o‘tadi. Biroq ataylab zarar yyetkazgan shaxsdan da’vo qilish huquqi 
sug‘urtalovchiga o‘tishini inkor etuvchi sug‘urta shartnomasining sharti kuchga 
ega emas. 
Sug‘urtalovchiga o‘tgan da’vo huquqi sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) va 
zarar uchun javobgar shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga 
amal qilingan holda amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchiga o‘tgan da’vo huquqini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar, dalillar va boshqa 


50 
ma’lumotlarni sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchiga taqdim etishga 
majbur. Agar sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) zarar uchun javobgar shaxsga 
bo‘lgan sug‘urtalovchi tomonidan qoplangan zarar uchun da’vo huquqidan voz 
kechsa yoki uning aybi tufayli da’vo qilishning iloji bo‘lmasa, sug‘urtalovchi 
sug‘urta qoplamasini butunlay yoki tegishli qismini to‘lamaslik va to‘langan 
sug‘urta qoplamasining ortiqcha qismi qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. 
Agar sug‘urta qildiruvchi qayta tashkil qilinsa, uning sug‘urta shartnomasi 
bo‘yicha huquq va majburiyatlari qonuniy vorisiga o‘tadi va bu haqda sug‘urta 
qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor etadi. Sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxslarga o‘tkazish 
tomonlarning yozma roziligisiz amalga oshirilishi mumkin emas. Har bir sug‘urta 
shartnomasiga har bir sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilgan har bir zarar yoki 
hamma zararlar bo‘yicha shartsiz franshiza/shartli franshiza qo‘llaniladi. Franshiza 
miqdori tomonlar bilan kelishiladi va sug‘urta shartnomasida ko‘rsatiladi. 
Tomonlar fors-major shartlari davrida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z 
majburiyatlarini qisman yoki butunlay bajara olmasliklari uchun javobgar emaslar. 
Fors-major shartlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: harbiy harakatlar, blokadalar, 
ish tashlashlar, davlatlararo va davlat tashkilotlarining cheklovchi va ta’qiqlovchi 
choralari, sug‘urta shartnomalarida ko‘rsatilmagan tabiiy ofatlar. Fors-major 
shartlari yuz berganda yoki tugaganda tomonlar bir-birini yozma ravishda xabardor 
qilishlari 
shart. 
Fors-major 
shartlari yuz berganda tomonlarning o‘z 
majburiyatlarini bajarish muddatlari fors-major sharti davom etgan muddatga teng 
muddatga uzaytiriladi. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan barcha nizolar 
qonunda belgilangan tartibda hal etiladi. 
Sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchining zararni qoplash to‘g‘risidagi
yozma arizasi, shuningdek, vakolatli organlardan olingan tegishli hujjatlar asosida 
to‘lanadi. Bunday hujjatlarning taqdim etilmasligi sug‘urtalovchiga ushbu hujjatlar 
bilan tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to‘lashni rad etish huquqini beradi. 
Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi, sug‘urtalangan shaxs) 
o‘rtasida yuzaga keladigan bahs-munozaralarning uchta asosiy ko‘rinishi mavjud: 
1) sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida yuzaga keladigan bahslar; 
2) sug‘urta shartnomasining va sug‘urtalovchi o‘z majburiyatini bajarishi bilan 
bog‘liq bahs-munozaralar; 
3) sug‘urta shartnomasiga o‘zgartirish kiritish, bekor qilish hamda tugatish bilan 
bog‘liq bahs-munozaralar. 
Mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha quyidagi hollarda sug‘urtalovchi sug‘urta 
shartnomasini tuzishdan bosh tortishi mumkin: 
- sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtaga olinadigan mol-mulkni saqlashga 
loqaydlik bilan munosabatda bo‘lishi aniqlanganda; 
- sug‘urta hodisasining ro‘y berish ehtimolligi yuqori bo‘lganda; bunday hollarda 
sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga riskni kamaytirishga qaratilgan texnik tadbirlar 
o‘tkazishni tavsiya qiladi; ba’zan esa sug‘urtalovchi bunday tadbirlarni 
moliyalashtirishga ogohlantirish tadbirlarining fondi hisobidan ko‘mak berishi 
mumkin; 


51 
- sug‘urtalovchi bilan sug‘urtalanuvchi mol-mulkning haqiqiy yoki texnik 
holatidagi qiymati yuzasidan kelisha olmaganda; 
-sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasining ro‘y berish ehtimolligini 
va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning miqdorini aniqlash 
yuzasidan to‘liq va aniq ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortganda; 
- tomonlar sug‘urta summasining hajmi yuzasidan bir to‘xtamga kela olmaganda; 
- sug‘urtalanuvchini sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tarif stavkaning miqdori hamda 
sug‘urtalovchiga to‘lanadigan sug‘urta mukofotining miqdori qoniqtirmasa.
Bunday kelishmovchiliklar sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida 
shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida ham kuzatilishi mumkin, lekin 
uning boshqa sug‘urta shartnomasidan farqi shundaki, shaxsiy sug‘urta 
shartnomasi ommabop hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, tijorat shaklidagi 
sug‘urta tashkiloti bunday shartnomani imzolashdan bosh tortishga haqli emas, 
ba’zi holatlar bundan mustasno, masalan, sug‘urtalovchi shartnoma tuzishning 
imkoni yo‘qligini qonun yoki huquqiy hujjatlar yordamida asoslab bersa. 
Majburiy 
sug‘urtada 
sug‘urtalovchi 
sug‘urtalanuvchiga 
sug‘urta 
shartnomasini tuzish taklifini dalolatnomani olgandan so‘ng sug‘urtalovchi 30 kun 
ichida ikkinchi tomonga (sug‘urtalanuvchi) uning shartlarini qabul qilganligi yoki 
dalolatnomaga qarshi ekanligi to‘g‘risida ma’lum qilishi shart. 
Agar 
tomonlar 
(sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi) uchun sug‘urta 
shartnomasini tuzish qonunga muvofiq majburiy hisoblansa, tomonlardan qay biri 
uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi tomon sudga murojaat qilib, uni shartnoma 
tuzishga majburlashga haqli. Shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortgan 
tomon ikkinchi tomonga yetkazgan zararini qoplab berishi kerak. Agar sug‘urta 
shartnomasini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sudga ko‘rib chiqish 
uchun taqdim etiladigan bo‘lsa, kelisha olmayotgan shartnoma shartlari sudning 
qarori bilan aniqlanadi. 
Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan va kuchga kirgandan keyingi bahslar.
Bunday bahslar quyidagi hollarda yuzaga kelishi mumkin: 
- sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida sug‘urtalovchiga 
sug‘urta hodisasining ro‘y berish ehtimolligini hamda uning natijasida ko‘rilishi 
mumkin bo‘lgan zararning miqdorini aniqlash holatlarida yolg‘on ma’lumotlar 
taqdim etgan hollarda; bunday hollarda sug‘urtalovchi haqiqiy emas deb topilishini 
talab qilish va qonunga muvofiq sug‘urtalanuvchiga nisbatan choralar qo‘llashga 
haqli; 
- sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga shartomaning amal qilish davrida sug‘urta 
riskining oshishiga olib keladigan o‘zgarishlar bo‘lganligi haqida xabar 
bermaganda, shuningdek, sug‘urta hodisasining ro‘y berish ehtimolligi oshishi 
munosabati bilan sug‘urta mukofotiga qo‘shimcha summa to‘lashdan bosh 
tortganda; bunday hollarda sug‘urtalovchi shartnomani bekor qilish va uning bekor 
qilinishi oqibatida keltirilgan zararlarni qoplab berishini talab qilishga haqli; 
- shaxsiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalanuvchi, shuningdek, sug‘urtalangan shaxs 
hisoblanmaydigan shaxsning foydasiga tuzilgan bo‘lsa. 


52 
Sudda ko‘rib chiqiladigan tomonlarning asosiy da’volar quyidagilar bilan 
bog‘liq: 
- sug‘urtalovchi ro‘y bergan hodisani sug‘urta hodisasi deb tan olmaganda va 
sug‘urta qoplamasini to‘lashdan bosh tortganda; 

sug‘urta qoplamasining miqdori sug‘urtalanuvchini (naf oluvchini) 
qoniqtirmaganda; 
- sug‘urtalovchilarning sug‘urta qoplamasini to‘lab berish muddatini asossiz 
ravishda “uzaytirish”lari hollarida. 
Sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchining aniq bir sug‘urta hordisasi natijasida 
ko‘rgan zararini qoplab berishdan bosh tortganda u har tomonlama asoslangan va 
yozma shaklda taqdim etilgan bo‘lishi kerak. Sug‘urtalovchining sug‘urta 
qoplamasini to‘lashni rad etishi haqqoniy bo‘lsa va qonunning huquqiy normalari 
bilan asoslanmagan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi sug‘urtlovchining haqligini aniqlash 
yuzasidan sudga ariza bilan murojaat qiladi. 
Ko‘pincha sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi, sug‘urtalangan shaxs) bilan 
sug‘urtalovchi o‘rtasidagi nizolar sug‘urta qoplamasining to‘liq yoki qisman 
to‘lanmasligi natijasida kelib chiqadi, lekin ular qonunga muvofiq asoslangan 
bo‘ladi. Quyidagi holatlar sug‘urta qoplamasi to‘lanmasligiga asos bo‘ladi: 
1)sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi ro‘y berganligini shartnomada 
ko‘rsatilgan muddatda va tartibda sug‘urtalovchiga ma’lum qilmasa; 
2) sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan 
zararlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni atayin amalga oshirmasa; 
3) sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi)ning ko‘rgan zarari aybdor shaxs tomonidan to‘liq 
qoplanganda; 
4) sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi, sug‘urtalangan shaxs) sug‘urta shartnomasi yoki 
qoidalarida ko‘rsatilgan u yoki bu majburiyatlarni bajarmaganda. 
Bunday majburiyatlarga (shartlarga) quyidagilar kiradi: 
- sug‘urtalanuvchi (naf oluvchi, sug‘urtalangan shaxs) sug‘urta hodisasi ro‘y 
berganligi to‘g‘risidagi xabarni shartnomada belgilangan muddatda tegishli 
organlarga (IIV, yong‘in xavfsizligi xizmati, sug‘urta nazorati, militsiya, 
sanepidstansiya, avriya, qutqaruv xizmati) taqdim etishi kerak; 
- sug‘urtalanuvchi mol-mulk sug‘urtasi yoki tadbirkorlik riski sug‘urtasi bo‘yicha 
shartnoma tuzayotganida sug‘urtalovchini xuddi shu ob’ektlar boshqa sug‘urta 
tashkilotida ham sug‘urtalanganligi to‘g‘risida ogohlantirishi kerak; 
- sug‘urta qoidalariga ko‘ra, mulkiy va tadbirkorlik riski sug‘urtasida sug‘urta 
summasining miqdori sug‘urta qiymatidan oshirilishi mumkin. 
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganligi aniqlanmaganligi bilan bog‘liq bahslar. 
Sug‘urta sub’ektlari o‘rtasidagi bahslar asosan sug‘urta hodisasining ro‘y bergan 
vaqtini, uning sabsblarini aniqlay olmaslik natijasida kelib chiqadi. Bu asosan 
sug‘urta hodisasining sug‘urta qoidalarida aniq tasvirlanmasligi oqibatida sodir 
bo‘ladi. Masalan, ba’zi sug‘urtalovchilar sug‘urtalanuvchi-banklar bilan tuzgan 
sug‘urta qoidalarida qarz oluvchining kreditni qaytarmaslik sug‘urtasida sug‘urta 
hodisasi deb kreditning (kreditga foiz bilan olingan pul mablag‘lari) 
qaytarilmasligini tushunadilar. Kreditning qarz oluvchi tomonidan qaytarilmasligi 


53 
holatida sug‘urtalanuvchi-bank sug‘urtalovchidan zararning qoplanishini talab 
qilishga haqli hisoblanadi, hattoki, qarzdor kredit mablag‘larini kreditning 
ko‘rsatmasi bo‘yicha emas, balki boshqa yo‘nalishga sarflagan bo‘lsa va kutilgan 
sof daromadni ololmagan bo‘lsa ham yoki qarzdor qarz mablag‘larini ko‘rsatma 
bo‘yicha sarflagan va rejalashtirilgan iqtisodiy samaraga erishgan bo‘lishi ham 
mumkin, lekin ishlab topgan daromadini kreditni va uning foizini qaytarishga 
emas, balki boshqa maqsadlarga yo‘naltirgan bo‘lishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi-
bank esa sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta hodisasi bo‘yicha zarar 
ko‘rgan va uni qoplab berishini so‘rab sug‘urtalovchiga murojaat qiladi. Shuning 
uchun, sug‘urtalovchi majburiyatlarining chegarasi sug‘urta shartnomasida va 
qoidalarida aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak, aks holda u o‘zining moliyaviy ziyoni 
hisobiga sug‘urta qoplamasini amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. 
2. Bugungi kunda mamlakatimiz sug‘urta bozorida 27 ta sug‘urta 
tashkilotlari o‘zlarining keng ko‘lamdagi mahsulotlarini bozorda namoyon qilgan 
holda sug‘urtalanuvchilarning ehtiyojlarini sifatli va tezkor qondirish yuzasidan 
tinmay mehnat qilib kelmoqda. Bunday deyilishiga sabab, mamlakatimizda tobora 
sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi jahon 
standartlariga yetmagan bo‘lsa ham, yil sayin o‘sish tendensiyasini 
bajarayotganligini kuzatishimiz mumkin. Ayniqsa, sug‘urtalovchilar tomonidan 
muntazam ravishda yangidan-yangi sug‘urta xizmatlarining amaliyotga joriy 
etilayotgani va ular mijozlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilayotgani sug‘urta bozori 
taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda. Muntazam ravishda o‘sish ko‘rsatkichlariga 
erishilib kelinayotgani kabi hisobot davrida ham sohaga oid juda ko‘p yutuqlarning 
guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bularning barchasi zamirida avvalo sug‘urta 
kompaniyalarini xizmat ko‘rsatish tizimining samarali yo‘lga qo‘yilganligi va 
sug‘urtalovchilar bilan mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish 
yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani yotadi. 
Sug‘urtalovchi va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi bo‘lishi har 
ikki tomonga bog‘liq hisoblanadi, sug‘urtalanuvchi o‘z vaqtida va belgilangan 
tartibda o‘z majburiyatlarini bajarsa, xuddi shunday sug‘urta kompaniyasi ham o‘z 
zimmasiga olgan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarsa hech qanday noroziliklarga 
o‘rin qolmaydi. Aynan bugungi kunda har ikki tomon o‘rtasida kelib chiqayotgan 
nizolarning aksariyat qismi sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish, ularni hal etish va 
to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmoqda. 
 
Sug‘urta majburiyatlari hajmining oldingi yilga nisbatan umumiy hisobda 
150%ga ortganligini juda ko‘p omillar bilan bog‘lash mumkin, jumladan, sug‘urta 
xizmatlariga bo‘lgan ishonchning oshayotganligi, o‘tgan yillarda tuzilgan 
shartnomalar bo‘yicha mijozlarning da’volari qondirilayotgani, sug‘urta bozorida 
faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida sug‘urta majburiyatlarining 
taqsimlanayotgani (chet davlatlar sug‘urtalovchilarini jalb qilmagan holda) va 
hokazo. Avvalo shuni yodda tutish kerakki, sug‘urta majburiyatlar sug‘urta 
kompaniyalari uchun juda jiddiy masala hisoblanadi, sababi ular o‘z zimmasidagi 
majburiyatlarni bajarish natijasida hatto o‘z faoliyatlarini to‘xtatishga to‘g‘ri kelish 
holatlari ham uchrab turadi, demak, sug‘urtalovchilar shunday noqulay 


54 
vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun muntazam ravishda o‘zlari qabul qilgan 
majburiyat ustida nazorat ishlarini olib bolrishlari zarur hisoblanadi, ya’ni qabub 
qilingan ob’ekt hamisha sug‘urtalovchilar diqqat-e’tiborida turishi zarur, buning 
uchun ular ogohlantirish tadbirlarini amalga oshiradilar, bu esa ularni 
bankrotlikdan, sug‘urta bozoridagi mavqening tushib ketishidan va eng asosiysi, 
mijozlar oldidagi ishonchsizlik tamg‘asidan saqlab qoladi. 
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalarining faoliyat 
natijalari bilan tanishar ekanmiz, aytish mumkinki, sug‘urta bozori rivojlanish 
tendensiyalarini bajarmoqda. Sug‘urtalovchi va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar 
tartibga solinmoqda, sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish amaliyoti esa muntazam 
takomillashtirilmoda. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin