Sug‘urta shartnomasi - ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasida tuziladigan
yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi
tufayli zarar ko‘rilganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta
summasini to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda
sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik
faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi.
Sug‘urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta
shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
3. Xalqaro darajada qo‘llaniladigan sug‘urtaga oid atamalarga quyidagilarni kiritish mumkin: Abandon - to‘liq
miqdordagi
sug‘urta
summasini
olish
uchun
sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga
voz kechishi (sug‘urtalangan kema nobud bo‘lganda, u xabarsiz yo‘qolganda,
kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to‘g‘risidagi
ariza voqea-hodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim
chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug‘urtalanuvchining bir tomonlama
akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining
roziligi talab etiladi.
Avariya komissari - sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega bo‘lgan
jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema yoki yuk bo‘yicha ko‘rilgan
zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro‘y berganlik sabablarini
o‘rganadi. Sug‘urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham, mamlakat
ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon
va teleks raqamlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug‘urta polisida
ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi ro‘y berishi zahoti avariya
komissariga
murojaat
qilishi
zarur.
Avariya
komissari
mol-mulkning
zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug‘urta kompaniyasining topshirig‘iga
asosan, ko‘rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan
ishlar to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga
yozma axborot tayyorlaydi.