1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   222
Суғурта иши (3)

ТКМХ
ТКМФ
TQME – To‘lov layoqatining marjasini etarlilik meyori; 
TKMF – to‘lov layoqatining marjasini haqiqatdagi miqdori; 
TKMX - to‘lov layoqati marjasining meyori. 
Umumiy sug‘urta sohasida, yoki faqat qayta sug‘urta sohasida faoliyat 
yurituvchi sug‘urta tashkilotlari uchun to‘lov layoqatining marjasini meyori 
miqdori quyidagi uchta miqdordan eng kattasi hisoblanadi
16

15
O’zbekiston Respublikasining Qonuni «Sug’urta faoliyati to’g’risida». T.: 2002 y., 5 aprel. «Xalq so’zi» 
gazetasi, 2002 yil 28 may. 
16
Polojenie o platejesposobnosti straxovshchikov i perestraxovshchikov. Utverjdeno prikazom ministra finansov ot 
22.04.2008g,№41, zaregistrirovano MYu ot 12.05.2008g. №1806 


43 
-Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan sug‘urta tashkilotlari 
uchun belgilangan ustav kapitalining minimal miqdori; 
-“Mukofot usuli” bo‘yicha hisoblangan miqdor; 
-“To‘lov usulida” hisoblangan miqdor. 
“Mukofot usuli” bo‘yicha hisoblangan miqdor umumiy sug‘urta tarmog‘i 
uchun belgilangan tuzatish koeffitsentini oldingi o‘n ikki oyda, barcha sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha hisoblangan sug‘urta mukofotlarining 20% ga ko‘paytirish 
orqali topiladi. Bunda hisoblab chiqilgan sug‘urta mukofotidan bekor qilingan
sug‘urta shartnomalari bo‘yicha qaytarilagan sug‘urta mukofotlari miqdori ayirilib 
tashlanadi. 11 va 13 klasslar bo‘yicha sug‘urta shartnomalarida belgilangan 
sug‘urta mukofotlarining miqdori 50% ga oshiriladi. Sug‘urta faoliyatini amalga 
oshirganiga 12 oy bo‘lmagan sug‘urta tashkilotlari hisob-kitob muddati qilib
litsenziya olingan vaqtdan boshlab hisobot davri oxiriga qadar muddat olinadi. 
“To‘lov usulida” hisoblangan miqdor umumiy sug‘urta tarmog‘i uchun 
belgilangan tuzatish koeffitsentini quyidagi ko‘rstakichlarning summasini 10%ga 
ko‘paytirish orqali otiladi: 
-oxirgi 36 oy ichida sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisoblangan sug‘urta 
qoplamalari summasi. Bunda 11 va 13 klasslar bo‘yicha hisoblangan sug‘urta 
qoplamalari 50% ga oshiriladi; 
-hisobot sanasida mavjud bo‘lgan, xabar qilingan lekin tartibga solinmagan 
zararlar zaxirasi. Bunda 11 va 13 klasslar bo‘yicha xabar qilingan lekin tartibga 
solinmagan zararlar zaxirasi 50% ga oshiriladi. 
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirganiga 36 oy bo‘lmagan sug‘urta 
tashkilotlari hisob-kitob muddati qilib litsenziya olingan vaqtdan boshlab 
hisobot davri oxiriga qadar muddat olinadi. 
Umumiy sug‘urta tarmog‘i uchun tuzatish koeffitsenti oldingi 36 oy ichida
hisoblangan jami sug‘urta qolamalari va qayta sug‘urtachining ulushi o‘rtasidagi 
farqni shu davrda hisoblangan sug‘urta qoplamalariga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Umumiy sug‘urta tarmog‘i uchun belgilangan tuzatish koeffitsenti 0.5 dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Tuzatish koeffitsenti 0.5 dan kam bo‘lgan hollarda 0.5 tuzatish 
koeffitsenti sifatida olinadi. 
Umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchi sug‘urtachining sug‘urta 
faoliyatini amalga oshirganiga 36 oydan kam muddat bo‘lgan bo‘lsa, tuzatish 
koeffitsenti 1.0 olinadi.
Hayot sug‘urtasi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi sug‘urtachilar uchun to‘lov 
layoqatining marjasi meyori sifatida quyidagi kattaliklardan eng yuqorisi 
tanlanadi: 
-Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan sug‘urta tashkilotlari 
uchun belgilangan ustav kapitalining minimal miqdori; 
-quyidagi ikki kattalikning yig‘indisi: 
a) mukofotlar zaxirasining 5% ni hayot sug‘urtasi tarmog‘i uchun 
belgilangan tuzatish koeffitsentiga ko‘paytirilgan natija; 
b) umumiy sug‘urta tarmog‘ining 1 va 2 klasslari uchun belgilangan tuzatish 
koeffitsentini quyidagilardan eng katta bo‘lgan miqdorga ko‘paytirish natijasi: 


44 
- umumiy sug‘urta tarmog‘ining 1 va 2 klasslari bo‘yicha oxirgi 12 oyda
jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining summasini 20% dan muddatidan oldin 
bekor qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisoblangan sug‘urta 
mukofotlarini ayirmasi; 
- umumiy sug‘urta tarmog‘ining 1 va 2 klasslari bo‘yicha oxirgi 36 oyda
jami hisoblangan sug‘urta qoplamalarining 10% va hisobot sanasiga yig‘ilgan 
umumiy sug‘urta tarmog‘ining 1 va 2 klasslari bo‘yicha xabar qilingan, lekin 
tartibga solinmagan zararlar zaxirasi summasi. 
Sug‘urta faoliyati 12 va 36 oydan kam bo‘lgan, yangi tashkil qilingan 
sug‘urta tashkilotlari xisob-kitob uchun litsenziya olingan sanadan hisobot 
sanasiga bo‘lgan davr olinadi. 
Hayot sug‘urtasi tarmog‘i uchun tuzatish koeffitsenti qayta sug‘urtachining
ulushi ayirilgan jami mukofotlar zaxirasining jami mukofotlar zaxirasiga nisbati
bilan hisoblanadi. Hayot sug‘urtasida tuzatish koeffitsentining minimal miqdori 
0.85 dan kam bo‘lishi mumkin emas. Agar tuzatish koeffitsenti 0.85 dan kam 
bo‘lsa, 0.85 koeffitsent qo‘llaniladi. 
To‘lov layoqatining haqiqatdagi miqdori sug‘urtachining xususiy 
mablag‘lari manbaasidan quyidagi ko‘rsatkichlarni ayirish natijasida hosil 
qilinadi: 
-asosiy faoliyatda foydalaniluvchi dasturiy ta’minotdan tashqari bo‘lgan,
umumiy aktivlarining 10% dan oshmagan miqdordagi nomoddiy aktivlar miqdori.
Dasturiy ta’minot qiymati boshlang‘ich bahoda inobatga olinadi; 
-ustav kapitali bo‘yicha tasischilarning qarzdorligi; 
- maqsadli tushumlar va kutilayotgan to‘lovlar va xarajatlar bo‘yicha zaxira; 
- tasischilar o‘rtasida taqsimlanishi rejalashtirilayotgan taqsimlanmagan 
foydaning qismi; 
- hissadorlarga, tasischilarga, ishchilarga berilgan qarzlar va ularga 
hisoblangan foyiz; 
-bog‘liq shaxslar bilan bog‘liq debitorlik qarzlari; 
-shartnomada belgilangan to‘lash muddatidan uch oy davomida
to‘lanmagan sug‘urta mukofotlarining miqdori; 
- berilgan kafolatlar; 
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlari. 
Sug‘urtachilarning jami sug‘urta majburiyatlari va alohida risk turlari 
bo‘yicha majburiyatlarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlari. 
Alohida risk turlari bo‘yicha sug‘urtachining majburiyatlarini miqdori
xususiy mablag‘lari va sug‘urta zaxiralarining 20% dan oshmasligi talab qilinadi. 
Belgilangan meyordan oshgan sug‘urta majburiyatlari faqat qayta sug‘urtalash 
sharti bilan olinishi ruxsat beriladi. 
Umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchi va faqat qayta sug‘urta 
bilan shug‘illanuvchi sug‘urta tashkilotlarining majburiyatlarining maksimal
miqdori xususiy mablag‘lar manbaasining 200% dan oshmasligi talab qilinadi. 
YOki meyordan oshgan majburiyatlar qayta sug‘urtalanishi zarur. 
Qayta sug‘urta operatsiyalariga qo‘yiladigan talablar. 


45 
Litsenziyada ruxsat berilgan klasslar bo‘yicha risklarni qayta sug‘urtaga 
qabul qilinishi mumkin. 
Qayta sug‘urtalanuvchi risklarni qayta sug‘urtaga faqat tasdiqlangan qayta 
sug‘urtachiga berishi ruxsat beriladi. 
Tasdiqlangan qayta sug‘urtachi quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
-
faqat qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega 
bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari; 
-
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va 
qonunchilikda belgilangan minimal ustav kapitaliga ega bo‘lgan sug‘urta 
tashkilotlari(qayta sug‘urta uchun); 
-
quyidagi reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan chet el sug‘urta 
kompaniyalari: 
-
“Moodys Investors Services” reyting agentligining “Vaa3” dan kam 
bo‘lmagan reytingiga ega bo‘lgan; 
-
“Standard and Poors corporation” reyting agentligining “VV+” dan kam 
bo‘lmagan reytinga ega bo‘lgan; 
-
“Fich, Inc.” Reyting agentligining “VV-” dan kam bo‘lmagan reytinga 
ega bo‘lgan; 
-
“A.M. Best Company, inc.” Reyting agentligining “I+” dan kam 
bo‘lmagan reytinga ega bo‘lgan; 
-
“Ekspert - RA” reyting agentligining “A++” dan kam bo‘lmagan 
reytinga ega bo‘lgan chet el sug‘urta kompaniyalari qayta sug‘urta bilan 
shug‘illanishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisida, chet el sug‘urta kompaniyasiga 
beriladigan majburiyat miqdori, har –bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha , 95% dan
oshmasligi talab qilinadi.
CHet el sug‘urta kompaniyasiga qayta sug‘urta uchun berilgan sug‘urta 
shartnomalarida sug‘urtachining ulushi haqiqatdagi to‘lov layoqatining marjasini 
5% dan kam bo‘lmasligi lozim. Eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat risklaridan 
va chet elga chiquvchilarni sug‘urtalash bundan mustasno.
To‘lov layoqati meyorlarining hisob-kitoblarini taqdim qilish muddati va 
tartibi, sug‘urtachilarning aktivlarini joylashtirish talablari. Qayta sug‘urta 
operatsiyalariga bo‘lgan talablar. 
Sug‘urta tashkilotlari chorak yakunida keyingi oyning 25 sanasiga qadar
davlat sug‘urta nazoratiga to‘lov layoqati meyorlari, aktivlarni joylashtirish 
to‘g‘risida, qayta operatsiyalar to‘g‘risida hisob – kitoblar topshiradilar. 
Agar sug‘urtachining to‘lov layoqati marjasining meyorlari hisobot davrida 
1 dan 0.5 ga qadar tushib ketsa 10 kun muddatda davlat sug‘urta nazoratiga 
moliyaviy holatni yaxshilash bo‘yicha choralarni tasdiqlash uchun taqdim qilishi 
zarur. 
Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar 6 oy muddatga ishlab chiqiladi. CHora-
tadbirlarda sug‘urta tashkilotini moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha kompleks 
ishlar nazarda tutiladi. Kompleks chora-tadbirlarda sug‘urta tashkiloti ustav 
kapitali miqdorini o‘zgartirish, qayta sug‘urta operatsiyalari chegaralarini 


46 
kengaytirish, tarf siyosatini o‘zgartirish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini
qisqartirish, aktivlar tarkibini o‘zgartirishlarni nazarda tutishi mumkin. 
Agar kompleks chora-tadbirlarda ustav kapitalini o‘zgartirish nazarda 
tutilgan bo‘lsa, tasischilarni roziligi talab qilinadi. 
Davlat sug‘urta nazorati taqdim qilingan hisobotlarni va kompleks chora-
tadbirlarni tahlil qilib moliyaviy holatni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar beradi va 
nazorat qiladi. 
Hisobot davri yakunida sug‘urtachining to‘lov layoqati marjasining 
etarliligi 0.5 dan past bo‘lsa litsenziyaning amal qilish kuchi tugatirladi. 
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan maksimal majburiyatlarni olish talablari 
buzilgan hollarda Davlat sug‘urta nazorati inspeksiyasi kamchilikni tuzatish 
to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Sug‘urta tashkiloti bir oy davomida aniqlangan 
kamchiliklarni bartaraf qilishi zarur.
3.
Sug‘urta majburiyatlarining hajmi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy 
holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta majburiyatlari
xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridagi majburiyatlardan farq qiladi. Bundan 
tashqari sug‘urta majburiyatlarini sug‘urta bozorining asosiy ko‘rsatkichlari 
sifatida ham ko‘rsatishimiz mumkin.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini dinamikasi o‘sish 
tendensiyasiga ega. Sug‘urta tashkilotlarining aktivlarini tarkibini tahlil qilib 
ko‘ramiz. Sug‘urta tashkilotlarining jami aktivlarini summasini 100 foyiz deb 
qaraydigan bo‘lsak, ularning 80.3%ni moliyaviy va kapital qo‘yilmalar tashkil 
qiladi. Bu sug‘urta tashkilotlarining jami aktivlarini 80.3% investitsiyaga 
yo‘naltirlishi ko‘rsatadi. Sug‘urta tashkilotlarining jami aktivlarining 6.3 % pul 
mablag‘lari tashkil qiladi. Bu sug‘urta tashkilotlarining bank hisob raqamlaridagi , 
g‘aznadagi va boshqa hisob raqamlarda aks etgan pul mablag‘lari hisoblandi. 
Sug‘urta tashkilotlari pul mablag‘laridan joriy xarajatlar, sug‘urta qoplamalarini 
to‘lash uchun sarf qilinadi. Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik qarzlari ham
ularning moliyaviy xo‘jalik faoliyatida katta hamiyat kasb etadi. Jami aktivlar
tarkibida sug‘urta tashkilotlarining debitorlik qarzlari 4.6% ni tashkil qiladi. 
Barcha sug‘urta tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda tegishli asosiy
vositalarga ega hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining asosiy vositalarining
miqdori jami aktivlarining 5.0% ni tashkil qiladi. 
Sug‘urta tashkilotlarining barqarorligi davlat tomonidan nazorat qilinsada
nazarimzda sug‘urta faoliyatining ushbu sohasida muammolar etarli hisoblanadi. 
Sug‘urta tashkilotlarining barqarorligi asosiy shartlaridan biri belgilangan 
ustav kapitalining minimal miqdorini shakllantirishdir. Hozirgi vaqtda umumiy 
sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yuritiuvchi sug‘urta tashkilotlari uchun 1,5 mln
Evro, hayot sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchilar uchun 2.0 mln. Evro,
majburiy sug‘urta faoliyati bilan shug‘illanuvchilar uchun 3.0 mln. Evro, qayta 
sug‘urta faoliyati bilan shug‘illanuvchi sug‘urta tashkilotlari uchun 6 mln Evro 
miqdorida minimal ustav kapitali belgilangan.
Sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta zaxiralarini shakllantirish tartibida ham
ayrim kamchiliklar mavjud. Ishlab topilmagan mukofotlar,xabar qilingan, lekin 


47 
bartaraf qilinmagan, sodir bo‘lgan lekin xabar qilimaganzararlar bo‘yicha zaxiralar
sug‘urta tashkilotlari tomonidan majburiy tarzda tashkil qilinadi. Ammo, sug‘urta 
tashkilotlarining zararlilikni tebranish bo‘yicha sug‘urta zaxirasi ixtiyoriy tartibda
amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkilotlarida zararlilik tebranishi doimiy xarakterga 
ega. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi yuz berayotgan sharoitda zararlilikni 
tebranishi yanada ortadi. Zararlilikni tebranishini ixtiyoriy tartibda shakllantirilishi 
zararlar miqdori oshgan hisobot davrida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy 
barqarorligi yomonlashishi mumkin. CHunki ushbu zaxira turi sug‘urta 
tashkilotlari tomonidan shakllantirilmasligi ham mumkin. Zararlar miqdori oshgan
davrda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida
zararlilik tebranishi bo‘yicha tashkil qilishni majburiy o‘rnatishni taklif qilinadi. 
Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy 
barqarorligini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini samarasini oshishiga 
olib keladi. 
Sug‘urta zaxiralarini investitsiyaga yo‘naltirish sohasida ham ayrim 
kamchiliklar mavjud. Sug‘urta tashkilotlarining aktivlarini joylashtirishga 
qo‘yilgan talablarga e’tibor qilsak, kredit uyushmalarining depozitlariga sug‘urta 
tashkilotlarining ustav kapitalini 10% miqdorigacha joylashtirish mumkinligi
me’yorlashtirilgan. Ammo, hozirgi vaqtda kredit uyushmalari qo‘yilgan 
depozitlarga bank muassalariga nisbatan katta miqdordagi foyiz to‘lanadi. SHu 
sababli, joylashtiriluvchi aktivalarning daromadlik darajasini oshirish maqsadida 
kredit uyushmalariga qo‘yiluvchi depozit miqdorini chegarasini 10% dan 20% 
gacha oshirish taklif qilinadi. 
Bundan tashqari, davlat sug‘urta nazorati ruhsati bilan tasischilarga qarz 
berish ruhsat berilgan, agar qarz miqdori ustav kapitalining 30% dan miqdorda 
bo‘lsa. Bunday holatlarda berilgan qarzni nazorat qilish imkoniyatlari cheklandai. 
CHunki tasischilar o‘zlarining mavqeylaridan foydalanib, sug‘urta tashkilotlariga 
bosim o‘tkazishi mumkin. Bunday noxush holatlarga barham berish maqsadida
tasischilarga qarz berishni taqiqlash zarur. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi 
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlanishiga imkon 
beradi.
O‘zbekiston sug‘urta bozorida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy 
barqarorligini ta’minlash asosiy usullaridan biri qayta sug‘urta mexanizmidan 
foydalanishdir. Afsuski respublika sug‘urta bozorida qayta sug‘urta faoliyati talab 
darajasida rivojlanmagan. O‘zbekiston sug‘urta bozorida ixtisoslashgan tartibda 
faqat bitta sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urta xizmati ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisida, chet el sug‘urta kompaniyasiga 
beriladigan majburiyat miqdori, har –bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha , 95% dan
oshmasligi talab qilinadi.

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin