Risklarni tanlash - sug’urta shartnomasini tuzish bo’yicha mijozlardan kelib
tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan sug’urta kompaniyasining faoliyati.
Sug’urta kompaniyasining muvozanatlashgan sug’urta portfelini shakllanishida
risklarni tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug’urta amaliyotida
risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. Risklarni tanlash - bu risk
menejment sohasida olib boriladigan chora - tadbirlarning bir qismidir.
Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni
natura va qiymat ko’rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli
risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan,
shaxsiy sug’urta shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi.
Sug’urta shartnomasi tuzilgan momentdan, sug’urtalanuvchining o’limiga yoki
nogiron bo’lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida
mijoz qo’shimcha ravishda dastlabki tibbiy tekshiruvdan o’tkazilishi mumkin.
Sug’urta kompaniyalarida riskni baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U
sug’urta ob’ekti bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil
natijalariga muvofiq sug’urtalanuvchi bilan sug’urtaviy huquqiy munosabatlarga
kirishishini maqsadga muvofiqligi to’g’risida sug’urta kompaniyasiga yozma
xulosa beradi.
Sug’urta mukofotlari zahirasi - hayotni va nafaqani uzoq muddatli
sug’urtalash bo’yicha to’lovlarni oldindan to’lash uchun sug’urta kompaniyasida
tashkil etiladigan fond. Bu fond sug’urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini
ta’minlashda hamda sug’urtalovchi zimmasidagi majburiyatlarni bajarishda muhim
o’rin tutadi. Hayot sug’urtasi shartnomalari, odatda, bir necha yilga tuziladi.
Sug’urta mukoftlarini kelib tushish va sug’urta summasini to’lash vaqtlari o’zaro