1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   222
Суғурта иши (3)

Sug’urta summasi
- sug’urta manfaati va sug’urta riskiga mos keluvchi pul 
mablag’i. Xalqaro amaliyotda sug’urta summasi sug’urta qoplamasi deyiladi. 
Sug’urta summasiga nisbatan sug’urta mukofoti aniqlanadi va sug’urta qoplamasi 
to’lanadi. Sug’urta summasi iborasi, ko’proq, shaxsiy sug’urtada - fuqarolarning 
hayoti, sog’lig’ini sug’urtalashda ishlatiladi. 
Sug’urta maydoni
- sug’urtaga tortilishi zarur bo’lgan ob’ektlarning eng 
katta soni. Ayrim ekspertlar xulosasiga ko’ra, O’zbekistonda sug’urta maydoni 


“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 
294 
hali to’la o’zlashtirilmagan. Faqat mol-mulklarning 20-30 foizigina sug’urtaga 
tortilgan. 
Sug’urta summasining zararliligi
- sug’urta summasi va sug’urta 
koplamasi to’lovi o’rtasidagi nisbatni xarakterlovchi iqtisodiy ko’rsatkich. Bu 
ko’rsatkich zarar miqdori ehtimolligini ko’rsatadi va undan riskni o’zgarishi 
ustidan nazorat o’rnatishda foydalaniladi. Sug’urta summasining zararlilik 
ko’rsatkichi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug’urtalangan ob’ektlar 
soni va ularning sug’urta summasi, sug’urta xodisalarining soni, zarar ko’rgan 
ob’ektlar soni va sug’urta qoplamasi. Sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi 
netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug’urta turi yoki javobgarlik turi bo’yicha 
aniqlanadi. Agar zararlilik ko’rsatkichi netto-stavkaga yaqinlashsa yoki undan 
oshib ketsa, bu holda sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi yuqori darajada 
ekanliligidan dalolat beradi. 
Sug’urta huquqi
- sug’urtalovchilar, sug’urtalanuvchilar va ular o’rtasidagi 
vositachilarning hatti-harakati qoidalari yig’indisi. Sug’urta xuquqi qonun va 
qonun xujjatlarida o’z aksini topadi. Sug’urta huquqi moliyaviy huquqning bir 
qismi hisoblanadi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin