70
turlari sug‘urta hodisasining yuz berish chastotasi past bo‘lganligi, lekin sug‘urta
zarari hajmlari kattaligi bilan ajralib turadi. Mazkur sug‘urta
turida bir nechta
sug‘urta ob’ektlarini sug‘urtalash mumkin, lekin sug‘urta summasining
taqsimlanishi katta hajmda bo‘ladi. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta
tariflarini hisoblashning o‘ziga xos jihatlarini 1-jadvaldan ko‘rish mumkin.
Umumiy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalarini
aniqlash va ularning
qo‘llanilishi shartlarini belgilash sug‘urta mahsulotini tarifikatsiya qilish deb
nomlanadi. Tarifikatsiyaning
asosiy bosqichlari sifatida
tarifikatsiya tizimini
shakllantirish va
tarif stavkalarini
hisoblashni keltirish mumkin. Ma’lumki
sug‘urta tarifining tarkibiy qismi bo‘lgan netto-stavka sug‘urtalovchi uchun
sug‘urtalangan ob’ektning sug‘urta hodisasiga uchrash
ehtimolligini hisobga
oluvchi sug‘urta qoplamasi to‘lanishining matematik kutilishini ifodalaydi. Mazkur
kattalikka quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
-
shartnoma bo‘yicha sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimolligi;
-
sug‘urta hodisasining kutilayotgan og‘irligi (bunda sug‘urta qoplamasining
kutilayotgan hajmining sug‘urta summasiga nisbati nazarda tutiladi).
1-jadval
Dostları ilə paylaş: