32
mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning
sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo‘lgan jismoniy va
yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
Netto-stavka
- brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta
qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib,
u brutto-
stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin.
Majburiy sug‘urta
- sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega
bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ushbu hujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining
hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan
tomonlarning huquq va
majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka
asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har
qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. SHuningdek,
majburiy davlat
sug‘urta turlari ham mavjud. Masalan, harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq
xizmati xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz
hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasiga tortiladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha
sug‘urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Risklarni joylashtirish:
1) sug‘urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug‘urtaviy huquqiy
munosabatlarning boshlanish jarayoni.
Risklarni birlamchi, ikkilamchi va
uchlamchi joylashtirish mos ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urtalash, qayta
sug‘urtalash va retrotsessiyani anglatadi. Bozor
munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug‘urta vositachilari orqali sug‘urta bozorida
amalga oshiriladi;
2) sug‘urta brokeri yordamida bir vaqtning o‘zida yirik va xavfli risklarni
qismlarga bo‘lib bir nechta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash uslubi. Bir qancha
sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida
ajralib chiqadi va u
sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o‘z
javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug‘urta kompaniyalariga murojaat
qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi.
Sug‘urta - har xil noxush hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni
qoplash hamda fuqarolarning hayotida tegishli sug‘urta hodisalari ro‘y
berganda
ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan
foydalanish bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.
o‘tkazish shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra,
mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning
asosini risk
tashkil etadi. Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir.
Dostları ilə paylaş: