55
raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Eng asosiysi, potensial sug‘urtalanuvchi har tomonlama o‘zining
talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo‘ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas,
balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan
oddiy haqiqatdir.
18
YUqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol
ko‘rish mumkin.
Sug‘urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun
kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir.
O‘zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum
bozoriga boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog‘i, kuylak sotib olmoqchimiz.
Bozorda kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta,
sifati yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz.
1-chizma
Sug‘urta bozori va uning sub’ektlari
Sug‘urta kompaniyalari Sug‘urtalanuvchilar
Sug‘urta kompaniyasi o‘z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta
mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. CHunki, sug‘urtalovchi ozgina sug‘urta
mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug‘urta hodisasi ruy
berganda zimmasidagi sug‘urta qoplamasini to‘lashi shart. SHu o‘rinda, biz
sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug‘urta xizmatiga
ehtiyoj sezgan shaxslarga sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin sug‘urta
kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini
maslahat qilamiz.
18
Insurance: Principies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institut, Great
Britain,1993, 329 pg
Dostları ilə paylaş: