1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   222
Суғурта иши (3)

risklar 
turlari va 
darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratgan holda sug‘urta tarifini hisoblab qo‘llash orqali 
echishi mumkin. Bunda hisoblab chiqilgan tarif stavkasi guruhga kiruvchi barcha 
ob’ektlarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Amaliyotda sug‘urta ob’ektlari bo‘yicha 
shunday guruhlashni amalga oshirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Bundan 
tashqari har bir guruh bir nechta guruhlarga bo‘linishi mumkin. Har bir guruh 
uchun tarif stavkalarini hisoblash ortiqcha xarajatlarni talab qilishi va ularni 
hisoblash uchun katta hajmdagi statistik ma’lumotlarning zarurligi sug‘urtalovchi 
uchun mazkur tadbirlarni amalga oshirishni iqtisodiy jihatdan maqsadga 
nomuvofiq bo‘lishiga olib keladi. SHuning uchun sug‘urtalovchi biror yangi 
sug‘urta mahsulotini amaliyotga kiritishda sug‘urta ob’ektlarini guruhlash va 
ularning bir biriga o‘xshashligi o‘rtasidagi biror chegarani tanlashiga to‘g‘ri keladi.
Natijada, sug‘urtalovchi har bir sug‘urta mahsuloti bo‘yicha risk omillari va 
sug‘urtalanayotgan ob’ektlarning guruhlari to‘g‘risida ma’lumotlar va ularga 
muvofiq keluvchi sug‘urta tariflari hamda ularni qo‘llash shartlari, ya’ni 
tarifikatsiya tizimini shakllantiradi. Mazkur tizimning murakkabligi sug‘urta 
mahsuloti va sug‘urta ob’ektlarining turlariga bog‘liq bo‘ladi.
Umumiy tartibda barcha tarifikatsiya tizimlarida sug‘urtalanayotgan ob’ektlar bir 
nechta guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh uchun bazaviy tarif stavkasi ishlab 
chiqiladi. Bundan tashqari sug‘urtalovchi aks ettirishni lozim topgan barcha risk 
omillarining ro‘yxati keltiriladi. Har bir omilning sug‘urta ob’ektida mavjudligi 
tarifni hisoblashda maxsus koeffitsientlar orqali hisobga olinishi belgilanadi. 
Koeffitsientlarning bir qancha turlari bo‘lib, ular ko‘paytiruvchi, qo‘shiluvchi yoki 
boshqa shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Kerakli bo‘lgan koeffitsientni tanlash 


72 
tarifikatsiya tizimini yaratishda sug‘urta turining xarakteridan kelib chiqib 
sug‘urtalovchi tomonidan tanlanadi.
Albatta, tarifikatsiya tizimlarini sug‘urtalovchilar tomonidan yaratilishining 
iqtisodiy asoslari ham mavjud. Tarifikatsiya tizimi sug‘urtalovchi tomonidan o‘z 
majburiyatlariga muvofiq keluvchi sug‘urta zaxirasini yaratish va to‘lov 
qobiliyatini etarli darajada ta’minlash imkoniyatini berishi lozim. Mazkur fikrni 
tasdiqlash uchun bir misolni ko‘rib chiqamiz. Masalan, ma’lum sug‘urta turi 
bo‘yicha sug‘urta bozorida bir sug‘urtalovchi faoliyat yuritmoqda. Sug‘urta 
bozoridagi sug‘urtalanuvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin: 
1-guruh sug‘urtalanuvchilarda sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimoli q
1
ga; 
2-guruh sug‘urtalanuvchilarda sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimoli q
2
ga teng. 
Bunda q
1
< q
2

Hisob kitobni osonlashtirish uchun 1-guruhdagi sug‘urtalanuvilar soni N
1
2-
guruhdagi sug‘urtalanuvchilar soni N
2
teng: N
1
= N
2
= N. 
Mazkur sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimolligi q
o‘r 
quyidagicha aniqlanadi: 
q

+ q
2
q
o‘r
= ---------; (6) 

Bundan q
1
< q
o‘r
< q
2

Biroq ma’lum vaqt o‘gandan so‘ng ma’lum sabablarga ko‘ra 1-guruhdagi 
sug‘urtalanuvchilardan yarmi sug‘urta xizmatlaridan foydalanmagan, 2-guruhdagi 
sug‘urtalanuvchilarning barchasi sug‘urta xizmatlaridan foydalangan. Natijada, 
birinchi va ikkinchi guruhdagi sug‘urtalangan ob’ektlarning xaqiqiy soni N’
1
va 
N’
2
quyidagiga teng bo‘ladi: 
N’
1
= 0,5N va N’
2
= N. 
Xaqiqatda shakllantirilgan sug‘urta portfeli bo‘yicha sug‘urta hodisasining yuz 
berishining o‘rtacha ehtimolligi q’
o‘r
quyidagiga teng: 
N’
1
* q

+ N’

* q

N*(0,5*q

+ q
2
) 0,5*q
1
+ q
2
q’
o‘r
= -------------------- = ------------------ = ------------; (7) 
N’
1
+ N’
2
1,5 * N 1,5 
Bundan ko‘rinadiki, agar q

< q

bo‘lsa, q’
o‘r 
>
q
o‘r
bo‘ladi, ya’ni sug‘urtalovchining 
xaqiqiy shakllantirilgan portfeli bo‘yicha sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimoli 
hisoblangan 
sug‘urta 
tarifidan 
katta. 
Bu 
sug‘urta 
zaxirasining 
to‘liq 
shakllanmaganligini va uning sug‘urta qoplamalarini amalga oshirishga etmay 
qolishi hamda sug‘urtalovchining o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolishi 
mumkinligini anglatadi.
Agar sug‘urtalovchi har bir guruh bo‘yicha sug‘urta tarifini hisoblaganda mazkur 
holatning olidini olgan bo‘lardi va sug‘urtalanuvchilar sonining o‘zgarishi netto-
stavkasining xaqiqiyligiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz sug‘urtalovchilari tomonidan o‘tgan yillar davomida 
sug‘urta hodisalarining yuz berishi bo‘yicha etarli darajada ma’lumot 
to‘planganligi shubhasiz. YUqoridagilardan kelib chiqib, sug‘urtalovchilar 


73 
tomonidan tarif siyosatini amalga oshirishda tarifikatsiya tizimi risk omillarining 
guruhlari bo‘yicha ishlab chiqish taklif etiladi. 
Sug‘urtalovchi tarif tizimini yaratishdan tashqari tarif siyosatini olib borishi ham 
uning iqtisodiy holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, noto‘g‘ri olib borilgan 
tarif siyosati risklarning antiseleksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Risklar 
antiseleksiyasi bu kompaniya uchun noqulay bo‘lgan risklarning qabul qilinishi 
hisoblanadi. Kompaniya uchun noqulay risklarga xaqiqatdagi yuz berish ehtimoli 
sug‘urta tarifida nazarada tutilgan ehtimollikdan baland risklarni kiritish mumkin. 
Risklar anitiseleksiyasini vujudga kelishini quyidagi misol orqali ham ko‘rish 
mumkin.
Sug‘urta bozorida ikki sug‘urtalovchi A va B yangi sug‘urta mahsulotini ishlab 
chiqdi. Ushbu sug‘urta mahsuloti bo‘yicha sug‘urtalanuvchilar sug‘urta 
hodisasining yuz berish ehtimoliga ko‘ra ikki guruhga N
1
va N
2
(ular bo‘yicha 
sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimoli mos ravishda q
1
va q
2
ga teng va
q
1
2

ajratilgan. A sug‘urtalovchi har guruh uchun alohida T
1
va T
2
sug‘urta tariflarini 
ishlab chiqqan va B sug‘urtalovchi esa barcha sug‘urtalanuvchilar uchun o‘rtacha 
T
o‘r
sug‘urta tarifini ishlab chiqqan.
Bundan T
1
<
T
o‘r
< T

tenglik o‘rinli bo‘ladi. Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta 
mahsuloti bo‘yicha sug‘urtalash shartlari deyarli bir xil bo‘lsa, tabiiyki, 
sug‘urtalanuvchi arzonroq sug‘urta xizmatini sotib olishga intiladi. YAngi ishlab 
chiqilgan sug‘urta xizmati amalga kiritilgunga qadar sug‘urtalanuchilarning 
sug‘urta xizmatini sotib olish bo‘yicha taqsimoti 4–jadvalda keltirilgan holatda 
bo‘ladi. 
2-jadval 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin