“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
292
Sug’urta ob’ekti
- shaxsiy sug’urtada fuqarolarning hayoti, sog’ligi, mehnat
qobiliyati: mulkiy sug’urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari, uy-joy
mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash bilan bog’liq
manfaatlar; jismoniy yoki yuridik shaxsning o’z hatti-harakati bilan uning shaxsga
zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug’urtalashda sug’urta
ob’ektlari bo’lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug’urta ob’ekti sug’urta
kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin.
Sug’urta shartnomasi
- ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim bo’lib,
bunda sug’urta kompaniyasi sug’urta hodisasi tufayli zarar ko’rilganda
sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasi yoki sug’urta summasini to’lash
majburiyatini, sug’urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug’urta mukofotini
to’lash majburiyatini oladi. Sug’urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash
uchun sug’urtalovchi sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi beradi. Sug’urta
shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo’shimcha shartlar sug’urta
shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Sug’urta
- har xil noxush xodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilgan zararni
qoplash hamda fuqorolarning hayotida tegishli sug’urta xodisalari ro’y berganda
ularga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan
foydalanish bilan bog’liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
O’tkazish shartiga qarab, sug’urta majburiy va ixtiyoriy bo’ladi. Ob’ektiga ko’ra,
mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug’urtasiga bo’linadi. Sug’urtaning asosini risk
tashkil etadi. Sug’urta - bu riskni taqsimlash usulidir.
Dostları ilə paylaş: