1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   222
Суғурта иши (3)

Majburiy sug’urta
- sug’urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo’lgan 
shakli. Majburiy sug’urta qonunchilik xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu 
xujjatda sug’urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug’urta javobgarligining hajmi, 
sug’urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari 
hamda boshqa rekvizitlar ko’rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, 
O’zbekistonda majburiy sug’urtani tegishli litsenziyaga ega bo’lgan har qanday 
sug’urta kompaniyasi o’tkazishi mumkin. 
Oferta
- asosiy shartlar ko’rsatilgan holda sug’urta shartnomasini tuzish 
taklifi. Sug’urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik yoki jismoniy shaxsga 
yo’llashi mumkin. 
Offshor sug’urta kompaniyasi
- maxsus maqomga ega bo’lgan sug’urta 
kompaniyasi. Offshor sug’urta kompaniyalari soliq to’lash stavkalari eng kam 
bulgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gernsi, Men va Keymanov orollari) 
tashkil etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug’urta operatsiyalari 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
288 
sug’urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati 
organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
Prolongatsiya
- o’zaro kelishgan holda sug’urta shartnomasini amal qilish 
muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko’rinishda tasdiqlanishi mumkin. 
Proportsional qayta sug’urtalash
- qayta sug’urtalash shartnomasini tuzish 
shakli. Bu erda qayta sug’urtalash kompaniyasi sug’urta mukofotlarini umumiy 
tushumidagi va sug’urta koplamalarini to’lashda o’z ulushiga ega. Proportsional 
qayta sug’urtalash shartnomalari kvotali, ektsedentli va kvota-ektsedentli 
shartnomalarini o’z ichiga oladi. 
Risklarni joylashtirish
-1) sug’urta manfaati tufayli yuzaga keladigan 
sug’urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, 
ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish, teng ravishda sug’urtalash, qayta 
sug’urtalash va retrotsessiyaga to’g’ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan 
iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug’urta vositachilari orqali sug’urta bozorida 
amalga oshiriladi; 2) sug’urta brokeri yordamida bir vaqtning o’zida yirik va xavfli 
risklarni qismlarga bo’lib, bir nechta sug’urta kompaniyasida sug’urtalash uslubi. 
Bir qancha sug’urta kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida ajralib chiqadi 
va u sug’urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o’z 
javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug’urta kompaniyalariga murojaat 
qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi. 
Raqobat
- sug’urta kompaniyalarining sug’urta bozoridagi o’z ulushini 
egallashi uchun o’zaro iqtisodiy musobaqasi. Raqobat sug’urtalanuvchi uchun 
sug’urta kompaniyalarini tanlab olishlarida ko’mak beradi. Raqobat sug’urta 
xizmatini kengayishida va ularning sifatini oshishida muhim ahamiyatga ega. Bir 
sug’urta xizmatini ko’rsatayotgan bir necha sug’urta kompaniyalari raqobat 
sharoitida mijozlarni jalb etish uchun ularga sug’urta shartnomalarini tuzishda, 
sug’urta mukofotlarini to’lashda va sug’urta qoplamalarini qisqa muddatlarda 
to’lashda imkoniyat yaratadi. 
Retrotsedent
- qabul qilib olingan qayta sug’urtalash riskini retrotsessiyaga 
(ikkinchi qayta sug’urtalash) beruvchi sug’urta yoki qayta sug’urtalovchi 
kompaniya. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin