1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   222
Суғурта иши (3)

 
 
5-MAVZU : 
SUG’URTA ATAMALARI DEFINITSIYASI VA 
ULARNING GURUHLANISHI

 
REJA: 
1. Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq atamalar. 
2. Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq atama va tushunchalar. 
12
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.
13
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.


31 
3. Xalqaro sug‘urta amaliyotida ishlatiladigan atama va tushunchalar. 
 
1. Sug‘urtada fondini shakllanishi bilan bog‘liq atama va
tushunchalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
Sug‘urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar: 
Sug‘urtalovchi
– sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va 
tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining 
muhim bo‘g‘ini. O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi 
Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) 
to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb 
hisoblanadi.
Sug‘urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo‘lishi mumkin (davlat sug‘urta 
tashkilotlari, aksionerlik sug‘urta tashkilotlari hamda o‘zaro sug‘urtalash
jamiyatlari). Sug‘urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar maxsus davlat 
organining tegishli litsenziyasiga ega bo‘lishi zarur.
Sug‘urtalanuvchi 
– sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan 
va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug‘urta vositachilari
– sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida 
vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi 
sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun 
vositachi tegishli vositachilik haqini oladi.
Risk-
bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk 
tushunchasi ko‘rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo‘lishi natijasida yuzaga 
kelgan oqibatlarning og‘irligi, riskni ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni 
mutloq tugatishni imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish uchun asos 
yaratdi. SHunday qilib, risk sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish 
uchun shart-sharoit yaratadi. Risk-riskli holatlarning yagonalik va o‘zaro 
aloqadorlik yig‘indisidir.
Sug‘urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar berilgan. Jumladan, risk-bu 
konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta 
kompaniyasi qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta ob’ekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri 
bog‘langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud 
qilishi mumkin. SHu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib, uning ro‘y 
berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining ro‘yxati 
sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi.
Risk bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi; sug‘urta 
ob’ekti; sug‘urta javobgarligining turi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin