Sug’urta kompaniyasi - sug’urta shartnomasini tuzish va unga xizmat
qilishni amalga oshiruvchi, sug’urtalanuvchi bilan huquqiy munosabatda bo’luvchi
yuridik shaxs. U o’z Nizomi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil xo’jalik
sub’ektidir.
Tegishli
iqtisodiy
muhitda
faoliyat
yurituvchi
sug’urta
kompaniyalarining yig’indisi sug’urta tuzimini tashkil etadi. Sug’urta
kompaniyalari bajaradigan sug’urta operatsiyalariga ko’ra, ular universal va
ixtisoslashgan bo’ladi. Ustav kapitali miqdori hamda kelib tushgan sug’urta
mukofotlari hajmiga muvofiq, sug’urta kompaniyalarini yirik, o’rta va kichik
guruxlarga bo’lish mumkin.
Sug’urtaviy tibbiyot - turli kasalliklardan majburiy sug’urtani nazarda
tutuvchi sog’liqni saqlash ishini tashkil etish shakli. Sug’urtaviy tibbiyot bo’yicha
sug’urta fondi ishchi-xodimlarning ish haqidan, tadbirkorlarning foydasidan,
davlat dotatsiyasi hisobidan hamda xayr-ehson fondlarining majburiy ajratmasi
hisobidan shakllanadi. Sug’urtaviy tibbiyot bo’yicha sug’urtalangan kontingentga
tibbiy sug’urta polisi beriladi. Sug’urtalanuvchiga tibbiy sug’urta polisi bo’lgan
taqdirda tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Bunda tibbiy sug’urta kompaniyasi, bir
tomondan sug’urtalanuvchilar bilan, ikkinchi tomondan tibbiyot muassasalari bilan
shartnoma tuzadi.
Sug’urta bahosi - sug’urtalash maqsadida aniqlanadigan mol-mulkning
qiymati. Amaliyotda mol-mulklar haqiqiy qiymati, bozor qiymati va boshqa
qiymatlar vositasida baholanadi. Zarur hollarda sug’urta bahosini to’g’ri hisoblash
uchun malakali ekspertlar jalb etiladi. Sug’urta bahosi to’g’risidagi haqiqiy
ma’lumot ta’rif stavkasi va sug’urta mukofoti miqdorini aniqlashda muhim
ahamiyatga ega. Amaldagi qonunchilikka binoan, sug’urta summasi mol-mulkning
sug’urta bahosidan oshib ketmasligi zarur.
Sug’urta tizimi - 1) turli xil sug’urta kompaniyalari va ularni sug’urta
nazorati bilan aloqadorligini yig’indisi: 2) sug’urta huquqiy munosabatlarni tashkil
etishning davlat - huquqiy shakli.