1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   222
Суғурта иши (3)

Avariya sertifikati
- mol-mulk sug’urta xodisasi tufayli zararlanganda
ko’rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati 
avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli komissiya xaqi hisobiga 
sug’urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug’urtalanuvchining 
sug’urta qoplamasini olish to’g’risidagi arizasiga ilova etiladi va qoplamani 
to’lashda sug’urta kompaniyasiga asos bo’lib xizmat qiladi. 
Addendum
- ilgari tuzilgan sug’urta va kayta sug’urtalash shartnomasiga 
tomonlarning o’zaro kelishuvi bilan qo’shimchalar kiritish. 
Adjaster
- sug’urta xodisasi ro’y berishi munosabati bilan sug’urtalanuvchi 
tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug’urta kompaniyasining 
manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki xuquqiy shaxs. U sug’urtalanuvchi 
bilan unga to’lanadigan sug’urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. 
Adjaster sug’urta xodisasini ro’y berish sabablarini o’rganadi va tahlil etadi. 
Ushbu tahlil natijalari bo’yicha sug’urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi 
hamda avariya komissari funktsiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug’urta 
kompaniyasining tarkibiy bo’limi yoki ixtissoslashgan tashkilot amalga oshirishi 
mumkin. 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
283 
Aktuariy 
- lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi. 
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o’zlashtirib olgan sug’urta matematikasi 
sohasidagi mutaxassis. U sug’urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab 
chiqish, uzoq muddatli sug’urta turlari bo’yicha sug’urta zahiralarini shakllantirish 
bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Hozirgi paytda 
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko’rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro 
uyushmasi mavjud. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin