“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
289
sodir bo’lgan taqdirda sug’urta kompaniyasi qoplamalar to’laydi. Risk sug’urta
ob’ekti bilan to’g’ridan to’g’ri bog’langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko’rsatib,
uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu
tufayli risk - bu yagona
tasodifiy hodisa bo’lib, uning ro’y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog’liq
emas. Sug’urta risklarining ro’yxati sug’urtalovchining sug’urta javobgarligi
hajmini tashkil etadi. Risk bahosining puldagi ifodasi sug’urta
tarif stavkasini
tashkil etadi; 2) sug’urta ob’ekti: 3) sug’urta javobgarligining turi.
Risk menejmenti
- riskni kamaytirish yoki chegaralash bo’yicha sug’urta
kompaniyasining maqsadli yo’naltirilgan harakati. Risk
menejmentining tarkibiy
elementiga quyidagilar kiradi: riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish
va riskni moliyalashtirish.
Riskli holatlar
- risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar. Sug’urtalanuvchiga
ma’lum bo’lgan barcha riskli holatlar sug’urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu
riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni
tahlil etish syurveyer
yoki adjasterning funktsiyasiga kiradi. Bu sug’urta kompaniyasini sug’urta
shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo’yicha qaror qabul qilishida hamda
sug’urta qoplamalari va summalarini to’lashda muhim o’rin tutadi. Riskli holatlar:
shaxsiy va ashyoviy; to’g’ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: ob’ektiv
va sub’ektiv turlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: