1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   222
Суғурта иши (3)

Aktuar hisob-kitoblar
- sug’urta tarifi stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-
matematik usullari yig’indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga 
asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi
demografiya qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasini miqdori sug’urta 
hodisalari ro’y berishining ehtimoliyligiga bog’liq. Demografiya ma’lumotlaridan 
fuqarolarning hayotini sug’urtalashda sug’urtalanuvchilarning yoshiga mos 
ravishda sug’urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli 
hayotni sug’urtasi bo’yicha sug’urta summalari sug’urtalangan shaxs vafot etganda 
yoki u ma’lum bir yoshga etganda to’lanadi. Etarli miqdordagi sug’urta fondini 
shakllantirish uchun, sug’urtalovchi shartnoma amalda bo’lgan davrda qancha 
shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga etishi ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi 
o’limi darajasi xaqidagi statistik ma’lumot asosida turli yoshga etishi ehtimolligini 
hisoblash hamda fuqarolarning o’limi to’g’risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu 
jadval asosida nafaqani va hayotni sug’urtalash bo’yicha tarif stavkalarni hisoblash 
mumkin. 
Anderrayter
- 1) turli risklarni sug’urtalash vakolatiga ega, sug’urta 
kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug’urta kompaniyasining sug’urta 
portfelini shakllanishi uchun javob beradi. U sug’urta shartnomalarini tuzish
risklarni baholash va sug’urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli 
malakaga ega bo’lishi zarur; 2) Lloyd sug’urta polislarini beradigan Lloyd sug’urta 
korporatsiyasini a’zosi; 3) potentsial mijozlarga sug’urta polisini sotish bilan 
shug’ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug’urta sohasi bo’yicha yuqori 
darajada maslahat xizmatlarni ko’rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 
Anderrayter siyosati
- sug’urtalash bilan bog’liq yangi takliflarni ko’rib 
chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to’g’risida xulosalar 
chiqarishga qaratilgan siyosat. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin