“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
288
sug’urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati
organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
Prolongatsiya
- o’zaro kelishgan holda sug’urta shartnomasini amal qilish
muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko’rinishda tasdiqlanishi mumkin.
Proportsional qayta sug’urtalash
- qayta sug’urtalash shartnomasini tuzish
shakli. Bu erda qayta sug’urtalash kompaniyasi sug’urta mukofotlarini umumiy
tushumidagi va sug’urta koplamalarini to’lashda o’z ulushiga ega. Proportsional
qayta sug’urtalash shartnomalari kvotali, ektsedentli va kvota-ektsedentli
shartnomalarini o’z ichiga oladi.
Risklarni joylashtirish
-1) sug’urta manfaati tufayli yuzaga keladigan
sug’urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi,
ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish, teng ravishda sug’urtalash, qayta
sug’urtalash va retrotsessiyaga to’g’ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug’urta vositachilari orqali sug’urta bozorida
amalga oshiriladi; 2) sug’urta brokeri yordamida bir vaqtning o’zida yirik va xavfli
risklarni qismlarga bo’lib, bir nechta sug’urta kompaniyasida sug’urtalash uslubi.
Bir qancha sug’urta kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida ajralib chiqadi
va u sug’urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o’z
javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug’urta kompaniyalariga murojaat
qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi.
Raqobat
- sug’urta kompaniyalarining sug’urta bozoridagi o’z ulushini
egallashi uchun o’zaro iqtisodiy musobaqasi. Raqobat sug’urtalanuvchi uchun
sug’urta kompaniyalarini tanlab olishlarida ko’mak beradi. Raqobat sug’urta
xizmatini kengayishida va ularning sifatini oshishida muhim ahamiyatga ega. Bir
sug’urta xizmatini ko’rsatayotgan bir necha sug’urta kompaniyalari raqobat
sharoitida mijozlarni jalb etish uchun ularga sug’urta shartnomalarini tuzishda,
sug’urta mukofotlarini to’lashda va sug’urta qoplamalarini qisqa muddatlarda
to’lashda imkoniyat yaratadi.
Retrotsedent
- qabul qilib olingan qayta sug’urtalash riskini retrotsessiyaga
(ikkinchi qayta sug’urtalash) beruvchi sug’urta yoki qayta sug’urtalovchi
kompaniya.
Dostları ilə paylaş: