1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   222
Суғурта иши (3)

Sug‘urta dalolatnomasi
- sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta 
kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning 
zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa 
ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug‘urta hodisasi va mol-
mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga qarshi 
kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi, veterinariya xizmati va 
boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta 
dalolatnomasini adjaster yoki avariya komissari tuzadi va mohiyatan avariya 
sertifikatiga yaqinlashadi. 
Sug‘urta mukofoti-
sug‘urta xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan haq. 
Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. 
Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. 
Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik 
javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida ko‘rsatiladi. 
Sug‘urta puli -
sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta 
operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta 
kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik 
ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. har qaysi kompaniya o‘z 
sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta 
mukofotlarining bir qismini oladi.
Sug‘urta ob’ekti -
shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, mehnat 
qobiliyati bilan bog‘liq manfaati; mulkiy sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport 
vositalari uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni 
saqlashga bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaati; jismoniy yoki 


34 
yuridik shaxsning o‘z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik 
mas’uliyati - mas’uliyatni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. 
Riskni baholash maqsadida sug‘urta ob’ekti sug‘urta kompaniyasining 
mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin